Kirish I bob. I. S. Baxning hayoti va ijodi hamda klavir musiqasi
Download 69.64 Kb.
|
yashnarik bitmagan
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish,ikki bob(4ta paragraph),xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. I.S.BAXNING HAYOTI VA IJODI HAMDA KLAVIR MUSIQASI 1.1. I.S.Baxning hayoti va ijodi Iogann Sebastyan Bax (Johann Sebastian Bach; 21-mart, 1685 – 28-iyul, 1750) olmon bastakori va organisti boʻlgan. Xor, orkestr va solo asbob uchun yaratgan asarlari Barokko davrini shakllantirdi. Bax — buyuk nemis kompozitori, mashhur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bax ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bax musiqasida polifoniya yoʻnalishlari bilan gomofoniya tizimlari oʻzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bax merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqa Bax ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi. Organ uchun yozilgan "„Prelyudiya va fuga c-moll“, „Fantaziya C-dur“, „Tokkata va fuga“, „Passakalya“ va boshqa asarlari jahon musiqasi xazinasidan oʻrin olgan. Bax birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, „Xromatik fantaziya va fuga“, „Italyancha konsert“). Klavir musiqasi sohasida yangi „teng tovushqatorli“ tizimning afzalliklarini „Yaxshi temperatsiyalashgan klavir“ toʻplami misolida namoyish qildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Baxning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari („Ioann boʻyicha ehtiroslar“, „Matvey boʻyicha ehtiroslar“, „H-moll katta messasi“, „Magnifikat“) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan. Bastakor (fors— bogʻlash, bogʻlov, mashgʻulot, ish) — anʼanaviy, mumtoz musiqa asarlari muallifi. Musulmon Sharqida musannif, mullahhin, ohangsoz kabi atamalar bilan tanilgan. Odatda bunday sanʼatkorlar oʻz faoliyatida ijrochi (xonanda, koʻproq sozanda)lik va ijodchilikni uzviy bogʻlashgan. Abu Nasr Forobiydan boshlab Darvishali Changiy va boshqalarning musiqiy risolalari, Abulfaraj Isfahoniy ("Kitob ul-agʻoni"), Aruziy Samarqandiy ("Chohor maqola"), Alisher Navoiy ("Majolis un-nafois", "Holoti Pahlavon Muhammad"), Davlatshoh Samarqandiy ("Tazkirat ush-shuaro"), Zayniddin Vosifiy ("Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ"), Zahiriddin Bobur ("Boburnoma") va boshqalarning asarlarida oʻnlab B.lar haqida tarixiy taʼrifiy maʼlumotlar mavjud. Ular, garchand B. atamasidan bevosita foydalanishmasada, uning asl maʼnosini ochib berishgan. Ogʻzaki anʼanadagi musiqiy ijod sohiblari turli davr va mamlakatlar musiqa ilmi va amaliyotida turlicha nomlanib kelingan. Oʻzbek va tojiklar B. (shuningdek, ohangdon, navosoz va boshqalar), ozarbayjon, arman va turklar — oshiq, qozoq va qirgʻizlar — oqin, kyuyshi, salsere kabi atamalar ishlatishadi. T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, N. Hasanov, I. Ikromov, K. Jabborov, S. Kaponov, F. Toshmatov, M. Mirzayev, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, A. Ismoilov kabi B.lar tanilgan. Tojikiston, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi — kompozitor ham baʼzan B. deb yuritiladi. Barokko (ital. barocco — ajib, gʻalati) — 16-asr oxiri — 18-asr oʻrtalarida Yevropa va Amerika sanʼatidagi asosiy uslublardan biri. Yevropada millat va milliy davlatlar jadal shakllanayotgan davrda Uygʻonish davri badiiy madaniyati va subʼyektiv his-tuygʻularni ifodalovchi manyerizm oʻrniga vujudga keldi. Aristokratiya va cherkov bilan bogʻliq boʻlgan barokko sanʼati ularning shon-shuhratini oshirishga hamda targʻib etishga qaratilgan edi. Barokko sanʼatiga antifeodal chiqishlar, milliy ozodlik harakatlari oʻz taʼsirini koʻrsatib, unga demokratik isyonkorlik ruhini kiritdi. Dabdabaga moyil boʻlgan barokko dunyoning yaxlitligi, cheksizligi, murakkab va rang-barangligi, doimiy oʻzgaruvchanligi haqidagi yangi tasavvurlarni, insonni oʻrab turgan muhit va boshqalarga boʻlgan qiziqishlarni aks ettiradi; unga keskinlik, obrazlarning harakatchanligi, his-tuygʻular kurashining shafqatsizligi, tantana va ulugʻvorlikka institutilish, mavjud borliq bilan xayoliy orzuni uygʻunlashtirish, sanʼatlar uygʻunligiga institutilishlar xos. Barokko uslubida qurilgan meʼmoriy majmualar fazoviy yechimi, mayda meʼmoriy bezaklarga moʻlligi va yagona gʻoyaga boʻysunishi bilan ajralib turadi. Meʼmorlar shahar koʻcha va maydonlariga, u yerdagi mavjud qurilishlarga ulugʻvorlik berish uchun turli optik va boshqa qonunlarga murojaat qiladilar, teskari perspektiva qonunlaridan foydalanadilar. Tasviriy sanʼatda diniy, mifologik va majoziy mavzulardagi bezak mujassamotlar, tantanavor dabdabali portretlar keng oʻrin egallaydi. Barokko Italiyada shakllanib rivojlandi. Meʼmor va haykaltarosh L. Bernini, meʼmor F.Borromini, G.Gvarini, rang-tasvirchi demokratik realizm yoʻlboshchisi Karavajo, akademizm yoʻlboshchisi aka-uka Karrochilar, devoriy rang-tasvir ustalari J. B. Tyepolo va boshqa shu sanʼat rivojiga katta hissa qoʻshdi. Flandriyada P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Snayders ijodida B. toʻlaqonli va hayot haqiqatiga yaqin holda rivojlansa, Ispaniya, Portugaliya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida mahalliy hayot va anʼanalar taʼsirida oʻziga xos yoʻnalishni shakllanishini taʼminladi. Fransiyada klassitsizm bilan uygʻunlikda oʻziga xos jimjimadorlik kasb etdi. Rossiyada 18-asr 1-yarmida Petr I islohotlari va dvoryan monarxiyasining mustahkamlanib borishi bilan rivojlandi. Peterburg, Moskva shaharlari, shahardan tashqarida yaratilgan shoh va zodagonlarning uy va saroylarida shu davr ruhi oʻz ifodasini topdi: Petr I saroyi (Petergof), Sarskoye Selo (Pushkino shahri), Peterburgdagi qator saroy, monastir va soborlar (Qishki saroy, Smolniy monastiri va boshqalar) shular jumlasidan. Meʼmorlardan V. Rastrelli, D. Uxtomskiy, S. Chevakinskiy va boshqalarning hissasi katta. Tasviriy sanʼatda dunyoviy mavzular, davlat arboblarining tantanavor, koʻtarinki ruhdagi dabdabali portretlarida oʻz ifodasini topdi. K. Rastrelli haykaltaroshlik asarlari, I. Nikitin, A. B. Antropov rang-tasvirlari shular jumlasidan. Re minor tokkata va fugasi Baxning organ ijodi XVIII asr birinchi yarmida Yevropada shu san'at turining rivojlanish cho’qqisi bo’ldi. Ijodning bu tu-rida kompozitorning iqtidori yorqin namoyon boidi. Bax ijrosi bilan tinglovchilarni qoyil qoldiradigan darajada mahoratli Ailagioganchi, ajoyib improvizatsiyachi sifatida o’zini ko’rsatdi, ijrosi bilan u shaxsiy kechinmalarini keng ommaga namoyish qildi. Bax uchun organ yorqin, qudratli tovushga ega boigan cholg’u edi. Kompozitor boshlang’ich mavzuning rivojlantirish san'ati, im-provizatsiya qilishning juda keng ko’lami, ijrosining konsert us-lubi bilan o’z zamondoshlarini qoyil qoldirgan. Organ musiqasini Bax butun hayoti davomida yozdi, lekin eng yorqin asarlar Veymarda ijod qilingan, deb hisoblanadi. Aynan Veymarda Bax organ kompozitori sifatida ijodiy cho’qqiga erishdi, bu yerda u re minor tokkata va fuga, lya minor preludiya va fuga, do minor preludiya va fuga kabi asarlarini yozdi. Milliy san'at an'analari va o’tmishdoshlari — nemis organ-chilari Reynken, Bem, Bukstexude va Paxelbel ijodiga suyangan Bax organ ijodida ikki yo’nalishga e'tibor qaratdi. Bular — pre-ludiyalar, fantaziyalar, tokkatalar va bir qismli xoral prelu-diyalardir. Kamer yo’nalishda yaratilgan xoral preludiyalar o’zining lirik timsollari bilan diqqatni jalb etadi. Ularning hammasi nafis rang-baranglik, kuyning go’zalligi, ifodali qarama-qarshiliklar bilan beqiyos taassurot qoldiradi. Baxning organ uchun boshqa turdagi asarlari — preludiyalar, fugalar, fantaziyalar va tokkatalar sof cholg’u an'analar asosida vujudga keldi. Baxning yetuk organ asarlari orasida re minor tokkata va fugasi qudratli sadolanishi, ifoda vositalarning boyligi va xilma-xilligi, dramatik ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Tokkata — musiqiy janr bo’lib, unda fugaga yaqin imitatsiyali tuzilmalar bilan passajli texnika erkin ravishda almashinadi. Tok-kataning asosiy belgisi — xarakteri va bayon etish uslubi bo’yicha qarama-qarshi bo’lgan musiqiy tuzilmalar birikmasidir. Bax dramatik improvizatsiyalar ustasi boigan. Ditrix Buk-stexudedan ijrochilikning ko’p sirlarini o’rgandi. Biroq, Bax maz-munni yanada chuqurlashtira oldi. Tokkata, preludiya, fugaga muqaddima (kirish) maqomini berib, Bax fugani mustaqil qism sifatida ajratadi. Chunonchi, re minor tokkata va fugasida tokkataning musiqiy materiali mak-simal darajada dramatik unsurlarga boy. Tokkataning boshlanishi ko’tarinkilik va da'vat bilan sadolanadi. Uncha katta boimagan ushbu improvizatsiya juda kuchli va mahobatli yangraydi. Yorqin kadensiyalar tokkataning har bir tuzilmasini ajratib turadi. Dastladki ikki tuzilma asosiy mavzu-ning o’ziga xos variatsiyasidir. Tokkataning uchinchi yakuniy tuzilmasida butun material jamlanadi. Koda butun asarning dramatik cho’qqisi sifatida gav-dalanadi.Tokkata ham, fuga ham kompozitsion yaxlitlikka ega. Fuga-ning musiqasi ko’tarinki aihda bolib, uning mavzusi tokkataning bevosita davomi sifatida qabul qilinadi. Bir ovozli mavzu o’zida yashirin ko’p ovozlikni mujassam-lashtirgan. Mavzuning keyingi o’tkazishlarda va uning rivojlovida zich, quyuq faktura va tiniq sadolanish yaratiladi. Improvizatsiya unsurlari fugaga katta tuzilmalar ko’rinishidagi intermediyalarni olib kirgan.Tokkata va fuganing umumiyligini fuga kodasi mustahkam-laydi, u o’zining kuchli sadolanishi, almashinib turuvchi epizod-larning improvizatsiyali xarakteri bilan tokkatani eslatuvchi yaku-niy fantaziya sifatida namoyon bo’ladi.Tokkata butun asar kompozitsiya birligini va uning qismlari-ning chambarchasligini belgilaydi.Eslab qolish kerak Baxning organ ijodi XVIII asrning birinchi yarmida Yevropada shu san'at turining rivojlanish cho’qqisi bo’ldi.Bax dramatik improvizatsiyalar ustasi bo'lgan. Kamer yo’nalishda yaratilgan xoral preludiyalar o’zining lirik timsollari bilan diqqatni jalb etadi. Download 69.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling