Kirish i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ertalabki badantarbiyaning ahamiyati va dolzarbligi
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi
Download 0.9 Mb.
|
Ertalabki badan tarbiya ishlari
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
egiluvchanlikning rivojlanishi, bo‘g‘inlarning harakatchanligining rivojlantirish; dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish; chidamlilikni tarbiyalash; harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish; qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish; - harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya. Ritmik badantarbiya guruxlarida shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi. Mashqlarning mazmuni. Ritmik badantarbiyaning yig‘indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo‘l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo‘yin uchun mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan xolda xilma-hil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. Shuning uchun mashqlardagi oriyentir, ya’ni yo‘nalish olishni tezlashtirish va ularning yig‘indisini tuzish, yanada to‘g‘riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig‘ilgan mashqlarning guruxlarining har biri ko‘prok ta’sirga ega bo‘lgan xususiyatlarga qarab guruxlarga bo‘linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o‘z-o‘zini xoli kuyish uchun mashqlar, harakatlariing koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar kiradi. Bel uchun mo‘ljallangan mashqlar alohida guruxlarga ajratiladi, qaysini ular mashg‘ulotlarning asosiy bo‘lishini, eng og‘ir kismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar asosiy bo‘lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg‘ulotlari. Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim: Mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to‘g‘ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi; umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - kon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag‘batlantiradi; keyin esa qo‘l, muskullar, yelka, gavda, oyoklar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo‘shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtka pogonasining harakatchanligini qo‘llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi; Keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo‘lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha kismlari bilan bajariladi (qo‘l, korin muskullari va tana) Faol muskul zirishlaridan so‘ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim; Undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so‘ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o‘tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi; Mashqlar majmui gavdani to‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031 son qarorida, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, axolining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustaxkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish xamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan. Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi. Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari. Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish). Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi. Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi. Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi. Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o‘pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling