Kirish: I bob. Mustaqil so‘z turkumlarining o’ziga xosligi va ta’limdagi ahamiyati


II bob. Boshlang’ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganish


Download 0.52 Mb.
bet5/10
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1283437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Soʻz turkumlarining umumiy va xususiy belgilari

II bob. Boshlang’ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganish.
2.1. Ot va sifat so‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi.
“Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashgao‘rganadilar. So‘zning leksik ma’nosi (har bir so‘z ma’no bildirishi)ga e’tibori oshiriladi, ma’nolarni hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko‘nikmasi shakllantiriladi. 
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida
maxsus ishlanadi(kim yoki nima so‘rog‘iga javob bo‘lishi, predmet bildirishi tushuntiriladi) O‘quvchilar kim? So‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni o‘rganadilar. Bu bosqichdaular so‘zlarni so‘roq berish bilan farqlashni bilib oladilar, bolalarda mavxum grammatik tafakkur o‘sib boradi.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
2-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz)
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.Bu sinfda o’quvchilar otni “Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar” mavzusi orqali taniydi.O’quvchilar asosan narsalarning nomlanishi,atoqli va turdosh otlar,ularning yozilishi,birlik va ko’plikdagi otlar haqida dastlabki tushunchaga ega bo’ladilar.
3-sinfda so’z turkumlariga atama beriladi. O’quvchila “Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar” mavzusini “Ot” atamasi orqali o’rganishni boshlaydilar. 3-sinf ona tili darsligida otni o’rganishga doir quyidagi mavzular berilgan:”Ot”, “Ot yasovchi qo’shimchalar”, “Otlarda birlik va ko’plik”.8
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi:kitob — kitoblar ,qush— qushlar, nok — noklar kabi. “Ot yasovchi qo’shimchalar”mavzusida o’quvchilar -chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qo‘shimchalari so‘z asosiga qo‘shilib ot yasalishini o’rganadilar.
4-sinfda o’quvchilar ot haqida oldingi sinflarda egallagan bilimlarini mustahkamlagan holda “Ot so’z turkumi”, “Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi”, “Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi”, “Ot yasovchi qo’shimchalar” mavzulari bilan tanishadilar.9” Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi “ mavzu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun murakkab hisoblanadi. O'qituvchi bu mavzuni hayotiy misollar orqali tushuntiradi.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:
1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish.
Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashib boradi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog‘ini berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o’rganishni talabqiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog‘lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi).Boshlang‘ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish birinchi bosqich sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog‘iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog‘iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling