Kirish I bob. Ona tili darslarida noan`anviy usullardan foydalanishning nazariy asoslari


Ona tili darslarida og’zaki, inrerfaol usullardan foydalanishning shakl, metod va vositalari


Download 83.39 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi83.39 Kb.
#1630653
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ona tilini oʻqitishda og\'zaki metodlardan foydalanish

2.2. Ona tili darslarida og’zaki, inrerfaol usullardan foydalanishning shakl, metod va vositalari.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jaravonida qo’lianiladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’I bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar.
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek­sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.Ona tili darslarida ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Darslar davomida esa biz o‘qituvchilardan mana shu talablarni kengroq amalga oshirish uchun juda katta mahorat, izlanuvchanlik, o‘quvchini ta’lim jarayonida turli didaktik o‘yinlardan foydalanib darsga qiziqtirish talab etiladi. Biz bilamizki, ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda quyidagi tamoyillarga tayaniladi: tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozim. Matnni o‘qish orqali ham grammatika, ham uning qo‘llanishini o‘rgatishga asoslaniladi. Grammatik savodxonlik doirasida o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning ma’no nozikliklari, farq va o‘xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so‘zlarni bog‘lab gap, gaplardan esa matn tuza olish, birikmalardagi ma’noviy va grammatik, matndagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, nutq vaziyatini to‘g‘ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini o‘stirishga e’tibor qaratiladi. Mana shulardan kelib chiqib mazkur metodik qo‘llanmada ham ana shunday tamoyillarga alohida e’tibor qaratilgandir.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarang­li, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh­lar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’
Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar.
Ta`lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta`limi oldiga qo`yilgan muhim vazifalardandir. Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonining unumdorligini oshirdi, o`quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o`quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi. Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o`z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma`lum “material“ bilan ish ko`radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog`liq bilimlar soxasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo`lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o`ziga xos tomonlari –tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an`anaviy o‟quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta`sir ko`rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida o‟quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug`iladi va u o`qituvchining yaqin ko`makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to`liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog`langan qisqa yo`llardan shunday olib
boriladiki, oqibatda o`quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o`quvchi ularning natijasini ma`lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta`lim maqsadini to`la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo`yiladi. Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bun­day moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:

  • Kitob so’zi oxirida jufti bor un­dosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. Shu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman.

Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob. Mustaqil ishlash iste`dodini shakllantirish, kasbiy layoqat hissini, pedagogik voqea va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash ko`nikmalarini rivojlantirish – bularning barchasi ta`lim jarayonining asosiy vazifasidir. Ta`limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta`lim inson faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma`noni bildiradi. Ya`ni ta`lim oluvchilarda bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish ularda dunyoqarash, fikr va e`tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o`stirishdir. Ta`lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to`plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko`nikma va malakalar hamda e`tiqodlar shakllanadi. Ta`lim o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo`lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya`ni unda ikki tomon o`qituvchi va o`quvchi faol ishtirok etadi. O`qituvchi aniq maqsadni ko`zlab reja va dastur asosida bilim, malaka va ko`nikmalarni singdiradi, o`quvchi esa uni faol o`zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o`ynaydi. Ta`lim berish yoshlarga bilim berish. Ularda ko`nikma va malakalarni hosil qilish, ya`ni haqiqatni ocha olishga qodir bo‟lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Maktabda o`qitiladigan fanlar tizimi ta`limning vazifa va xususiyatlariga muvofiq ravishda kengaytiriladi. Boshlang‟ich sinflarda tabiat va jamiyat hayotidagi hodisalar, qonuniyatlarni ochib berish natijasida ilmiy bilimlar bilan qurollantiriladi. Ular shu asosda atrofdagi moddiy olamni to`g`ri tushuna oladilar. O`qituvchi o`z fikrini qanchalik soda bayon qilmasin u chuqur ilmiy bo`lishi zarur. Ta`limning ilmiy bo`lishi to`g`risidagi talab o`qituvchining o`quv materiali mazmuninigina emas, balki uning shu materialni yoritib berish xarakteriga va o`quvchilarning bu bilimlarni o`zlashtirib olishlariga ham bog`liqdir. O`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarida tafakkur jarayonini to`g`ri amalga oshirish uchun amaliyot har qanday bilish jarayonining asosi degan g`oyani esdan chiqarmasligi kerak. O`qituvchi dars jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi u o`quvchilarning tafakkur faoliyatiga ham rahbarlik qiladi. Ya`ni o`quvchilarning turli fanlarni o`zlashtirish borasidagi bajaradigan mustaqilligini shakllantirish, ongli yondoshish tashabbuskorligini oshirish kabi holatlar. Avvalom bor o`qituvchi o`quvchilarning bilish faoliyatlarini amalga oshirish maqsadida olib boriladigan darslar jarayonida quyidagi maqsadlarga alohida e`tibor berish lozim: a) ta`limiy maqsad – o`quv materialining mazmunini bilish, ya`ni Ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o`zlashtirish va amalga tadbiq
qila olish; b) tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini o`zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g`oyalar, dunyoqarashlar ta`sirida o`zining shaxsiy sifatlarini, e`tiqodlarini shakllantirish; v) rivojlantiruvchi maqsad – o`qitish jarayonida shaxsning aqliy kamolotini, qobiliyatini o`qishga mehnatga bo`lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish jarayonida o‟quvchining mustaqillik faoliyatlari ro`yobga chiqadi. Bu bog`liqlikni avvalo ta‟limni amalga oshirish bosqichlarida ko`rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat: 1. O`quv materiallarini idrok qilish. Bunda o`quvchi ta`limning mazmuni bilan tanishib, o`zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. 2. Ular o‟quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda Yangi bilimlar paydo bo`ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar. 3. Yangi bilimlar mashqlar, mustaqil ishlar o`qituvchining qo‟shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi. 4. Ular o`zlashtiribolgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar. Bularni bilish orqali o‟qituvchi ta`lim – tarbiya jarayonini samarali boshqarish mumkin. Shuning uchun o`quv jarayonining hamma bosqichlarida o`qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o`ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak, o`qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog`i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan, 1. O‟quvchi va talabalarda bilim malkalarini hosil qiladi 2. Ularda dunyoqarash, ishonch va e`tiqodlarini o‟stiradi. 3. Yoshlarni muayyan darajada o`qimishli, tarbiyali kishilar bo‟lib yetishishlariga, qobiliyat va iste`dodlarini o`stirishga erishiladi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o`qituvchida o`z kasbiga layoqat bo`lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo`lishdir. Bu avvalo pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko‟rinadi. Bundan tashqari o‟qituvchi o`quvchiga qiziqib qarashi uning ehtiyoji va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim. O`qituvchi keng ko`lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mohoratga ega bo`lishi lozim. Shundagina o`qituvchi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari darajasida ta‟lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi. Ta`lim mazmuni uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deyilganda, o‟quvchilarning o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan, hamda tizimga solingan bilim, ko‟nikma, malkalarning aniq belgilangan, qamrab olingan doirasi tushuniladi. O`zbekiston respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta‟kidlaganidek ta‟limning mazmuni voyaga yetib kelayotgan barkamol avlodni hayotga mehnat qilishga tayyorlash bilan belgilanadi. Shuningdek ta`lim mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish lozim. 1. Ijtimoiy
ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tizimning xususiyatlari. 2. Davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurti oldiga qo`yadigan davlat ta`lim stanlartlarining maqsad va vazifalari 3. O`qituvchi qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini yosh xususiyatlari, qiziqishlarini e`tiborga oluvchi didaktik talablar. Ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik tamoyillariga muvofiqligicha amal qilinishi lozim. Demokratik jamiyat qurayotgan bizning respublikamizda ta‟limning mazmunini quyidagi yo‟llar bilan takomillashtirish ko‟zda tutiladi: – fan va tajribadagi eng Yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish; – ikkinchi darajaldi va ortiqcha murakkablashtirilgan materialardan qutilish; – o`rganilayotgan fanlar ro`yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o‟quvchi yoshlar albatta o`zlashtirib olishi kerak bo`lgan malaka va ko‟nikmalarning optimal hajmini belgilash; – o`quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g`oyalarni juda ham aniq bayon qilish; – o‟quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, Kserks, elektron pochta vash u kabi boshqalar to‟g‟risidagi bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko‟nikmalarini hosil qilish. Umimiy ta`lim – bu o`quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini ta`minlovchi fan asoslarini egallab olishdir. Kasbiy ta`lim – insonning o‟zi tanlagan, nisbatan tor yo‟nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi. Rolitexnika ta`limi – o`quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan ta‟minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operasilarini o‟zlashtirib olish uchun baza ahamiyatiga ega bo`lgan bir qator mehnat ko‟nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi. Ma`lumot mazmuni – yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo`ljallab, hozirgi zamon Fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo`li bilan tanlangan bilimlar, ko`nikma - malakalar, ijodiy tajribasi va munosabatlardir.9 Ta`lim mazmuni yoshlarni ma`lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma`lumot mazmunidan tanlanib, ta`lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko`nikma, malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta`lim mazmunini o`rgatish va o`zlashtirish yo`li bilan ma`lumot mazmunini amalga oshirishda o`quvchilarni ma`lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga olib boradi. Ta`lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlarida o‟z aksini topadi. O`quv rejasi davlat hujjatidir. O`quv rejasi barcha ta`lim –tarbiya muassasalari, shuningdek umumiy o`rta ta`lim maktablari ham so`zsiz amal qilishi
lozim bo`lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo`yicha o`rganishi lozim bo`lgan o`quv fanlaridan o`sha fanlar uchun ajratilgan o`quv soatlari ko`rsatilgan bo‟ladi. Maktabning yagona o`quv rejasi xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun etarli darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning generatorlariga kofe yoki salqin ichimliklar ulashadi va hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emocional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum” rahbari etarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomila qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni echish mumkin. Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi. Bu tadbirlarga amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi. Ma`lumki, boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`limning asosini tashkil yetadi. Boshlang`ich ta`limda asosiy davr savod o‟rgatish davri hisoblanadi. Savod o`rgatish jarayonida o‟quvchilarga tovush va harflarni qay darajada singdirish o`qituvchining mahoratiga bog`liq. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog o`z mashg`ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil yetishi taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`z mashg`ulotlarida o`quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovasion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Quyida biz savod o`rgatish davrida «Improvizasiya» va «Klaster» metodlarining turli ko‟rinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz.
“Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan, 1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi! 2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo`ladi! 4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!
“Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq
ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi.
“Klaster” metodining qoidalari
“Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini
“Klaster” metodi
Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tabor bermang
Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang.
Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar.
“Qaror shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo`laniladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilish, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qaror qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a`zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a`zolari bir to`xtamga kelib oladilar. 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a`zolari o`z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o`qituvchi rahbarligida barcha o`quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug`ilgudek bo`lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi.
Morfologik materiallar 3- sinflar ona tili darsligida ancha keng o`rganiladi. To`rt yil o‟qish davomida o`quvchilar so`z va uning ma`nolari, so`z shakli, so‟zning morfologik tarkibi yuzasidan bir muncha bilimga ega bo‟ladi.So‟z turkumlari, uning asosiy, qo‟shimcha va o`ziga xos belgisi ustida nazariy hamda ko‟proq amaliy bilimlar oladi. ona tili o`quv dasturlari o`quvchilarning xususiyatlarini ularning yilma-yil aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan o`sib borishini hisobga olgan holda bosqichli ketma-ketlik tamoyili asosida tuzilgan. Shunga asosan har bir mavzuning o`quvchilar tomonidan oson o`zlashtirib olinadigan qismi quyi sinflarda murakkabroq qismi keyingi sinflarda o`rganiladi. Ba`zi so`z turkumlari boshlang`ich ta`limning hamma sinflarida o`rganiladi. Dastlab uning asosiy belgisi- narsa-buyum nomini, belgisini, sanog`ini va harakatini bildirishi o`rganiladi, o`quvchining shu olgan bilimlari asosida qanday so`roqqa javob bo`lishi singari qo`shimcha belgisi ham o`zlashtirilib olinadi.O`quvchilar sinfdan- sinfga o`tib ulg`ayib borishi bilan so`z turkumlarining o`ziga xos belgisi ham o‟rganilib boriladi.O`quv materialining bunday o`rganilishi bir sinfda egallangan bilimlarning keyingi sinflarda yana takrorlanishini taqozo etadi. O`quvchiga beriladigan bilim bolalarning ilgarigi sinflarda olgan bilimlari asosiga quriladi. Bu o`quvchining ilgari olgan bilimiga tayanib xilma-xil grammatik o`yinlarni uyushtirish imkonini beradi.Chunki mavzu yuzasidan
ma`lum darajada bilim va ko`nikmalar bo`lgandagina uyushtiriladigan grammatik o`yinda o`quvchining faol qatnashishiga imkon yaratiladi. Yana bir tomoni o`quvchi o`zida bor bilimlar asosida mashg`ulotga ijodiy yondashadi, faoliyat ko`rsatadi. Boshlang`ich sinflarda so`z turkimlari o`rganish tizimi o`quv materialini leksik va grammatik tomondan ischillik bilan boyitib borishni ko`zda tutadi. 3- sinflarda so`z turkimlarining barcha atamalari bilan tanishtirilgach, maskur atama elementar nazariy ma`lumotlarga ega bo`ladilar. 3- sinflarda o`quvchilarning o`ziga xos leksik- grammatik xususyatlari haqidagi bilimlari va ko‟nikmalariga asoslanib og`zaki va yozma ijodiy ishlar- maktab bog`i, istirohat bog‟iga sayohat uyishtirib, u yerda kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab hikoya tuzish kabilarga aloxida o`rin beriladi. Morfologiyada o`quvchilar har bir grammatik xodisaning o`xshash va farqli tomonlarini o‟rganishadi. Ularni taqqoslash orqali turli grammatik o`yinlar uyushtirish mumkin. Bunday mashg`ulotni morfologiyani o`rganishga bag`ishlangan har bir darsda ham qo`llash mumkin. Masalan atoqli otlarni o`tganda uni turdosh ot bilan, kelishik qo`shimchalarni o`tganda ularni o`zaro taqqoslash mumkin bo`lsa, ot yasovchi qo‟shimchalarni o`rganganda bir-biriga yaqin bo`lgan ikki so`z yasovchi qo`shimcha yordamida grammatik o`yin uyushtirish mumkin. Boshlang`ich sinflarda morfologiya o‟rnida so`z atamasi ishlatiladi.O`quvchilar leksikologiya va so`z yasashga oid bilimlarni ham so`z bo`limida o`rganishadi, shu tufayli biz ham tilshunoslikning yuqoridagi bo`limlariga oid o`yinlarni morfologik o`yinlar majmuasida berishni lozim deb bildik. Egalik qo`shimchalarini bilasizmi? o`yini. Egalik qo`shimchalari ot va otlashgan so`zlarga qo`shilib shaxs va narsalarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildiradi.Bunday so`zlarni egalik qo`shimchalari bilan turlashda o`quvchilar ayrim xatoliklarga yo`l qo`yadi. Chunki oxiri k va q undoshlari bilan tugagan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda ayrim tovush o`zgarishi ro`y beradi. Buning oldini olish uchun o`rganuvchilarning diqqatini qaratish maqsadida quyidagicha grammatik o`yin o`tkazish mumkin. O`quvchilar ikki yoki uch guruhga bo`linadi yoki ikki o`quvchi xattaxtaga chiqarilib egalik qo`shimchalari bilan turlash uchun so`zlar beriladi.
O`yinda barcha o`quvchilarning ishtirok etishini ta`minlash maqsadida guruhlarning har biriga oxiri k va q tovushi bilan tugagan o`ntadan so`z topish topshirig`i beriladi. O`quvchilar so`zlarni xattaxtaga navbatma-navbat yozishadi.Topshiriq bajarilgach, ana shu so`zlar orasidan uchtadan so`zni tanlab egalik qo`shimchalari bilan turlash vazifasi beriladi.Tanlangan so`zlar k va q tovushli bo`lishi zarur.O`yin oxirida guruhlar ishi yakunlanadi.Tez va to`g`ri xatosiz chiroyli yozgan guruh g`olib hisoblanadi. Egalik qo`shimchalarini bilasizmi? o`yini. Egalik qo`shimchalari ot va otlashgan so`zlarga qo`shilib shaxs va narsalarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildiradi.Bunday so`zlarni egalik qo`shimchalari bilan turlashda o`quvchilar ayrim xatoliklarga yo`l qo`yadi. Chunki oxiri k va q undoshlari bilan tugagan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda ayrim tovush o`zgarishi ro`y beradi. Buning oldini olish uchun o`rganuvchilarning diqqatini qaratish maqsadida quyidagicha grammatik o`yin o`tkazish mumkin. O`quvchilar ikki yoki uch guruhga bo`linadi yoki ikki o`quvchi xattaxtaga chiqarilib egalik qo`shimchalari bilan turlash uchun so`zlar beriladi.
“Begona so`zni top o`yini Ushbu o`yin so`zning lug`aviy ma`nosiga e`tibor berishga undaydi. O‟quvchining xotirasini mustahkamlaydi. Tez o`ylab, tez javob berishga odatlantiradi.Uni har xil mavzularda o`tkazish mumkin. Bunday o`yinni o`tkazganda bir xil umumiylikka ega bo`lgan so`zlar tanlanadi. 1. Toshkent, Andijon, Qarshi, Termiz, Boku. (Begona so`z Boku. Hamma shaharlar O`zbekistonda, Boku esa mamlakatimizdan tashqarida joylashgan). 2. Oybek, Hamid Olimjon, Bobur, Gafur G`ulom, Komil Yashin. (Begona so`z- Bobur. Hammalari XX asrda yashab ijod etgan, Bobur esa mumtoz adabiyot vakili). 3. Avtobus, mashina, traktor, samolyot, motosikl (Samolyot-begona so`z. Boshqalari erda yuradi. Samolyot esa ko`kka parvoz qiladi).
Sinonim va antonimlar ustida ishlash Boshlang`ich sinf o`quvchilari 1-sinfdan boshlab so`zlarning lug‟aviy ma`nolari bilan amaliy tanishib boradilar. Ularning ana shu bilimlarini shakllantirish maqsadida xilma-xil mustaqil ishlar olib boriladi. O`quvchilarning sinonim, antonim va omonim so`zlar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida bolalarni o`ylantirishga, mulohaza yuritishga, so`zlarni taqqoslashga da`vat etuvchi bir qator grammatik o`yinlarni qo`llash mumkin. So`zni boshqacha ayt o`yini O`quvchilar boshlang`ich sinflarda sinonim so`zlar bilan ona tili va uni o`qitish hamda boshqa darslarda tanishgan. Ularning ana shu so`zlarga diqqati tortiladi. Natijada yuqori sinflarda ushbu mavzuni samarali o`rganishga tayyorlaydi. O`qituvchi sinf o`quvchilarini bir necha guruhga ajratadi. Har bir guruh o`qituvchi aytgan so`zning sinonimini aytadi. O`qituvchi botir so`zini o`qiydi, o`quvchilar o‟z bilganlari bo`yicha sinonim so`z aytadi. Botir, qo`rqmas, dovyurak. Har doim ham o`qituvchining o`zi sinonimlarning birini aytishi shart emas. Bu o‟yinni o`quvchilarning o`zlari davom ettirishi ham mumkin. Buning uchun birinchi guruh o`quvchilari 4 so`z aytishadi. Ikkinchi guruh o`quvchilari tegishli sinonim so`zlarni aytadi. Shundan keyin ikkinchi guruh o`quvchilari 4 so`z aytadi, birinchi guruh o`quvchilari shu so`zlarning sinonimini topib aytadi. O`quvchilar aytadigan
so`zlar boshlang`ich sinflarda o`tilgan va o`rganilgan bo`lishi lozim. Agar o`rganilayotgan so`zning birdan oshiq, sinonimlari bo`lsa o`quvchi ularni ham aytishi mumkin.

XULOSA
“Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o`z milliy qadriyatlarini, milliy o`zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.” Ona tili darslarida inrerfaol usullardan foydalanish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarning ona tili grammatikasi bo`yicha bilim va ko‟nikalarini o`stirish boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan o`qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga – yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda – sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so’ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
Nazarimizda pedagog, o’qutuchilar o’z kasbining chuqur bilimdoni ,ustasi va bolalarni seva olishi jamiyatimizdagi barcha bolalarimizni etuk va komil inson qilib tarbiyalashda o’z hissalarini qoshishadi.Chunki endigina o`z ona tilisining grammatik qonun- qoidalarini o`rganayotgan, harflarni bir-biriga qo`shib, so`zlarni esa bir-biriga qo‟shib gap yasashga o`rganayotgan, matnni ifodali o`qish qoidalari bilan tanishayotgan boshlang`ich sinf o`quvchisiga bir vaqtning o`zida ta'lim va tarbiya byerish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e`tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ona tilining murakkab grammatikasi yuzasidan tushunchalarini o`stirish bir muncha murakkablikni o`z ichiga oladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg`ulotlarini tashkil qilish, o`qitish prinsiplari va metodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir. Biz tajriba-sinov mashg`ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo‟ldikki, darslarda noan'anaviy myetodlarni qo`llash, yangi pyedagogik tyexnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o`yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o`yinlardan foydalanish o‟quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko`nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o‟stirib borishda samarali natijalar beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining qiziqarli o`yinlarni o`ynashga bo`lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, ona tili _Birinchi Prezidentimiz 1.Karimov I.A “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”. “Sharq” nashriyoti. T. 1999- yil. 16-bet. darslarida til;ning grammatik qurulishi bilan tanishtirib borish, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolaversa, uy vazifalarini tekshirishda ko`proq qiziqarli o`yinlardan foydalandik. Qo`llagan usullarimiz orqali o‟quvchilarning ona tili grammatikasiga oid tushunchalarini o`stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo`lmadi. Ona tili darslarida noan'anaviy usullardan, qiziqarli o`yinlardan foydalanganimizda o`quvchilarning, avvalo, darsiga bo`lgan qiziqishlari ijobiy tomongan o‟zgardi. O`qish darsiga qiziqmagan o‟quvchilarda darsga qiziqish uyg`ota oldik. Eng asosiysi, tuli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko`nikmalarni tez o`zlashtirib olishlariga, ona tili darsi oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik. Bundan tashqari, ona tili darslarida qiziqarli o`yinlar o`tkazish, sinf o`quvchilarini kichik guruhlarga bo`lib ishlash kabi usullardan foydalanganimizda o`quvchilarning mashg`ulot davomida erkin harakat qila olishga, o`zlarida his etayotgan tortinchoqlik, uyatchanlik, biladigan narsasini aytib berishga jur'at eta olmaslik kabi salbiy xarakterlaridan qutulishga, erkin fikrlash, mustaqil ravishda xulosa chiqarish, fikr-mulohazalarini va xulosalarini erkin bayon eta olish, kamtarlik, rostgo`ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishga va uni rivojlantirishga erishdik. Ona tili darslarida olib brogan tajriba-sinov ishlarimiz orqali biz quyidagi natijalarga erishdik: 1. Og`zaki nutqlari rivojlantirildi; 2. Lug`at boyliklari oshirildi; 3. So`zlarni to`g`ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi; 4. Ona tili fanidan qo`shimcha mashqlar ko`nikmalari 5. Fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi; 6. Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi; 7. Dunyoqarashlari kengaytirildi; 8. O`z ona tilisiga bo`lgan mehr-muhabbatlari oshirildi; 9. Bilim va ko`nikmalarni egallashga bo`lgan qiziqishlari oshirildi; 10. Mashg`ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi; 11. O`zlashtirish ko`rsatkichlarining oshirilishiga erishildi; 3-sinf ona tili darslarini noan'anaviy usullardan, didaktik o`yinlardan foydalangan holda tashkil etish o`quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g`ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo`ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo`lib yyetishishlarida katta yordam beradi. Boshlang`ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pyedagogik texnologiyalarni qo`llash, noan'naviy dars usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar berishiga ishonch hosil qildik.



Download 83.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling