kitob muqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o`qish; muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko`ra taqqoslash; kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlovhalarni birma- bir ko`zdan kechirish; Sinfdan tashqari o`qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g`oyasiga e’tibor berish, o`qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o`qituvchining shaxsiy namunasi muhim o`rin tutadi. Shuning uchun o`qituvchi tayyorgarlik paytida o`qib beriladigan asarni bir necha marta takror o`qib chiqishi , ayrim o`rinlarini yod olishi va mashg`ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur. Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotining boshlanish qismida o`quvchilar diqqatini to`plash maqsadida shunday murojaat qilinadi: - Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o`qituvchi kitobni ko`rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o`qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o`tirasiz. Eshiting… O`qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o`rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o`qiydi. Ertak o`qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o`quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o`tkaziladi. Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin: - Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so`zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?... Dastlabki paytlarda o`quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so`z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o`qituvchining o`zi yordam berishi lozim Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko`rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o`qituvchi hamma o`quvchilarga ko`rinadigan qilib, ko`krak balandligida ushlaydi. Dastlab o`quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko`rsatilib , qisqacha tushuncha beriladi. Agar o`quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo`lsalar , uni eslaydilar. Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo`lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o`qishga harakat qiladilar. (Bu vaqtda hamma harflar o`rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo`lgan ayrim o`quvchilar uni o`qishlari ham mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |