Rollarga bo`lib o`qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO` darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta o`tkaziladi. O`quvchilar mustaqil o`qishga o`rgatiladi, ular "Bilimdon", "Gulxan" jurnallari bilan, "Tong yulduzi" gazetasi bilan tanishtiriladi, ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o`zbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi, sahnalashtirishishlaridan foydalaniladi. Bir darsga o`quvchilar bir nechta asarlar o`qib kelib, ular haqida o`z fikrlarini aytib beradilar. Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. Yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi. 1.2.Savod o’rgatish davrida imloviy bilimlarni imloga doir mashqlar va mashg`ulotlar asosida takomillashtirish STO’ uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 2. Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish. 3. Asar janri va mavzusining hilma—xilligiga e'tibor berish. 4. O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish. 5. O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishda hisobga olish Mavsumiy tamoyilga amal qilish. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir. STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi. STO’ darslariga qo’yiladigan talablar: - har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash; - har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar asarlarni hisobga olish; - har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish; - har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |