Kirish I. Bob. Oqova suvlar va ularni tozalash yo’llari haqida


Samarqandning Cho’pon ota suv qabul qilish inshootlarida quduq


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#227145
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
oqova suvlarni tozalash masalalari samarqand shahri misolida.

Samarqandning Cho’pon ota suv qabul qilish inshootlarida quduq 

samaradorligini pasayish sabablari. 

         Samarqand  viloyat  ―Suvoqova‖  ishlab  chiqarish  korxonasi  viloyatning 

barcha tumanlari va Samarqand shahrida suv ta‘minoti va kanalizatsiya  tiziming 

ishi va samaradorligi uchun mas'ul korxona hisoblanadi. Ushbu B.M.I. da  asosan 




43 

 

Samarqand  shahri  suv  ta'minoti  va  uni  asosiy  qismi  bo‗lgan  suv  qabul  qilish 



inshootlari  ishi  tahlil  qilinadi.  Shahar  uchun  suv  asosan  ikkita  suv  qabul  qilish 

inshootlaridan beriladi. Bular: Cho‗pon ota va Dahbed suv qabul qilish stansiyalari 

bo‗lib,  ulardan  asosiysi  ya'ni  68%  suvni  beradigani  Cho'pon  ota  inshooti 

hisoblanadi.  Quyida  ushbu  suv  inshootining  umumiy  ma'lumotlari  keltirilgan. 

―Cho



pon ota" suv inshooti Zarafshon daryosining qirg‗oqiga yaqin bo‗lgan joyda 



ya‘ni,    Samarqand-Toshkent  traktining  janub  tomonida  joylashgan.  1931-yilda 

qurib  ishga  tushirilgan  va  umumiy  maydoni  110  gektarni  tashkil  etadi.  Suv 

quduqlarida 50 ta ЭЦВ 12/255-30/32 rusumli, va 2 ta, ЭЦВ 10/160-35/2 rusumli 

nasoslar  o‗rnatilgan.  Suv  inshooti  tarkibida  52  ta  artezian  quduq  mavjud  bo‘lib, 

ulardan 42 tasi ishchi holatida, 4-ta zaxirada va 6 tasi ta'mir talabdir. Hududda 2 ta 

hajmi  2000  m

lik,  2  ta  hajmi  1000  m



3

lik  yopiq  toza  suv  saqlash  hovuzi, 

ikkilamchi  ko‗tarib  berish  nasos  stantsiyasi,  xlorator  va  ma‘muriy  bino  mavjud. 

Umumiy  nasoslar soni  9 ta. 600LNN  3400-1360  kVt  markali 4 ta nasos  mavjud, 

shulardan  2 tasi ishchi, 2 tasi zaxirada, D 1250x125-630 kVt markali 3 ta nasoslar 

o‗rnatilgan, ulardan 1 ta ishchi, 2 ta zaxira va D 200x40-37 kVt markali 2 ta nasos 

bor. «СамСтрой дизайн и сервис» MCHJ tomonidan Cho‗pon ota va Dagbit suv 

inshootidagi  quduqlarni  himoyalovchi  inshootning  qurilishiga  100816917  so‗m 

mablag‘  ajratilgan.  2009  yilgi  hisobotlarga  ko‗ra  56730405  so‗m  sarflangan. 

Hozirda  joyda  ish  davom  etmoqda.  2013  yil  hisobotlariga  ko‗ra  mavjud  52  ta 

nasoslardan  32  tasi  ishchi,  15  tasi  zaxirada  va  5  tasi  ishlamaydi  va  bitta  quduq       

1  soat  ichidagi  quvvati  153  m

3

/soat  bo‗lsa,  umumiy  quduqlar  1  soat  ichidagi 



quvvati  4896  m

3

/soat  ni  tashkil  qilsa,  1  kecha-  kunduzda  117504  m



3

,  1  oyda 

3525120  m

3

    1  yilda  42301440  m



3

/yil  sarflagan.  Loyihalangan  umumiy 

quduqlarning 1 soat ichidagi quvvati 7956 m

3

/soat ni, 1 sutkada 190944 m



3

/sutka, 


1 oyda 5728320 m

3

/оу va 1 yilda 68739840 m



3

/yil ni tashkil etar edi.  




44 

 

 



 

14-rasm. ,,Cho‘pon ota‖ suv yetkazib berish markazidagi nasoslar. 

              Agar  hisoblab  chiqilsa  ishlamaydigan  quduqlar  1  yilda  26438400  m

3

/yil 



quvvatni  berishi  kerak  edi.  Endi  esa  shu  quduqlar  hisobiga  ―Cho‗pon  ota"'  suv 

inshooti  suv  berish  quvvati  pasaygan.  Tahlillar  shuni  ko‗rsatadiki,  burg‘u  

quduqlari  samaradorligini  pasayish  sabablari  quyidagilar:  Nasoslar  to‗g‗ri 

ishlamasligi;  Filtrlarning  qumga  to‘lib  qolishi;  Filtrlarga  tuzlar  cho‗kib  qolishi; 

Filtrlarda  korroziya;  Nasos  ishlamasligining  asosiy  sababi,  ishchi  g‗ildiragi  va 

zichlash  moslamalari  orasidagi  masofa  meyoridan  oshib  ketishi.  Bu  holda  nasos 

almashtirilishi kerak. 

       Filtrlar  qumga  to‘lib  qolishi  quyidagilarga  bog‘liq:  Filtrlar  noto‗g‗ri 

o‗rnatilishi  va  tanlanishi;  Filtrda  yoriq  paydo  bo‘lishi;  Filtrlardagi  kimyoviy  va 

elektrokimyoviy korroziya; Quvurda texnik yoki yoriq hosil bo‗lishi; Quduq oldi 

devorlarning  yemirilishi  natijasidagi  filtrlanmagan  suvlarning  kirib  kelishi; 

Bunday hollarda quduqni kapital ta‘mirlash kerak. 

    Artezian  suvlarida  minerallashish  mavjud  bo‘lishi  sababli,  ularda  Fe,  Ca, 

Mg elementlarining tuzlari, karbonatlar va bikarbonatlar miqdori oshishi natijasida 




45 

 

quduq devorlarida va filtr oldi sohalarida tuzlar cho‗kishi kuzatiladi. Bu holatdan 



keyin suv ta'siridagi korroziyasi natijasida yanada tezlashadi. Chunki hosil bo‘lgan 

korroziya  va  tuz  cho'kmalar  birgalikda  sementsimon  suv  o‗tkazmaydigan  yuza 

hosil  qiladi  va  natijada  quduq  debiti  pasayib  ketadi.  Bu  tabiiy  hodisadir.  Uni 

butunlay  bartaraf  etib  bo‘lmaydi.  Bu  jarayon  suv  sifati,  suv  beruvchi  qatlam 

tafsiloti  va  quduqning  ishlash  tartibiga  bog‗liq  holda  o‗zgaradi.  Filterning  asosiy 

kamchiliklari: Ularda tuz cho‗malar hosil bo‘lishi va filtr korroziyasi hisoblanadi. 

Filtr  korroziyasini 

oldini 


olish 

uchun  hozirda  shoisimon 

materiallar 

(полипропиленовые ткани) ishlatilmoqda. Bu matolar kislota, yopishqoqlikka va 

kuchli  achitqilarga  yetarlicha  chidamli  bo‘ladi.  Bu  matolarga  mikroorganizmlar 

ta'sir  qilmaydi  va  ular  100°C  gacha  ishlatish  mumkin.  Bu  matolar  0,23  mm 

qalinlikda  ishlab  chiqiladi.  Ushbu  matolar  orqali  yuqori  filtratsiya  ta‘minlanadi. 

Bunday  filtrlar  1959  yili  ilk  bor  AQSH  va  Germaniyada  qo‘lanilgan.  Ushbu 

matodan  turli  aralashmalarni  filtrlashda  keng  foydalaniladi.  Cho‗pon  ota  suv 

inshootidagi  ba‘zi  bir  muammoli  quduqlar  ishini  tahlil  qilamiz.  Masalan, 

hududdagi  3-raqamli  quduqda  ЭЦВ12-255-30  markali  nasos  o‗matilgan.  40  m 

chuqurlikda burg‗ilangan. Nasos 24 m ga joylashtirilgan qum satxi ko‗tarilganligi 

sababli,  hozirda  bu  quduqdan  foydalanilmaydi.  41-raqamli  quduqning  markasi 

ЭЦВ12-255-30  nasos  o‗rnatilgan,  lekin  hozirda  bu  quduqda  nasos  yo‗q. 

Burg‗ilangan  chuqurligi  70  m,  bu  quduqning  ham  ishlamasligining  sababi 

qumning  satxi  ko‗tarilganligi  42-raqamli  quduqda  ham  nasos  bo‗lgan,  markasi 

ЭЦВ12-255- 30, hozirda bu quduqda ham nasos yo‗q. Chuqurligi 60 m, 5-raqamli 

quduq  chuqurligi  40  m.  Ishlamaslik  sababi  hamma  quduqlar  bilan  bir  xil,  ya‘ni 

qum  satxining  ko‗tarilganligi.  Bularni  ishlatish  uchun  katta  nasos,  ya'ni  suvni      

60-80 m ko‗tarish qobiliyatiga ega nasos qo‗yish kerak.  




46 

 

 



15-rasm  ―Cho‘pn  ota  suv  bilan  ta‘minlash  markazi‖ning  joylashish  sxemasi.         

Yuqori  debitli  quduqlaming  filtrlarini  tanlash  va  hisoblash  asosida  quyidagilar 

talab  qilinadi:  tik  filtrlarni  quduqqa  o‗rnatish  va  ularni  ekspluatatsiya  qilish 

paytida  mexanik  mustahkamlikni  ta'minlash;  korroziyaga  chidamlilik;  suvni 

chiqarishda  minimal  yo‗qotishlar  va  filtrlar  oldi  zonasi  gruntlarida  suffozion 

mustahkamlikni  ta'minlash;  yuqori  debitli  tik  quduqlarda  minimal  yo‗qotishlarni 

ta'minlash,  suvni  chiqarib  tashlashda  energetik  harajotlarning  hajmini  aniqlovchi 

asosiy omil hisoblanadi. 

        Xulosa  qilib  aytganda,  Samarqand  shahrini  68%  da  suv  bilan 

ta'minlayotgan  Cho‗pon  ota  suv  inshootining  suv  berish  qobiliyatini  yanada 

ko‗paytirish asosiy maqsadimiz. Buning uchun shu suv inshootidagi burg‗ulangan 

quduqlarini, ya‘ni hozirda ishlamayotgan quduqlami ishga tushirish va ulami suv 

berish  qobiliyatini  oshirish  bizdan  talab  qilinadi.  Agar  aytilganidek,  quduqqa      

60-80  m  suvni  yuqoriga  ko‗tarib  beradigan  nasos  qo‗yish  talab  etilsa  va  shunga 




47 

 

qarab quduqni yanada pastroq burg‗ulash iqtisodiy jihatdan qimmat bo‗lsa, u holda 



shu hududdan yana boshqa quduqlar burg‗ulash samaraliroq hisoblanadi. Yuqorida 

keltirilgan  fikrlarga  asoslangan  holda,  bu  quduqlaming  ishlash  samaradorligi 

oshirish,  albatta  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  mutahassislarning  va 

ustozlarning  bergan  tavsiyalariga  tayangan  holda  olib  borish  maqsadga  muvofiq. 

Asosiysi  aholiga  berilayotgan  tabiiy  ne'mat  hisoblangan  suvdan  unumli 

foydalanilmasa,  qilingan  barcha  ishlar  samarasizdir.  Axir  dunyoda  ichimlik  suvi 

bor    yo‗g‗I    2%    ni  tashkil    qiladi,  undan  unumli  foydalanilmasa,  yaqin  15  yil 

ichida  bu  ne‘matni  topish  qiyinroq  va  qimmat  bo‘ladi.  Hozirda  dunyoning  ba‘zi 

hududlarida  okean  suvlarini  iste‘mol  qilishmoqda.  Agar  hozir  suvdan  oqilona 

foydalanilmasa, O‗zbekistonda ham shu muammo yuzaga kelish ehtimoli mavjud. 

Shuning  uchun  toza  suvni  avaylab  undan  samarali  foydalanish  Samarqandda  suv 

muammosi yechimini beradi.  




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling