Tadqiqot metodlari: adabiyotlarni o‘rganish , kuzatish, suhbat va anketa.
Tadqiqotimizning metodologik asosi bo‘lib «Ta’lim to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Umumiy ta’lim maktabi to‘g‘risida»gi Nizom kabilarda belgilab berilgan yo‘l – yo‘riqlarga asoslanildi. O‘rta Osiyo xalqlari madaniy merosi materiallaridan ham keng foydalanildi.
Tadqiqotimizimizning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarida Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashning samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi;
- jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlarini aniqlandi;
- o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbat, anketa, test va boshqa ilmiy-tadqiqot metodlarini qo‘llab o‘quvchilarda ma’naviy axloqiy sifatlarning shakllanish va rivojlanish darajasini o‘rganildi;
- jismoniy tarbiya darslarida ta’lim – tarbiya jarayonida halq og‘zaki ijodidan keng doirada foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yo‘l va usullarini ishlab chiqildi;
- jismoniy tarbiya darslari orqali ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalashga doir tavsiyalar tayyorlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |