Kirish I bob. Otni o’rganish metodikasi


Boshlang‘ich nutq va uni o‘stirish vazifalari


Download 80.39 Kb.
bet10/11
Sana30.04.2023
Hajmi80.39 Kb.
#1410462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi mavzu 4-Sinf ona tili darslarida “Ot” mavzusini o’rga

2.4. Boshlang‘ich nutq va uni o‘stirish vazifalari
- Bog‘lanishli nutq va uni maktabda egallash.
- Bog‘lanishli nuqqa oid asosiy ko‘nikmalar.
- Bayon va insho janrlari.
Bog‘lanishli nutq va uni maktabda egallash. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tushgallangan va o‘zaro bog‘langan ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog‘lanishli nutq deyiladi.
Bog‘lanishli nutq birligi deb hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni hisoblash mumkin.
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqdan mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)berilgan savolga keng, mukammal javob;
2)o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar lug‘atini aktivqlashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar;
3)muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4)o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki hikoyalash; 5)berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid
boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki syujet asosiad o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;
6)badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o‘quvchilar saviyamsiga mos matnlarni yoddan yozish;
7)ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish; 8)namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9)o‘qituvchi bergan matnni og‘zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyasini sahnalashtirish kabilar);
10)har xil turdagi yozma insho.
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi.
Bog‘lanishli nutqqa oid asosiy ko‘nikmalar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil mashq sifatida bog‘lanishli nutqni o‘stirishdan quyidagi ko‘nikmalarni bilib oladilar: Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to‘liq yoritish ko‘nikmasi.
Inshoni asosiy fikrga bo‘ysundirish ko‘nikmasi.
Hikoya, insho uchun mavzuga taaluqli, uni yoritishga zarur bo‘lgan materialni yig‘ish. Materialni sistemaga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish va shu yeja asosida yozish ko‘nikmasi. Fikrni adabiy til qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmasi. Matnni og‘zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, ya’ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ko‘nikmasi. Yozilgan matnni takomillashtirish ko‘nikmasi. Bu ko‘nikma o‘z ijodiga tanqidiy munosabatda bo‘lish asosida tarbiyalanadi. Shuning uchun o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o‘quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.
Bayon va insho janrlari. Matnli mashqlar, metodik traditsiyaga ko‘ra, tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflarda bular, asosan. Tasvir yoki muhokama elementlari bo‘lgan hikoya tarzida uchraydi. Har uchala janr uchun foydalanilgan material xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlash ham o‘z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga tayyorlanayotganda o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) matnning janr xususiyatlarini hg‘isobga oladi.
Hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Tasvirda syujet, qatnashuvi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda "Ot" tushunchasini shakllantirish uchun shu so'z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo'lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o'rnini ko'rsatish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda mavzuni o'rganishga bag'ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so'zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o'simliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so'zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so'zlarning hammasi uchun umumiy bo'lgan belgilar aniqlanadi: bu so'zlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki /nima? so'rog'iga javob bo'ladi.
Dasturga ko'ra, boshlang'ich Sinf o ' quvchilarini sifat va boshqa so'z turkumlaridan yasalgan mavhum ma'nodagi (yaxshilik, go 'zallik.
ishonch, sevinch, o'kinch, qo'rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o'quvchilar qiziqib so'rasalar, otning bolalar o'rgangan belgilari asosida (nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi.
Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun o'qituvchi o'qish kitobidan matn tanlab, o'quvchilarga matndagi otlarni topishni, so'ngra matnni shu so'zlarsiz o'qishni topshiradi. O'quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o'qiganda, matn mazmunini (tshuntirib bo'lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o'rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so'zlarsiz bir-birimizga o'z fikrimizni tushuntira olmaymiz.



Download 80.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling