Kirish I bob. Shimoliy amerika mintaqasining turistik markazlari: braziliya va argintina
Download 161.39 Kb.
|
BRAZILIYA, ARGENTINA VA CHILI
Chili Aholisi
Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari – Santyago, Valparaiso, VinyadelMar. Chili Tarixi Chili hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-asrda mamlakatning shimoliy qismini inklar egallab oldi. 16-asrning 30-yillarida Chiliga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-asrning oʻrtalarida Chili hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810-yil iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18-sentabrda milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810–26) Chili mustaqilligi eʼlon qilindi (1818-yil 12-fevral). 1823-yil qulchilik bekor qilindi. 19-asr oʻrtalaridan Chiliga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865–66 yillarda Chili Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879–84 yillarda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Chiliga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914–18) Chili betaraflik eʼlon qildi. 1927-yilgi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936-yil Chilida Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938-yildagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941-yil oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939–45) Chili Germaniya (1945-yil fevral) va Yaponiya (1945-yil aprel)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947–58 yillar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956-yil Chili KP (1922-yil tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933-yil asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969-yil Kommunistik, Sotsialistik va boshqa soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973-yildagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 yildan ortiq vaqt davlatni boshqardi. Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Janubiy Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Chiliga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989-yilgi demokratik saylovlar natijasida Augusto Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990-yildan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Chili 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 18-martda tan olgan va 1994-yil 16-sentabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 18-sentabr – Mustaqillik kuni (1810). Download 161.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling