Kirish I bob. Takrorlash darslarini tashkil etish muammosining ilmiy – metodik o`rganilishi


Takrorlash darslarida qo’llaniladigan mashq va topshiriqlarning turlari


Download 156.06 Kb.
bet9/15
Sana13.05.2023
Hajmi156.06 Kb.
#1457122
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
ONA TILIDAN TAKRORLASH ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Takrorlash darslarida qo’llaniladigan mashq va topshiriqlarning turlari


Umumiy o’rta ta‟lim maktablari ona tili va akademik litsey hozirgi o’zbek adabiy tili darslarini kichik guruhlar bilan metodi asosida tashkil etishda topshiriq va mashqlar tizimini ishlab chiqish va undan samarali foydalanish muammolari bir qator metodist olimlar T.G’aniyev56, A.Bobomurodova57, M.Saidov58, tomonidan tadqiq etilgan. Ilmiy ishlarida rekonstruktiv, reproduktiv hamda ijodiy mashqlar haqida ma‟lumot berishgan, tasnif qilishda. Maktabdagi ona tili va akademik litseydagi hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’quvchilarda hamkorlikda ishlash hissini tarbiyalash masalalarini ona tili ta‟lim tizimi mazmuniga tayangan holda samarali tashkil etish masalasi, birinchi navbatda, o’quvchiga bajartiriladigan mashq va topshiriqlar mazmuni bilan belgilansa, ikkinchidan esa, shu jarayonni tashkil qilish bilan ham bog’liq. Ta‟lim samaradorligini oshirish, hamkorlikda ishlash texnologiyalari, darsni kichik guruhlar asosida tashkil etish masalalarini to’liq hal etishda mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni lozim topdik.
Biz ilmiy adabiyotlarni o’rganib va tahlil qilib chiqib, maktabda ona tili va akademik litseylarda hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan takrorlash darslarini tashkil etishda foydalaniladigan mashq va topshiriqlarning turlarini shartli ravishda uch guruhga ajratdik.

  1. Xotirlash xarakteridagi mashq va topshiriqlar

  2. Qisman izlanuvchanlik xarakteridagi mashq va topshiriqlar;

  3. Ijodiy xarakterdagi mashq va topshiriqlar.

Bunday tasniflashdan asosiy maqsad – maktab va akademik litseyda tashkil qilinadigan takrorlash darslariga shuningdek yangi mavzuni o’rganish jarayonida oldingi o’rganilganlarni xotiraga tushirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqarishdan iboratdir.





56G‟aniyev T.T. Aktivizatsiya poznavatelnoy deyatelnosti uchashixsiya v protsesse vypolneniya uprajneniy po rodnomu (o‟zbekskomu) yazyku.Avt-t diss … kand. Ped.nauk. – Tashkent. 1991. 23 str.
57Bobomurodova A.Ya. Ona tili ta‟limi jarayonida o‟yin-topishmoqlardan foydalanish.Ped.fan.nomzodi … yozilgan diss. – Toshkent, 1996. – 146. b.
58

Download 156.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling