Kirish I bob tashqi savdoning O’zbekistonda tutgan o’rni


O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish


Download 80.13 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi80.13 Kb.
#1544331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tashqi savdo

2.1 O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish
O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar (belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinganlar bundan mustasno) tashqi savdo kontraktlari, dalolatnomalar va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — TSOYEAT) kiritadi.
barter kontrakti — pul mablag‘larida o‘zaro hisob-kitoblar qilmagan holda muayyan miqdordagi bir yoki bir necha turdagi tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) boshqasiga almashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
tashqi savdo kontraktlari — Nizomning ushbu bandida keltirilgan eksport kontrakti, import kontrakti, barter kontrakti, markazlashtirilgan eksport kontrakti, markazlashtirilgan import kontrakti, import birja (yarmarka) kontrakti, eksport birja (yarmarka) kontrakti, eksport konsignatsiya kontrakti, respublika hududida eksport kontrakti, qayta ishlash (respublika hududida) bo‘yicha kontrakt, qayta ishlash (respublikadan tashqarida) bo‘yicha kontrakt, lizing asosidagi eksport shartnomalari, lizing asosidagi import shartnomalari, olib kirish kontrakti, olib chiqish kontrakti, sotib olish kontrakti, sotish kontraktlari;
tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
import qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo kelishuvlarini (kontrakt, invoys) tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
import kontrakti — tovarlar (ishlar va xizmatlar) importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
import birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
qayta ishlash (respublikadan tashqarida) bo‘yicha kontrakt — O‘zbekiston tovarlarini bojxona hududidan qayta ishlash uchun tashqariga olib chiqish va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish nazarda tutilgan import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar — Nizomning ushbu bandida keltirilgan kontraktlar (invoyslar)ni tuzgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning to‘liq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida ko‘rsatiladi va ushbu ishonchnoma kontraktga ilova qilingan holda uning ajralmas qismi hisoblanadi;
tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — xaridor bilan ushbu kontrakt bo‘yicha to‘lovni amalga oshiruvchi yoki tovar (ish, xizmat ) qabul qilib oluvchi tomon farq qilsa, shuningdek, tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — sotuvchi bilan ushbu kontrakt bo‘yicha tovarni jo‘natuvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi) tomon farq qilsa, kontraktda ular alohida ko‘rsatilishi lozim;
Kontraktning mavzusi. Ushbu bo‘limda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi ko‘rsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati bo‘yicha assortimenti ko‘rsatiladi.
Bunda tovarning umumiy qabul qilingan xalqaro standartlari, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi tovar (xizmat) standartlari, shuningdek, xususiyati bo‘yicha uning tipi, modeli, markasi, navi, turi ham ko‘rsatilishi lozim.
Tovarning miqdori o‘lchovlarning metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. O‘lchov birligini aniqlashga O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan miqdorlarini belgilash va qo‘llash tartibiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yo‘l stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) ko‘rsatilishi kerak (qisqartirilgan so‘zlarning bosh harflari bilan birgalikda);
g) Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati yoki sanasi ko‘rsatiladi.
O‘tgan besh yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti 24%, sanoat - 34%, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar - 3 barobarga o‘sdi.
Keyingi besh yilda iqtisodiy o‘sishning yuqori surʼatlarini taʼminlash uchun 120 mlrd. dollar jalb qilinadi, shundan kamida 70 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar bo‘ladi. Transport sohasi, yo‘l qurilishi va boshqa sohalarga davlat-xususiy hamkorligiga asoslangan loyihalar doirasida 14 mlrd. dollar investitsiyalar jalb etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi keyingi besh yilda iqtisodiy o‘sishni 1,5 barobar oshirish va YAIMni 100 mlrd. dollarga yetkazishni shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat eksport salohiyati 1,7 barobar oshib, 2026 yilda 30 mlrd. dollarga yetadi. Eksport tarkibida xom ashyo ulushi 23% kamayadi va tayyor mahsulot hajmi 2,5 barobarga oshadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda yuk tashishning umumiy hajmi 1,4 barobar, xalqaro yuk tashish (eksport, import va tranzitni hisobga olgan holda, quvur transportidan tashqari) hajmi esa 1,6 barobar oshadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, iqtisodiyot va tashqi savdoning barqaror rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga transport, infratuzilma va logistikaning tizimli va jadal rivojlanishisiz erishib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, so‘nggi yillarda, O‘zbekistonda xalqaro transport koridorlarini shakllantirish, logistika zanjirlarini shu jumladan, yuk va transport vositalarini chegara punktlari orqali o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish, xalqaro tovarlar yetkazib berishda to‘siqlarni kamaytirish, eksport mahsulotlari shartnoma qiymatida transport va boshqa xarajatlarni optimallashtirish, yuk yetkazib berish tezligini oshirish, Jahon bankining LPI (Logistics Performance Index) reytingida mamlakat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Bir qator qarorlarning COVID 19 pandemiyasi boshlanishidan ancha oldin qabul qilinganligi, jahonda ro‘y bergan inqirozdan O‘zbekiston Respublikasini minimal darajadagi yo‘qotishlar bilan chiqib ketishiga imkon yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Eksport faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” №PQ-4707 Qarori asosida iqtisodiy tiklanishni jadallashtirish maqsadida transport turidan qatʼiy nazar eksport mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qisman qoplab berish tizimi joriy etildi.

Download 80.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling