Xulosa va takliflar
Men Choriyeva Mukarram “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 1-kurs 122-guruh talabasiman. Men o’z tanishuv amaliyotimni “Surxon Hotel” mehmonxonasida o’tadim. Amaliyotim davrida yil davomida olgan barcha nazariy bilimlarimni sinab ko’rdim. Bu mehmonxonaning mehmonlar uchun yaratilgan barcha shart sharoitlari menga yoqdi. Men bu yerda mehmonxona biznesida kerakli bo’ladigan boshlang’ich tushunchalarga ega bo’ldim. Mehmonxonaning qabul xonasida amaliyot o’tayotgan vaqtimda tashrif buyurgan chet ellik va mahaliy mehmonlar bilan yaqin munosabatda bo’ldim va ularning mehmonxona va umuman O’zbekiston haqidagi yirik taassurotlari bilan tanishdim. Kelajakda shunday nufuzli mehmonxonalardan birida ishlayman deb umid qilaman va bungacha hamma kerakli bo’lgan bilimlarini o’rganib o’z kasbimning eng yaxshi mutahassisi bo’lishga xarakat qilaman.
4 haftalik malakaviy tanishuv amaliyoti davrida biz Termiz shahridagi “Surxon Hotel” mehmonxonasida bo’lib, o’quv yili davomida olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo’llash va shu bilan birgalikda yangi bilimlarni o’rganib, mustahkamlashga erishdik.
Amaliyot davrida mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish xaqida ko’plab bilimlarga ega bo’ldik. Mehmonxonadagi ish jarayoni, boshqaruv tizimi, xodimlar bilan ishlash, mehmonxonaning ichki va tashqi ma’muriy – huquqiy tartiblari (qonun – qoidalar), mehmonlar uchun ko’rsatilayotgan xizmat turlari, sifati va boshqa xususiyatlarini tahlil qildik.
Dastavval mehmonxonaga ta’rif beradigan bo’lsak, “Surxon Hotel” mehmonxonasi shahar markazida joylashganligi uchun qulay ekanligini ta’kidlab o’tish lozim. Mehmonxona 7 qavatli asosiy binodan iborat bo’lib, jami bo’lib 96 ta nomer mavjuddir. U yerda avtomobillar uchun avtoturar joy, mehmonlar uchun bir nechta ovqatlanish joylari (stol-stul), favvora va shular kabi ko’plab qulayliklar mavjud.
Binoning orqa tomonida kichik hovli – maydon mavjud bo’lib, kichik avto turar joy va qo’shimcha xizmatlar uchun bir necha shaxobchalar mavjud. Mehmonxona xodimlari kunu-tun o’z vazifalarini bajargan holda mehmonxona rivojiga o’z hissalarini qo’shmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |