Kirish I. Bob: Undov taqlid, modal so‘zlarni o‘qitishning ilmiy metodik va nazariy asoslar


Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitish metodlari


Download 169.89 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi169.89 Kb.
#1620447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maxmutova Shoxista.1708 (1)

II BOB.UNDOV, TAQLID, MODAL SO‘ZLARNI O‘QITISH USULLARI

2.1.Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitish metodlari


Tilshunosligimizda “Morfologiya” bo‘limi hajm jihatdan katta va anchaginamurakkab bo‘limlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, o‘quvchilar bu bo‘limga oid bilimlarni boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rganib borishadi. Bu bo‘limning o‘ziga xos qiyinchiliklariga duch kelganmiz ya’ni mustaqil so‘z turkumlarining qo‘shimchalarni bir biridan ajratish anchagina qiyinilik qiladi . Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqqan holda tilshunoslikning har bir bo‘limini o‘rganishga zamonaviy ped-texnologiyalardan foydalanishimiz o‘quvchilarning mavzuni va mavzuga oid mashqlarni tushinishida bir qancha yengillik yaratiladi.
Biz bilamizki, Morfologiya mustaqil so‘z turkumlari tilshunoslikning qolgan bo‘limlariga nisbatan murakkab va kattaligi bilan ajralib turadi. Shuni hisobga olgan holda mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe’llarga qo‘llagan metodlarni ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘zlarning shakllari, bu shakllarning hosil bo‘lish yo‘llari va so‘zlarning ma’lum bеlgilar asosida guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga bo‘linishini o‘rganadi. Shu bois, morfologiyani o‘qitishda asosiy e’tibor so‘zning tuzilishi, yasalishi, so‘z turkumlariga bo‘linishiga qaratiladi.19 Maktabdalarda mustaqli so‘z turkumlarini o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor.
Uning ilmiy zaruriyati shundaki, kеyingi bosqichda o‘rganiladigan «Sintakisis» bo‘limi bеvosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kеlishik, egalik va shaxsson qo‘shimchalari garchand morfologiya obyеkti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi.
O‘quvchi mustaqil va yordamchii so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabda morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi:

  • o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakklarini hosil qilishga o‘rgatish; so‘z zahirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kеngaytirish;

  • so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kеngaytirish;

  • imloviy savodxonlikni takomillashtirish;

  • gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash.

So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratish so‘z turkumlarini o‘rganishga puxta zamin hozirlaydi. O‘quvchilar qurilgan so‘zlardan o‘zakdoshlarni topish, o‘zakdoshlar nima bilan bir-biridan farqlanishini tushuntirish, o‘zakdosh so‘zlarni qo‘shimchadoshlarga ajratish, qo‘shimchalarning o‘zaklarga qanday qo‘shimcha ma’no qo‘shayotganligini aniqlash orqali o‘zak va qo‘shimcha haqida kеng ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Bizga ma’lumki fe’l so‘z turkumi 5-6- 7-sinf maktab darsligi va akademik litsey darligining 2-kurs o‘quvchilariga o‘rgatiladi. Morfologiya bo‘limidagi mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan fe’l so‘z turkumi o‘quvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradigan. Shuning uchun biz bu bo‘lim uchun alohida metod va usullardan foydalanishimiz lozim. Biz o‘qituvchi sifatida maktab va akademik litsey o‘quvchilarini yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, dars davomida qo‘llayotgan metod va usullarimiz bir biridan farq qilishi lozim. Maktab o‘quvchilariga ko‘rgazmali materiallarni tayyorlayotganimizda asosan rangli qog‘ozlardan, rasmlardan qiziqarli va e’tiborni tortadinan slaydlardan foydalana olsakgina, darsninig samarali o‘tishini ta’minlashimiz mumkin

Download 169.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling