MAVZU: YETTINCHI SINF O’G’IL VA QIZ BOLALARDA MUTATSIYA DAVRI
KIRISH
I-BOB. YETTINCHI SINFDA MUSIQA O’QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI
1.1 Musiqa ta’lim metodlari
1.2 Yettinchi sinf o’quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari
II-BOB. YETTINCHI SINFDA MUSIQA O’QITISHNING YAKUNLOVCHI DAVRIDA O’QIIVCHILARNING OLGAN BILIM VA MALAKALARIGA DUNYOQARASHIGA QO’YILGAN
2.1 Musiqa madaniyati fanidan 7-sinflar uchun dars reja
2.2 Ta’lim jarayonida bilim, konikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish…………………………………………………………………….
1-BOB. YETTINCHI SINFDA MUSIQA O’QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI………………………………….…...
1.1 Musiqa ta’lim metodlari……………………………………….……
1.2 Yettinchi sinf o’quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari………………………………………………………...…...
2-BOB. YETTINCHI SINFDA MUSIQA O’QITISHNING YAKUNLOVCHI DAVRIDA O’QIIVCHILARNING OLGAN BILIM VA MALAKALARIGA DUNYOQARASHIGA QO’YILGAN …………………………………………………………..
2.1 Musiqa madaniyati fanidan 7-sinflar uchun dars reja……………………………………………………………….………
2.2Ta’lim jarayonida bilim, konikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat ……………………………………………………......
Xulosa…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….......
Kirish
Yettinchi sinfda musiqa o’qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi sinflarda olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumilashadi. Ayniqsa, musiqani badiiy jihatdan mustaqil tinglab, uni mukammal idrok etib, yangi qo’shiqlarni mustaqil o’rgatish, hayotimizdagi musiqa faoliyatiga aktiv katnashishga o’rgatib borish ishi nixoyasiga yetadi. 7-sinf o’quvchilari fiziologik-psixologik xarakterga ko’ra diqqat e’tiborlari turg’un, dunyoqarashi rivojlangan bo’ladi. Ovoz shakllanishi notekis bo’ladi. Ular mustaqil fikr yuritish hikoya tuzish, musiqaga doir albom, referatlar, sinf burchaqlari va ko’rgazmali qurollar tayyorlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. O’qituvchi o’quvchilarning bu ijodiy xususiyatlarldan foydalanib,musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko’rgazmali qurollar tayyorlash vazifasini topshirishi mumkin. Shuningdek, mashxur bastakorlarga doir albomlar tayyorlashni ham topshirishi mumkin. Vokal-xor ishlari: qo’shiq o’rgatish jarayonida ularni ovozlarini asrab tarbiyalash ishi murakkablashadi. Cnunki, bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi. Ayniqsa, o’g’il bolalarda ovoz boylamlari yo’g’onlashib, ovoz registri bir oktavaga pasayadi.
Natijada o’quv va ovoz o’rtasidagi koordinatsiya buzilib, ba’zan bolalar intonatsiyasini aniq kuylay olmaydilar. Bunday paytda o’qituvchi kuylash uchun qo’lay yo’llarini tushuntirishi kerak. Ovozni toliqtirmasdan erkin, ravon kuylashga o’rgatishi kerak. Mutatsiya davrida bolalar ovozida kun sayin o’zgarish ro’y beradi. Buni husoblab olib ovoz partiyasini ko’paytirish lozim. Yoki ovozlarni transpartirovka qilib pastki tovushlarga tushirish lozim. Ovoz diapazoni birinchi ovozlarda (D01-Mi2) - 2-ovozlarda esa - (Si kich-Re2)gacha bo’ladi. Tajribalar mutatsiya davrida ovozlarni to’g’ri taksimlash, ovozlarni tekis chiqishi va qiyinchiliklarga duch kelmaslikka olib keladi. Tanlangan qo’shiqlar qahramona, lirik, estrada, o’zbek xalq qo’shiqlaridan bo’lsa, o’quvchilarda o’rganishga qiziqish uyg’otishi lozim. Ba’zi bir qo’shiqlarni solist yordamida ham o’rgatish mumkin.
Ashula aytganda dinamik belgilari, tempi, badiiy ijrosiga erishish zarur. Yettinchi sinflarda musiqa savodini oldingi bilimlarga tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o’lchovlar, dinamik belgilar, parallel major va minor ladlari kabi mavzularda alohida to’xtab o’tib, musiqali misollar keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |