Kirish. “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi


Ichki yonuv dvigatellarining asosiy ko’rsatkichlari


Download 306.1 Kb.
bet4/8
Sana08.01.2022
Hajmi306.1 Kb.
#243450
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-modul 1 chi

Ichki yonuv dvigatellarining asosiy ko’rsatkichlari .

Avtomobil dvigatellari nazariyasini o’rganishdan oldin dvigatellar tasnifi va asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz. Dvigatellning yonish kamerasida ishchi aralashmaning yonib kengayishidan hosil bo’lgan bosim kuchi porshenga ta’sir etib uni harakatga keltiradi, undan keyin esa harakat boshqa detallarga uzatiladi. Bu paytda silindr ichida sodir bo’layotgan barcha jarayonlar porshen ordamida bajariladi. Shuning uchun ham bu dvigatellar- porshenli IYoDlari deyiladi.

Silindrning ishchi hajmi ( Vh) deb, porshen yqori chetki nuqta ( yu.ch.n.) dan pastki chetki nuqta( p.ch.n.) gacha harakatlanganda hosil bo’lgan hajmga aytiladi. U quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:



(1)

Bu yerda: d –porshen diametri,m; S-porshen yo’li, м.

Yonish kamerasining hajmi, porshen yu.ch.n. da turgan paytida uning yuqorisida hosil bo’lgan hajm bo’lib u ( Vc ) harfi bilan belgilanadi.

Silindrning to’la hagmi (Va) silindrning ishchi hajmi (Vh) bilan yonish kamerasi hajmi (Vc) ning yig’indisiga teng :



a=hc 3), (2)

Silindr to’la hajminining yonish kamerasi hajmiga bo’lgan nisbati siqish darajasi deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:



(3)

Siqish darajasining qiymati karbyuratorli dvigatellar uchun: Ɛ=6,5-10; dizel dvigatellar uchun Ɛ=12-22.

Dvigatel litraji ko’p silindrli dvigatellarda barcha silindrlarning litrlarda ifodalangan ishchi hajmlari yig’indisidan iborat:

Vл = 10-3 Vh i, (4)

Bunda: i-silindrlar soni, Vh-bitta silindrning ishchi hajmi.

Ichki yonuv dvigatellarining asosiy va solishtirma ko’rsatkichlari bo’ladi. Asosiy ko’rsatkichlariga dvigatelning ishonchliligi, mustahkamligi va chidamliligi: dvigatelni takomillashganlik darajasi; tuzilishining soddaligi; foydalanish va ta’mirlash ishlarini bajarishning qulay va arzonliligi; har doim tehnik soz holatda turishi, ekologik xavfsizligi va o’zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi kiradi. Dvigatelning solishtirma ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib ular dvigatel sifat ko’rsatkichlarini baholashda ishlatiladi.

Dvigatelning tirsakli validan olinadigan nominal quvvatni, hamma porshen yuzalari yig’indisiga nisbatiga uning solishtirma porshen quvvati deyiladi:

Nп= , kvt/dm2 (5)

Bu erda: I – silindrlar soni, d-porshen diametri, mm, Ne-dvigatelning effektiv quvvati, rvt.

Dvigatel porshenining o’rtacha tezligi:



, m/s (6)

Bu yerda S-porshen yo’li, mm; n-tirsakli valning aylanishlar chastotasi, ayl/min.

Dvigatel nominal quvvatining, silindrlar umumiy ishchi hajmiga nisbati, dvigatelning litr quvvati deyiladi.

, kvt (7)

Dvigatelning litr quvvati qanchalik katta bo’lsa, u shuncha yengil va ixcham bo’ladi.

Dvigatel massasining silindrlar ishchi hajmiga bo’lgan nisbati, uning litr massasi deyiladi:

, kg/л (8)

Bu yerda: Gk-dvigatelning massasi, kg .

Dvigatelning litr massasi uning tuzilishi qanchalik darajada takomillashganlini ko’rsatadi. Dvigatel massasini uning nominal quvvatiga bo’lgan nisbati dvigatelning solishtirma massasi deyiladi,

, kg/kvt (9)

Bu ko’rsatkich dvigatelning turiga, tuzilishiga va material sifatiga bog’liq.




Download 306.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling