Kirish II. Asosiy qism Madaniy-ma’rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta’sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi
Download 51.99 Kb.
|
Tursunaliyeva Anora 1111111
Dramatik parchalar. San’atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g‘oyalar kurashi, qarama-qarshi konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. SHuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, dramatik parchalardan keng foydalaniladi.
Tadbirlarda dramatik parchalardan foydalanishning ikki xil usuli bor: 1. Tayyor asarlardan olingan parchalar. 2. Stsenaristning o‘zi tadbir uchun maxsus yozgan dramatik epizodlar. Teatrlashtirishda faqatgina p’esalardan parchalar olinishi bilan kifoyalanib qolmasdan, kecha yo‘nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinadi. Dramatik parchalardan foydalanishning ikkinchi usuli ham keyingi paytda juda ko‘p qo‘llanilmoqda. Tadbirning asosiy fazilatlaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bo‘lgani uchun, stsenariy avtorlari joylarda bo‘layotgan (yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan) voqealarni kichik dramatik lavha shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, qishloq aholisida klub kechalariga bo‘lgan qiziqishning sabablaridan biri - bu mahalliy faktlarni, voqealarni instsenirovka shaklida ko‘rsatishdir. Ayniqsa, mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar aholiga manzur bo‘lmoqda. Stsenariyda mahalliy hayotni aks ettiradigan dramatik epizoddan foydalanish uchun yoritilayotgan voqea yoki hodisani chuqur o‘rganmoq kerak. Unda qahramonning mehnat faoliyati, qiyinchiliklari va ularning kelib chiqish sabablari to‘la yoritilsin. Bunday epizodlarni havaskorlik teatri kollektivi qatnashchilari ijro etishsa, kecha qahramonining o‘ziga ham, u bilan birga ishlaydigan kollektiv a’zolariga ham qiziqarli bo‘ladi. SHuni unutmaslik kerakki, barcha sahna asarlaridan, p’esalardan olingan dramatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik instsenirovkalar yoki maxsus stsenariy uchun yozilgan lavhalardan foydalanish – tadbir mazmunining rivojiga «yordam bermog‘i kerak. Kinolavha. Kinolavha badiiy yoki hujjatli fil’mlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi. Kinoning (ayniqsa, hujjatli fil’mlarning) «sehrli kuchi» shundan iboratki, u bo‘lib o‘tgan voqealarni haqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettirad. U tarixiy voqealarning guvohi sifatida xizmat qiladi. Ma’lumki, kinosan’atkorlar tomonidan ko‘pgina tarixiy voqealar suratga olingan. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqelikning haqqoniy obrazini ko‘rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinofragmentlardan foydalanish tadbir stsenariysi yozilayotganda planlashtiriladi va shu asosda kinolavhalar tanlanadi. Ko‘pgina tadbirlarda fil’mlardan olingan lavhalarning o‘zi yaxlit bir zpizodni tashkil qilishi mumkin. Ba’zida kinolavhalar boshqa vositalar, ya’ni kinofragmentlar mazmuniga mos keladigai jonli va badiiy so‘z, qo‘shiqlar bilan parallel aks ettiriladi. Masalan, nemis fashistlari ustidan qozonilgan g‘alabaning yilliklariga bag‘ishlangan tadbirlarning final qismida «Xaloskorlik» («Osvobojdenie») fil’mining oxirgi seriyasidagi Reyxstagni qamal qilish epizodining ko‘rsatilishi bilan parallel ravishda D. Tuxmanovning «G‘alaba kuni» («Den’ pobedi») ashulasi magnitofon orqali eshittirilishi mumkin. Bu usul, albatta, tadbir final qismining ta’sirchanligini oshiradi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda kinofragmentlardan foydalanishning «assotsiatsiya» usulini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pincha shunday hodisa vujudga keladiki, tashkilotchilar tadbir epizodining syujetiga aynan va bevosita mos keladigan kinolavha topisholmaydi. Bunday vaqtda epizod mazmuni bilan bog‘lanib ketishi mumkin bo‘lgan kinolavha tanlanadi. Masalan: «Onalar tinchlik uchun kurashda» nomli kechada ona o‘g‘lining o‘limi haqida xat oladi. Bu psixologik holatda ona o‘g‘li bilan oxirgi uchrashuvini eslaydi. Xuddi shu paytda ekranda «Soldat haqida ballada» fil’midan parcha - onaning o‘g‘li Alyosha bilan oxirgi uchrashuvi lavhasi ko‘rsatiladi. Ijodkorlikni talab qiladigan bu usul kinolavhalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi, tadbirni boyitadi. Download 51.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling