Kirish II. Asosiy qism Madaniy-ma’rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta’sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi


Download 51.99 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi51.99 Kb.
#1506865
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tursunaliyeva Anora 1111111

III. Xulosa
Madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan yuqorida tilga olingan barcha davlat muassasalari, kasaba soyuzlari, komsomol tashkilotlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, san’at muassasalari, o‘quv yurtlari, sanoat korxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar o‘z ishining bir bo‘lagi sifatida shug‘ullanadilar. Demak, madaniy-ma’rifiy ishlar barcha kollektivlar hayotida madaniy-tarbiyaviy ish sifatida muhim o‘rin egallaydi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyatlarini aniqlash uchun ularni san’at, ommaviy axborot turlari bilan taqqoslab ko‘riladi. CHunki badiiy-ommaviy tadbirlarning teatr spektakllari, kontsert programmalari, kinofilm va radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar bilan umumiy bo‘lgan hamda ulardan ajralib turadigan o‘ziga xos tomonlari bor.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishning birinchi asosiy xususiyati shundan iboratki, u kundalik hayotning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar san’at asarlari real «birinchi dunyo»ni badiiylashtirish asosida «ikkinchi dunyo»ni vujudga keltirsa, badiiy-ommaviy ish shakllari kundalik hayotning o‘zidagi muhim va diqqatga sazovor voqealarni tadbir sifatida uyushtiradi. Qadim zamonlardanoq bayram, marosim, to‘ylarda an’anaviy muzika va teatrlashgan tomosha san’ati bir-biri bilan bog‘langan holda rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu hol maishiy marosimlarga bag‘ishlanganda («Yor-yor», «Kelinsalom»), tabiat va mehnatga («mayda», «yozi») oid mavzularda aytiladigan qo‘shiqlarda teatrlashtirish elementlari ancha jonli bo‘lgan.
Teatrlashtirilgan tomoshalar (masxaraboz-qiziqchi, qo‘g‘irchoqboz) va tsirk san’atini muzika va ashulasiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan.
Bunday sintez, asosan, o‘tgan asrning 30—40 yillarigacha davom etib keldi. Keyinchalik esa muzika san’ati va teatr san’ati bir-birlaridan bir oz ajrala boshladi. Bunga sabab, muzika san’atining yangi janr va turlar bilan boyishidir. Buning ustiga ular mustaqil ravishda rivoj topa boshladi. Muzika san’ati bilan shug‘ullanadigan o‘quv muassasalarining vujudga kelishi muzika san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, lekin ular muzikani boshqa san’atdan ajratib qo‘yishdi.
Bu, albatta, ijobiy hol, lekin har bir ijobiy hol-da zarracha bo‘lsa ham salbiy tomon bo‘lganidek, muzika san’ati teatrlashtirish elementlaridan borgan sari ajrala boshladi. «Birlashish uchun ajralish kerak» deganidek, yana muzika san’ati bilan teatrlashtirish elementlarini qo‘shib, kontsertlar tashkil qilish vaqti keldi. Bu haqda keyingi paytlarda ko‘p fikrlar bo‘lmoqda, zamonaviy yangi yo‘llar izlanmoqda.
Mamlakatimizda keyingi yillarda bu sohada ancha tajriba to‘plangan. O‘zbekistonda ham davlat va respublika ahamiyatiga molik bo‘lgan ko‘pgina kontsertlar teatrlashtirilmoqda. Lekin ularning ko‘pchiligida kontsertning boshi va oxiri teatrlashtirilib, o‘rtasida temaga mos bo‘lmagan nomerlardan foydalanib kelinmoqda. Bunday kontsertlarni to‘liq teatrlashtirilgan deb bo‘lmaydi.
Hozirgi ko‘pgina kontsertlar faqat muzikaviy nomerlar qo‘shiq, raqslar yig‘indisi bo‘lib qolmoqda. Ularni tashkil qilishda g‘oya va mazmun degan komponentlarga e’tibor berilmaydi.


Download 51.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling