Kirish II. Asosiy qism
Transformatorlarni himoya qilish
Download 32.58 Kb.
|
6-20 O’zbekiston Tumani TETK” AJ Amaliyot xisobot
2.3 Transformatorlarni himoya qilish
Biz amalioyot joyiga ya’ni “O’zbekiston Tumani TETK” AJ bo’limiga borganimizda transformatorlarni himoya qilish va ularni tushurishni o’rgatishdi . Mavsumli ishlaydigan transformatorlarniishga tushirishdan oldin quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: 1. Transformatorning texnik holati tekshirib koriladi. Bunda asosiy izolyatorlarning butunligi, rezina prokladkalarini holati, avtomatik ochirgichlar, kuchlanishni rostlash moslamasi, kommutatsiya apparatlarni yaroqligi tekshiriladi. 2. Transformatorni izolyatsiyasini 2500 Vli megometr bilan olchanadi. Bunda absorbsiya koeffitsienti aniqlanadi. 3. Kuchlanishni rostlash moslamasini kerakli holatga o‘rnatiladi. Yuqori va past kuchlanishli chulgamlarni qarshiligi o‘lchanadi. Olchovlar doimiy tok koprigi yordamida bajariladi. 4.Transformatordan moyni probasi olinadi va sinovlardan o‘tqaziladi. Bunda uning elektr mustahkamligi, kislota raqami (RN), dielektrik yoqotishlar burchagini tangensi (tg δ), moyni va bug‘larni yonish harorati ,namlanganligi,mexanikoviy qoshilmalar borligi, muzlash harorati,oksidlashga yo‘l qoymaydigan qoshilmalar hajmi aniqlanadi. Sinovlar nitijasida moyni ekspluatatsiyaga yaroqligiga xulosa qilinadi. 5.Transformator laboratoriya korigini natijalarni pasport talablariga javob bersa, transformatorni qo‘shishga ruxsat beriladi. Transformator moyini sifatiga asosiy tasir korsatadigan parametr uning namlanganligi. HETKda namlangan moyni quritish uchun maxsus PSM-2-4 apparati ishlatiladi. Buning nomi “Kochma separator moy tozalagichi Transformator moyini xususiyatlari. Transformatorlarga quyiladigan transformator moyi elektrotexnikada ishlatiladigan hamma suyuq dielektriklardan eng ko‘p ishlatiladi. Uning vazifasi ikkilama: birinchidan moyli transformatorlarda tolali izolyatsiyasini bo‘ktirada, simlarni va chulg‘amlarni havo oraliklarni to‘lgizadi va buning bilan izolyatsiyani elektr mustahkamligini ancha oshiradi; ikkinchidan chulg‘amlarda va transformatorni ozaklarida ajratilgan issiqlikni olishni yaxshilaydi. Transformator moyini yana bitta muhim ishlatiladigan joy - yuqori kuchlanishli moyli ochirgichlar. Bu apparatlarda ochirgichni kontaktlarni orasidagi yoymani haroratini tez pasaytirib uni ochiradi. Transformator va boshqa elektr izolyatsion moylar neftdan olishadi. Bunda neftni pogonali haydab har bir pogonada kerakli fraksiyani olishadi. Keyin oltin gugurt kislotasi bilan ishlov berib kerak emas loyqaliklardan tozalashadi, undan keyin ishqor bilan ishlov berishadi, suv bilan yuvishadi va quritishadi. Ko‘pincha transformator moyini qoshimcha adsorbentlar bilan ishlov berishadi. Adsorbentlar moydan suvni va boshqa qutbli qoshilmalarni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ega. Bu ishlov berish ikkita usul bilan oborilishi mumkin: maydalangan adsorbentni qizdirilgan moy bilan aralashtirishadi va tindirishadi; moyni adsorbentni qatlamidan otkazishadi. Transformator moyi rangsizlidan toq - sariq rangacha suyuqlik. Ximik tarkibi boyicha har xil uglevodorodlarni qoshilmasi. Transformator moyni muhim xususiyatlari Davlat standartlar bilan ifodalanadi: 200 C haroratida kinematik qaishqoqligi (17-18,5)-10"6 m2/s; kislota raqami 0,03 - 0,1 gKON/kg; bug‘larni yonish harorati 135 – 1400 C, muzlash harorati – 450 C. Download 32.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling