Kirish Inflyatsiya tushunchasi va uning turlari Investitsiyaga inflyatsiyaning ta’siri O’zbekistonda inflyatsiyaning oldini o’lish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Investitsiya inflyatsiyaning ta'siri
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
161.inflyatsiya kurs ishi
2.Investitsiya inflyatsiyaning ta'siri.
Investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi barcha omillarni ularning ta'sir doirasidan kelib chiqib, ikki guruhga tasniflash mumkin: 1. Makrodarajada investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (korxonaga nisbatan barcha tashgi omillar). 2. Mikrodarajada investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (ichki omillar). Birinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi: soliq tizimining takomillashganlik darajasi; investitsiya faoliyatining me'yoriy-huquqiy ta'minoti; investitsiya faoliyatida davlat ishtirokining darajasi; inflyatsiya darajasi; budjet defitsiti; mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati va dinamikasi; moliya-kredit siyosatining takomillashganlik darajasi; mamlakatning xomashyo va resurslarga boyligi; davlatning iqtisodiy, shu jumladan, investitsiya siyosati; narx-navo va unga davlat tomonidan ta'sir koʻrsatilishi; alohida hudud, tarmoqlarni , rivojlantirishga bo'lgan davlat e'tiborining ustuvorligi; jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy holatlar; bozor munosabatlarining takomillashganlik darajasi; muayyan soha va tarmoqlarda davlat mulkining ustunligi va yoki toʻliq amal qilishi; erkin iqtisodiy hududlarning mavjudligi; xorij kapitalini jalb qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar; yerga egalik huquqining davlat qoʻlida saqlanishi; investitsiyalar kiritishning (qoʻyishning, joylashtirishning) risklilik darajasi; iqtisodiyotda davlat sektorining tutgan o'rni; davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻllab- quvvatlanishi. Ma'lumki, iqtisodiyotning rivojlanish sur'atlari mavjud salohi- yatdan samarali foydalanish va investitsiyalar kiritish sur'atlariga bogʻliq boʻladi. Inflyatsiya investitsiya faoliyatiga eng faol ta'sir etuvchi omil boʻlib, oʻz navbatida, iqtisodiyotning holatiga bogʻliq boʻlib, iqtisodiyot barqarorlashganda va rivojlanganda ushbu koʻrsatkich darajasi pasayib boradi. Bu oʻ'rinda shuni hisobga olish kerakki, inflyatsiya jarayonlari bilan bank krediti foiz stavkasi chambarchas bogʻliq boʻladi. Agar bank foiz stavkasi yuqori boʻlsa, investit- siyaga talab shuncha kamayadi. Bunday bogʻliqlik investitsiyalarga talab bilan kutilayotgan foyda me'yorida ham mavjud boʻladi. Bir vaqtning oʻzida sof foyda me'yori bank foiz stavkasidan yuqori Inflatsiya so`zi lotincha bo`lib, lug`aviy manosi “bo`rtish”, “ko`pchish”, mantiqan pulning qadirsizlanishi va narx-navoning muntazam ravishda oshib borishi kabi manolarni bildiradi. Bu so`z XIX asrning urtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tеrmin sifatida ishlatilguncha kadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda qo`llanilgan. Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo`lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo`lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko`p pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi. Inflyatsiya so`zi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o`rtasida fuqorlar urushi bulganda muomalaga juda ko`p miqdorda (450 mln. grin bеk) qog`oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo`llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan kеyin 50 foizlargacha tushib kеtgan. Agar tarixga e'tibor bеradigan bo`lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib kеtishi, inflyatsiya bilan uzviy bog`liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napolеon bilan urush davrida, Fransiyada - frantsuz rеvolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o`rtalarida namoyon bo`lgan. Gеrmaniyada juda yuqori sur'atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo`lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha еtgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko`rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo`lmasdan, tarixan mavjud bo`lgan. Inflatsiya tushunchasi muomalada xaqiqiy pullardan, yani oltin va kumush tangalardan foydalanilgan davrlarda ahamiyat kasb etmagan. Inflatsiya tushunchasi faqat kredit pullarga tegishlidir. Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo`lib sifati ham o`zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo`lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga kеtadigan xarajatlar salmog`ining o`sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling