Kirish Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati


Download 0.61 Mb.
bet1/10
Sana01.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1242712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya bozori


Reja:
Kirish………………………………………………………………………...3

  1. Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati……………………………….6

  2. Investitsiya fondlarining faoliyati tahlili…………………………………...18

  3. O’zbekistonda investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish………….23

Xulosa………………………………………………………………………32

Kirish
Ma’lumki, investitsiyalash jarayonini amalga oshirishda moliya tizimi muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy tizim zamonaviy bozor iqtisodiyotida asosiy xizmatlar majmuini tashkil qiladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida moliyaviy tizimlar tadbirkorlar bilan ishlashning asosiy va barqaror vositasi sifatida tan olingan. Bu ishlab chiqarish ixtisoslashuvining tez sur’atlarda rivojlanishiga imkon yaratdi. Boshqa tomondan moliyaviy aktivlarning, tezda pulga aylanishi va tavakkalchilik xususiyatlari bilan moliyaviy shakldagi jamg’arma hajmini ko’paytirishga imkon beradi.


Investitsiya loyihalarini samarali jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investi tsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin , - deya ta’kidlab o’tdilar 1. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridanto’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.
Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillarni ilmiy tahlil qilish lozim bo’ladi. Bu tahlil mablag’lar yo’nalishining eng maqbul usulini tanlash va kelajakda har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiy o’sishga erishishda nafaqat investitsiya hajmini ko’paytirish, balki ular yo’nalishlari va tuzilmalarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chiqarish turlari va korxonalarni tanlash lozimki, ular tezda o’zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olishlari kerak. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida iqtisodiy o’sishni jadallashtirish uchun investitsiya hajmini keskin ko’paytirish lozim bo’ladi. Hozirgi bosqichda mablag’lar etishmovchiligini hisobga olib, nodavlat investitsiya manbalarini topish va har tomonlama qo’llabquvvatlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar investitsiya faoliyatiga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Bunday yondashuv quyidagi qoidalardan kelib chiqadi: investitsiya jarayonini faollashtirish, investitsiya resurslarini iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish; investitsiya jarayoniga korxonalar, tashkilotlar, aholi jamg’armalarini to’laroq jalb etish va undan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda foydalanish; chet el kapitalining kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratish. Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlari markazlashgan manbalarning chegaralanganligi uchun kapital mab-lag’lardan foydalanish yo’nalishiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. Byudjet hisobidan birinchi navbatda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirish avvalo korxona va tashkilotlarning o’z vositalarini safarbar qilish va bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda. Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon hisoblanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling