Kirish Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish


Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillar


Download 143.91 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi143.91 Kb.
#1641897
1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari

Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillar
Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Xom ashyo omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof – muhit tozaligini saqlash muammolarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Yoqilg’i omili – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metallurgiya sanoatining dastlabki – cho’yan eritish (domna pechida) bosqichini joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta‘siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Issiqlik elektrostantsiyalari yoki metallurgiya zavodlari iste‘mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taalluqli (yoqilg’i quvurlarda keltirilishi iqtisodiy jihatdan ma‘qulroq) bo’ladi.
Elektr quvvati omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va qishloq xo’jaligini ham elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya‘ni elektr quvvatini jamg’arib, omborhonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak.
Ijtimoiy - iqtisodiy omillari ichida eng muhimi aholi va mehnat resurs omilidir. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash va h.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart emas, «oz bo’lsa ham soz bo’lsin» ma‘nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarida joylashtiriladi.
Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda iste‘molchi omili katta ahamiyatga ega.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste‘molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib borishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish alohida kerak bo’lgan oziq - ovqat, kiyim - kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqyosda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste‘mol omili oziq - ovqat korxonalarini o’ziga «tortadi», ya‘ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi.

Download 143.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling