Kirish Istiqbolli rеja: Psixologiyada muloqot va uning turlari 2


Download 2.11 Mb.
bet3/5
Sana13.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1701244
1   2   3   4   5
Bog'liq
Karimova Yulduz (2)

Muloqot turlari:


Shaxslararo(inson-inson)
Shaxsiy-Guruhiy(guruh-guruh)
Ommaviy kammunikatsiya(Tеlеvidеniе,radio,ro’znomalar,jurnallar)

2. Psixolog kasbiy faoliyatida muloqot va muomila madaniyatining mohiyati Muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo'lishi -subyekt o'zaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak.Kommunikator o'zi uzatgan axborotni retsipiyent qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo'layotganligini qayta axborot ma’lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muloqotda suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar psixolog patsеnt uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa psixologik muloqot yaxshi bo'lmaydi. Ayniqsa,suxbat o'tayotganda bu juda muhimdir. Radio-televideniyeda so'zlayotgan kishi teskari aloqani ololmay qiynaladi, ba’zan fikrlari chalkashib ketishi, odatdagi ohang yo'qolishi mumkin. Agar hamsuhbatni ko'rish orqali idrok etish imkoniyati bo'lmasa, qo'l barmoqlari va yuz harakati orqali bo'ladigan imo-ishoralar kam bag'allashib, harakatlar erkinligini yo'qotib qo'yadi.Patsеntning fe’l-atvorini idrok etish chog'ida olinadigan signallar shaxsning keyingi harakatlari va fikrlarini to'g'rilab borish uchun asos bo'ladi. Umuman patsеnt yoki tinglovchini idrok etish muloqot vaqtida o'zaro hamjihatlikka erishishning muhim sharti bo'lib hisoblanadi. Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi.Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o ‘zaro mosligi, bir-birini to'ldirishiga bog'liq. Mashhur amerikalik notiq,psixolog Deyl Kamegi «Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir», deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo'lishini nazarda tutgan.

3. Ta’lim muassasasida muloqot psixodiagnostikasi Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi


Tavsiya etilayotgan 16 ta savolning hammasiga ochiq ko‘ngillik bilan javob bering va ballar yig'indisini toping. Agar siz «ha» deb javob bergan bo'lsangiz 2 ball, «bilmadim» deb javob bersangiz 1 ball, «yo‘q» deb javob bersangiz 0 ball bo'ladi. 30-32 ball to’plagan bo’lsangiz u holda siz kirishimli emassiz, ya’ni muloqotga ehtiyoj sezmaysiz, bu xususiyatingizdan o'zingiz jabrlanasiz, yaqinlaringizning siz bilan muomala qilishlari murakkab. Odamlar bilan ko'proq muloqotda bo'lishga intiling. 25-29 ball to’plagan bo’lsangiz siz indamassiz, kamgapsiz, yolg'izlikni yoqtirasiz, yangi ish, yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi.Insonlar davrasida ko’proq bo’lishga harakat qiling. 19-24 ball to’plagan bo’lsangiz atrofdagilar bilan osoyishta muloqotda bo'lasiz va notanish sharoitda o'zingizga ishonasiz, odamlar bilan kelisha olasiz. Tortishuvlarda qatnashishni yoqtirmaysiz.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling