Kirish kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning


Download 202.82 Kb.
bet7/16
Sana15.06.2023
Hajmi202.82 Kb.
#1478886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
buxoro

Qo’shbegi - Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi davrida bosh vazir, amirdan keyingi oliy mansab hisoblangan. Qo’shbegiga barcha viloyatlar va bekliklarning hokimlari, beklari bo’ysungan hamda amirning poytaxtda bo’lmagan paytida u amirlikning barcha ishlarini boshqargan24. Shuningdek, Qo’shbegi Buxoro atrofidagi 11 ta tumanni (hozirgi Buxoro viloyatini) amir nomidan idora qilgan. Buxoro amirligida Qo’shbegilar 2 ta bo’lgan: “Qo’shbegiyi bolo” (yuqori Qo’shbegi) va “Qo’shbegiyi poyon” (quyi Qo’shbegi). Qo’shbegiyi bolo arkda, ya’ni baland qo’rg’onda yashagan va saroy ishlarida etakchi mavqeni egallagan. U doimiy ravishda arkda amir bilan muloqotda bo’lib turgan.
23 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.284.
24 Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174.
Qo’shbegiyi poyon – bosh zakotchi esa ark quyisidagi hovlilardan birida yashab, amirlik hududidagi butun soliq ishlarini nazorat qilib turgan. Mamlakatda favqulodda vaziyat yuz bersa yoki urushlar boshlansa har ikki lavozim birlashtirilib, “kulli Qo’shbegi” (“kull” arabcha so’z bo’lib, “barcha” degan ma’noni bildirgan) lavozimi joriy qilingan. Kulli Qo’shbegi amirlikda butun hukumat ishlarini o’z qo’lida to’plagan va shoshilinch qarorlar qabul qilgan. Buxoro amirligida Ostonaqul qo’shbegi, Nasrullo qo’shbegi kabi katta nufuzga ega Qo’shbegilar bo’lgan25.
Biy — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshlig’i, to’rasi; 2) yuqori mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga be-rilgan unvon; 3) ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon. 4) Buxoro xonligida xizmat pog’onasining 9-mansabi; amorat panoh unvoni bo’lgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham o’zida saqlab qolgan.
Dastorband (fors, dastor – salla va band – bog’lamoq) – podshoh yoki xonning sallasini o’rab qo’yadigan xizmatkor. Bu xildagi lavozim Buxoro xonligida bo’lganligi XVIII asr manbalarida qayd etilgan. Dastorban oliy hukmdorning yaqin va ishonchli a’yonlaridan hisoblangan.

Download 202.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling