Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
Download 4.06 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III – BOB. MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI BAHOLASH ALGORITMI VA DASTURI
- Noravshan mantiqiy modeli tuzish algoritmi va dasturi
- Z sonlar asosida baholash algoritmi va dasturi
- Hisoblash eksperimenti
II-bob bo‘yicha xulosa.Biz ikkinchi bobda Z - sonlаr yondаshuvini qаror qаbul qilishgа qoʼllаnilishi bo‘yicha uch qismda ushbu bobni yoritganda tadqiqot ishida Z-son orqali ifodalangan Z-qiymatli maʼlumotlar ostida qaror qabul qilish masalasini koʼrib chiqdik, bu qaror oʼzgaruvchilari bilan bogʼliq boʼlgan ehtimolliklar taqsimotlari boʼyicha mumkin boʼlishlar taqsimotini ragʼbatlantiriladi. Biz quyi bashorat sifatida qoʼshilmaydigan oʼlchovni qurish bilan bogʼlovchi va bu xususiyatdan Z-baholash muhitida foydalilik funktsiyasini qurish uchun Shoke integralidan foydalanuvchi qaror qabul qilish usulini ishlab chiqdik. Z-maʼlumotlar bilan hisoblash Z-sonlarni aylantirishga asoslanadi. Qaror qabul qilishga boʼlgan tavsiflangan yondashuv nomukammal maʼlumotlarning insonga yoʼnaltirilgan baholash bilan ustma-ust tushuvchi koʼproq darajada umumiyroq boʼlgan tuzilmani oldinga olib chiqadi. Biz taklif qilingan nazariya va uslubiyatni haqiqiy biznes masalasini hal qilishga qoʼlladik, bu uning yaroqli ekanligini isbotladi. III – BOB. MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI BAHOLASH ALGORITMI VA DASTURI Ushbu bobda dastlab noravshan mantiqiy modeli tuzish algoritmi qismida dastur modullarini yaratish, baza yaratish, hisblash va chiqarish ustida ishlangan. Ushbu bobda Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlari tumanlar kesimida shakllatirilib Z sonlar asosida baholash algoritmi va dasturi ishlab chiqildi. Mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining baholash dasturini respublikamizning viloyatlar kesimida ishlab chiqish kelgusi tadqiqotlar rejasiga qo‘yilgan. Dasturni dasturlash qismini PHP, Laravel, Framework dasturlarida yaratib, web sahifada ishga tushirib foydalanishimiz mumkin bo‘ladi. Noravshan mantiqiy modeli tuzish algoritmi va dasturi Noravshan mantiqiy modeli tuzish algoritmi qismida dastur modullarini yaratish, baza yaratish, hisblash va chiqarish ustida ishlangan. D astlab, 3.1-rasmda aynan qaysi hududlar uchun dasturning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash rejasi qo ‘yilganini ko ‘rishimiz mumkin. 3.1 – rasm. Bosh sahifa Dissertasiyada biz mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash uchun Toshken shahrini (3.2-rasm) tanladik. 3.2 – rasm. Toshkent shahrining tumanlar kesimida biz 3 ta ko ‘rsatgich bo ‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy ko ‘rsatgichlarini tanlab oldik. Bu ko’rsatgichlarni dastur imkoniyati boshqa ko ‘rsatgichlarga almashtirishi mumkin bo ‘lgani uchun biz bu ko ‘rsatgichlarni X1, X2, X3 deb tanlab oldik (3.3-rasm). 3.3-rasm. Yuqorida aytilganidek, dasturga qo ‘shimcha ko ‘rsatgichlar qo ‘shish yoki ko‘rsatghichlarni o ‘zgartirish va yangilash imkoniyati ham mavjud. 3.4-rasmda ko‘rib turganiningizdek admin bu ishni “Ma’lumot qo ‘shish” tugmasini bosish orqali amalga oshiradi. Ma’lumot qo’shish sahifasiga o ‘tilganda bu sahifada viloyat, tuman yoki shahar va ko‘rsatgichlarga ma’lumot kiritish orqali natija olishimiz mumkin. 3.4-rasm. Ma’lumot qo ‘shish sahifasi Z sonlar asosida baholash algoritmi va dasturi Dastur modullarini yaratish, baza yaratish, hisblash va chiqarish ustida amalga oshirilgan ishlardan so‘ng tumanlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining baholab chiqildi. 3.5-rasm. 3.5-rasmda belgilangan raqamlar yakunda tumanlarning ko ‘rsatgichlari bo‘yicha aniqlangan natijalari. Hisoblash eksperimenti Yakuniy natijani olishda biz Z sonlar asosida hisoblash ekperimentini o‘tkazdik. Eksperimentni 5 ta termlar (o ‘zgaruvchilar so ‘z bilan ifodalangan) orqali bajardik. Ikkinchi bobda ikkinchi jadvalda keltirilganidek past, o‘rtachadan past, o‘rtacha, o‘rtachadan yuqori va yuqori termlar bilan ifodalangan. Dasturda bu ko‘rsatgichlarni K o‘zgarmas bilan belgilab, unga 0,1,2,3,4 qiymatlarini mosladik. Ya’ni 0 past, 4 yuqori va qolgan qiymatlar shu kabi mos ravishda o‘z qiymatlariga ega. Bundan tashqari, L va R o ‘zgarmaslar ham mos ravishda 4 va 1 qiymatlariga egalar.
Download 4.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling