Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 21.03 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1594789
1   2   3
Bog'liq
kirish

Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida parmachakning Rossiyadan hamda Amerikadan keltirilgan “Djambo” va “Tornfri” navlari asos qilib olindi. Tadqiqot predmeti parmachak navlarining morfofiziologik hususiyatlari, o’sishi, rivojlanishi, mahsuldorlik ko’rsatkichlari, suv almashinuv xususiyatlari, pigmentlar miqdori va hosildorligini o’rganishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida turli tikansiz parmachak navlarining morfofiziologik xususiyatlarini o’rganishdir. Tadqiqotning vazifalari:
-Rossiyadan va Amerikadan keltirilgan tikansiz parmachakning “Djambo” va “Tornfri” navlarini dala sharoitida o’sishi, rivojlanishi va ayrim fiziologik ko’rsatkichlarini aniqlash.
-Samarqand viloyati sharoitida tikansiz parmachak navlarining o’sish va rivojlanish dinamikasini aniqlash.
-Parmachak navlarining mahsuldorlik ko’rsatkichlarini aniqlash.
-Samarqand viloyati sharoitida yetishtirilgan parmachak navlarining suv almashinuv xususiyatlarini o’rganish.
-Parmachak navlarining pigmentlar miqdorini o’rganish.
-Rossiyadan va Amerikadan keltirilgan tikansiz parmachak navlarining hosildorligini aniqlash.
Ilmiy yangiligi. Samarqand viloyati sharoitida ilk bor Rossiyadan va Amerikadan keltirilgan tikansiz parmachakning “Djambo” va “Tornfri” navlarini ayrim morfofiziologik xususiyatlari (o’sishi, rivojlanishi, suv rejimi, pigmentlar miqdori hosildorligi) nav xususiyatlariga bog’liq ravishda o’zgarishi isbotlangan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Samarqand viloyati sharoitida tikansiz parmachak navlarini yetishtirish uchun bioiqlim resurslari yetarli ekanligini inobatga olib, fiziologik ko’rsatkichlarga asoslanib to’g’ri agrotexnik tadbirlar o’tkazilganda, yuqori va sifatli mo’l hosil olish mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Parmachakning fiziologik xususiyatlariga va yetishtirish agrotexnologiyasiga oid tadqiqotlar xorijlik olimlar ( E. Bruzzese, R. P. Field 1985;J.K.Evans, M.K. Jones, F.A. Mahr, R.T. Roush 2000; Strik B.S., Finn C. E., Klark J.R. 2008 Anna Tomlik-Wyremblewska Jerzy Zielinski Marzenna Guzicka 2009; Gruner L.A. 2016; Perkins Veazie Penelope, Collins, Julie, Clark, J.r. 2019;) tomonidan o’rganilgan. Respuplikamiz olimlari tomonidan bu o’simlik hali ilmiy jihatdan o’rganilmagan.
Takidlash joizki, bu ilmiy ishlar bilan bizning sharoitimizda parmachak navlarining biologiyasi va fiziologik xususiyatlariga to’la tavsif berilmagan. Samarqand viloyati sharoitida parmachak navlarining fiziologik ko’rsatkichlari iqlim va agrotexnik sharoitlarga bog’liq holda yetarlicha tadqiqotlar amalga oshirilmagan.

Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling