4. «Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi. "Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Direkt-kosting tizimining mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Xarris tomonidan kiritilgan "direkt-kosting reja" mazmuniga asoslanadi. Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining shartliligini ko’rsatadi. Har Bir subektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy sarflarga qaratiladi. Subekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |