Kirish. Mashinali o'rgatishda o'rgatish turlari Sun’iy intellekt tarixi


Download 1.96 Mb.
bet2/5
Sana07.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1694692
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-МАВЗУ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ТИЗИМЛАРИ

Qo'llanilish sohalari

Moliya sohasi: algoritmik savdo, bozor tahlili (berilganlarning intellektual tahlili), shaxsiy moliyaviy boshqaruv, kredit havfi

Hukumat

Harbiy soha: janglarda tezkor qaror qabul qilish

Maxsus xizmatlar: feyk xabarlarni aniqlash, botlarni aniqlash

Og'ir sanoat: odam uchun havfli ishlarni bajarishda robotlardan foydalanish

Tibbiyot: tibbiy diagnostika uchun qaror qabul qilishda, tibbiyotdagi turli rasmlarni interpretatsiya qilishda, qariyalarga qarash uchun robotlar, davolash rejasini tuzishda, kasalliklarni aniqlashda, ta'limda odamsifat maneken sifatida va h.k.

Inson resurslarini boshqarish va rekruting

Onlayn va telefon orqali mijozlarni qo'llab quvvatlash

Mashhur sun'iy intellekt tizimlari

Deep Blue – IBM tomonidan yaratilgan shaxmat dasturi

AlphaGo – DeepMind (Google) tomonidan yaratilgan go o'yini dasturi

Watson – IBM tomonidan yaratilgan, tabiiy tilda berilgan savollarga javob topishga harakat qiladigan dastur, 2011 yilda Jeopardy! teleshouda (intellektual savol-javob o'yini) o'yin rekordsmenlarini mag'lub etgan

MYCIN – 1970-yillarda Stenford universitetida LISP dasturlash tilida yaratilgan ekspert tizim, bir qancha kasalliklar to'plamini tashhislash imkoniga ega tizim

O'yinlarning sun'iy intellekti – kompyuter o'yinlarida ishlatiladigan "bot"lar, asosiy vazifasi 2D yoki 3D fazoda yo'lni topish, jangarini imitatsiya qilish, iqtisodiy strategiyani hisoblash va h.k.

ChatGPT – OpenAI tomonidan yaratilgan tabiiy tildagi so'rovlarga javob bera oladigan chat-bot.

Mashinali o'rgatish

Mashinali o'rgatish – sun'iy intellekt usullari sinfi. Uning asosiy xususiyati – muammoni to'g'ridan to'g'ri hal qilish emas, balki ko'plab shunga o'xshash muammolarning yechimlarini qo'llash orqali o'rganishdir.

Bunday usullarni qurish uchun matematik statistika, sonli usullar, ehtimollar nazariyasi, graflar nazariyasi, raqamli shakldagi berilganlar bilan ishlashning turli texnikalaridan foydalaniladi.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling