Kirish: Mavzuning dolzarbligi


Download 0.68 Mb.
bet1/11
Sana29.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1309075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi asad113



Reja:
1. Kirish
2. Asosiy qism.
2.1. Soliq atamasiga nisbatan turli xil qarashlar.
2.2. Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va ob’ektiv zarurligi.
2.3. Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari.
2.4. Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari.
3. Xulosalar.

KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektivmoliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor konyukturasini boshqarishga o’ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shu bois moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq munosabatlari muhim rol o’ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki mukammal byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin bo’ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarbdir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling