Kirish mavzuning dolzaribligi
Suqrod,Piloton,Demosfen,Arestotel,pedagogik g’oyalari
Download 80.54 Kb.
|
2 5226603937963976178
1.2.Suqrod,Piloton,Demosfen,Arestotel,pedagogik g’oyalari
Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savol-javob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va xarakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1-dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavf-xatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvohlik berishicha, S. oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan. Platon, Aristotel, Demosfen Qadimgi Yunonistonning haqiqiy notiqlari sifatida. So'z - boshqalarga ta'sir qilishning eng muhim vositalaridan biri. So'z o'z-o'zini ifoda etishning kuchli vositasi, har bir xalqning shoshilinch ehtiyojidir. Lekin undan qanday foydalanish kerak? Tinglovchilarni qiziqtiradigan, ularning qarorlari va harakatlariga ta'sir qiladigan va ularni o'zingizga jalb qiladigan tarzda gapirishni qanday o'rganish kerak? Qaysi nutqni eng samarali deb hisoblash mumkin? Bunday muammolarni hal qilish uchun notiqlik bor. Notiqlik - chiroyli so'zlash, o'z fikrini ifodalash san'ati. Unda ikkita komponent muhim ahamiyatga ega: nutqning g'oyasi yoki mazmuni (chunki ritorika - bu so'z bilan ishontirish san'ati) va nutqning go'zalligi, uning shakli va uslubi (axir, ritorikani ham nutqning san'ati deb hisoblash mumkin. bezatish nutqi). U qadimgi Yunonistonning demokratik davlatlarida paydo bo'lgan, chunki u erda birinchi marta davlat siyosati va jamoat sudlari paydo bo'lgan. Biroq, notiqlik Misr, Bobil, Ossuriya va Hindistonda ma'lum bo'lgan. Antik davrda tirik so'z juda muhim edi: unga egalik qilish jamiyatda obro'ga va siyosiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishishning eng muhim yo'li edi. Demokratik qadimgi yunon davlatlari hayotida notiqlik nihoyatda muhim ahamiyatga ega edi. Yevropa ritorikasi qadimgi Yunonistonda, sofistlar maktablarida boshlangan, ularning asosiy vazifasi notiqlikni sof amaliy oʻrgatish edi; shuning uchun ularning ritorikasida uslub va grammatikaga tegishli ko'plab qoidalar mavjud edi. Hech bir qadimiy madaniyat yunoncha notiqlikka e'tibor bermaydi. Eng PLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Suqrotning shogirdi. Suqrot unga „P.“ (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. P. mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380 yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining P. akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000-yil faoliyat koʻrsatadi. Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi. P. falsafasining asosiy mohiyati — „gʻoya“ („eydos“)lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish — anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir. Ppedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3-7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada taʼlim olishi; 7-17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17-20 yoshda harbiy-gimnastik taʼlim olishi; 20-30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim olishi lozim. P. qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. toʻrtta asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshqa fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P.ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. Aflotun siyosatni emas, siyosat ishlab chiqarishni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur. P.ning estetik qarashlarida borliq, hayot "abadiy gʻoyalarning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlikni qoralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida P. taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga „ilohiy ustoz“ (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. P.dan 30 ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: „Apologiya“ (Sokratni qimoya qilish), „Kriton“ (qonunni hurmag qilish haqida), „Laxet“ (mardlik haqida), „Harmid“ (aql bilan ish qilish haqida), „Menon“ (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), „Bazm“ (eros haqida), „Fedr“ (eydoslar haqidagi taʼlimot), „Fedon“ (adolat haqida), „Davlat“ (adolat haqida), „Teetet“ (bilim haqida), „Timey“ (kosmologiya), „Qonunlar“, „Siyosatdon“, „Fileb“ va boshqa P.ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. „Davlat“ asariga Ibn Rushd, „Qonunlar“ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi „Talxisu navomisi Aflotun“ („Aflotun qonunlari mohiyati“) deb ataladi. Bu asar 1993-yil „Fozil odamlar shahri“ kitobida nashr etilga. Download 80.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling