Kirish mavzuning
Download 20.33 Kb.
|
KIRISH namuna
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida keng ko’lamli islohotlar olib borilishi natijasida har tomonlama etuk barkamol avlodni shakllantirish imkoniyati yaratildi. Bu borada mamlakatimiz birinchi Prezidenti ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratishi natijasida kadrlar tayyorlashning “milliy modeli” yaratildi. Ta’lim tizimining huquqiy asosi tubdan yangilandi. Jumladan, “Ta’lim to’g’risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi yoshlarimizni bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlar bo’lib etishishiga xizmat qilib kelmoqda. So’nggi yillarda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari xalqaro miqyosda yuqori baholanmoqda. Xususan 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori shular jumlasidandir. Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa, kelajak avlodni milliy mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga kata e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Ularni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash ta’lim - tarbiya muassasalarining asosiy vazifasidir. Ular uchun yuksak malakali o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa kadrlar tayyorlash sohasidagi ustivor vazifalardan sanaladi. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarimizning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratilganligi, shuningdek, korxona va tashkilotlarni talab va extiyojlari bo’yicha yosh pedagog kadrlar tayyorlash tizimining yo’lga qo’yilganligini alohida e’tirof etish lozim. Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar barcha fanlarning o’qitilishida bir qator vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo’ymoqda. SHu bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining o’qitilishini, kasbga yo’llash masalalarini yo’lga qo’yish uchun ham bir qancha amaliy ishlar qilinmog’i kerakligi yaqqol ko’rinmoqda. Shuni ta’kidlash o’rinliki, yuqorida aytilgan ishlarda aynan mehnat ta’limi hozirda “Texnologiya” faniga o’zgarishi va umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi, ulardan foydalanishni o’rgatishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash masalalari chuqur o’rganilmagan. SHu sababli biz mana bitiruv malakaviy ishning uslubiy tavsiyalari va ko’rsatmalaridan ijodiy foydalangan holda Texnologiya fani, 7-sinf 39-40 darslardagi “Rangli metallar va ularning qotishmalarining mexanik xossalari” hamda “Yupqa tunukalar, similar, metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari” mavzularida o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash masalalarini ushbu himoya ishida ko’rmoqchimiz. Xuddi shu narsa “ Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling