Kirish. Metall kesish stanoklarini klassifikatsiyasi. Metallarni kesib ishlash usullari
Metallarni kesib ishlash usullari
Download 0.64 Mb.
|
Sirtqi Mustaqil ta`lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Metallarni kesib ishlash usullari
Kesib ishlashda turli zagotovkalardan: quyma, pokovka va boshqalardan foydalaniladi. Zagotovkalar tegishli stanoklarda kesib ishlanadi. Stanoklar ish organlarining xarakatlari asosiy va yordamchi xarakatlarga bo'linadi. Asosiy xarakat zagotovkadan qirindi kesib olish bilan bog’liq, yordamchi harakat esa zagotovkadan qirindi kesib olish bilan borliq bo’lmagan harakatlardir. Masalan, kesuvchi asbobni zagotovkaga keltirish, uni zagotovkadan chetlatish va shu kabi harakatlar yordamchi harakatlar bo’ladi. Asosiy xarakat uz navbatida bosh xarakat bilan surish xarakatiga bo’linadi. Randalash metallarni kesib ishlashning asosiy usullari jumlasiga yo’nish, uyish, parmalash, frezalash, jilvirlash va sidirish (protyajkalash) qiradi. Yo’nish. Bu protsess tokarlik stanoklarida keskich bilan bajariladi. Yo’nish protsessida zagotovka aylanma xarakatga, keskich esa buylama yoki kundalang yunalishda ilgarilanma xarakatga keltiriladi. Bunda zagotovqaning xarakati tez sodir bo’ladi va bosh xarakat deb ataladi, keskichning xarakati esa sekinroq bo’ladi va surish xarakati deyiladi. Bosh xarakat kesish xarakati deb, bosh xarakat tezligi esa kesish tezligi deb ataladi. Randalash. Randalash protsessi kundalang randalash va buylamarandalash stanoklarida keskichlar bilan amalga oshiriladi. Randalash keskichlari, odatda, egik bo’ladi. Kundalang randalash stanoklarida asosiy xarakatni keskich, surish xarakatini esa zagotovka bajaradi, buylama-randalash stanoklarida zagotovka asosiy xarakat qilsa, keskich surish xarakatini bajaradi. O’yish. Bu protsess o`yish stanoklarida maxsus keskichlar bilan bajariladi. Bunda uyish keskichiga asosiy (ilgarilama-qaytar) xarakat, zagotovkaga esa surish xarakati beriladi. Parmalash. Bu protsess parmalash stanoklarida turli konstruktsiyadagi parmalar bilan bajariladi. Bunda bosh xarakat xam, 308 surish xarakati xam parmaga beriladi. Bosh xarakat parmaning aylanishidan. surish xarakati esa uning uz uqi yunalishida ilgarilanma xarakatidan iborat bo’ladi. Frezalash. Bu protsess frezalash stanoklarida kup tig’li asbob-freza bilan bajariladi. Bunda frezaning aylanma xarakat (bosh xarakat) bilan zagotovqaning ilgarilanma xarakati (surish xarakati) kushilishi natijasida qirindi kesib olinadi. Jilvirlash. Jilvirlash protsessi niaxsus stanoklardajilvirlash toshi bilan bajariladi. Silindrik yuzalar doiraviy jilvirlash stanoklarida, yuzalar esa tekis jilvirlash stanoklarida jilvirlanadi. Sidirish (protyajkalash).Sidirish protsessi sidirish stanoklarida tegishli profildagi protyajkalar-kup tigli asboblar vositasida bajariladi. Sidirishning ichki va sirtqi sidirish turlari bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida” gi PF-6108 Farmoni. T. 2020-yil 6-noyabr. Avazboeva O.I, Isyanov R.G, Odilboev X. Texnologiya ta’limi uslubiyatidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari. -Toshkent, TDPU. 1993. Abduqodirov G‘.M.. Kasb ta’limi praktikumi. -T.: - Sharq. -2012. www.arxiv.uz Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling