Kirish mexanik mashinalargacha bo`lgan davr
Download 245.59 Kb.
|
LINUX HAQIDA
Linux operatsion tizimini yaratilish tarixi albatta Unix operatsion tizimini yaratilishi bilan boshlangan. 60-yillarning oxirlarida Multics proekti tugatildi. Ushbu loyihada General Electrics, AT & T Bell Laboratories va Massachusets instituti xodimlari ishlashgan. Bu proekt natijasi bir nomli operatsion tizim bo‘ldi. Multics operatsion tizimi ko‘p masalali bo‘lib, o‘sha paytdagi sermahsulli fayl tizimini va foydalanuvchiga ishlashga juda ham qulay interfeys taqdim etdi. 1969 yili Ken Tompson Multics operatsion tizimining ishlab chiqaruvchilari prinsiplari asosidagi Unix operatsion tizimini ishlab chiqdi.Yangi operatsion tizimning Multics dan farqi, u mini EXMlarda ham ishlay olar edi. Shu bilan birga yangi operatsion tizim ko‘p masalali va ko‘p foydalanuvchili edi.Yaqin vaqt ichida Unix operatsion tizimi shunchalik mashhur bo‘ldiki, natijada Ken Tompson va Dennis Ritchi tizim kodini S dasturlash tilida yozishga kelishishdi. Bungacha operatsion tizim assemblerda yozilgan edi.Bu narsa operatsion tizimning juda katta mobillashuvini ta’minlab berdi, ya’ni Unix OTi deyarli barcha platformalarga dasturlashtirishsiz o‘rnatilishi mumkin edi. Faqatgina assemblerda yozilgan, uncha katta bo‘lmagan yadroni takomillashtirish kerak edi xolos. Keyinchalik Unix OTi, IBM, Novell va ko‘pginakompaniyalarda standart dastur bo‘lib qoldi. 1972 yili litsenziyani turli xil turdagi foydalanuvchilariga ommaviy sotuvi boshlandi. Shu paytdan boshlab Unix operatsion tizimi rasmiy savdog‘sotiq dasturlash mahsuloti xisoblana boshlandi. Berklidagi kaliforniya universiteti o‘zining Berkley Software Distribution (BSD) degan Unix versiyasini ishlab chiqarishdi. Bu operatsion tizim AT & T kompaniyasi ishlab chiqargan operatsion tizimning asosiy raqobatdoshi bo‘ldi. Asta-sekin boshqa kompaniyalar Kaliforniya universiteti izidan borib o‘zlarining Unix versiyalarini ishlab chiqarishdi. Masalan, 1980 yili Microsoft Xenix operatsion tizimini ishlab chiqardi. Albatta bu operatsion tizim Unix ga raqobat qila olmas edi, chunki unda bir foydalanuvchili rejim bo‘lib, ko‘p foydalanuvchili rejimni qo‘llab-quvvatlamas edi. 1982 yili AT & T kompaniyasi Unix System3 versiyasini ishlab chiqdi. Bu birinchi rasmiy Unix operatsion tizimining sotiladigan versiyasi edi. Keyingi versiya Unix System V bo‘ldi. Turli yangiliklardan tashqari bu versiya kuchli texnik tomoni bilan ajralib turar edi. BSD ishlab chiqaruvchilari o‘am qo‘l qovushtirib o‘tirishmadi. 1983 yili Kaliforniya universiteti Unix BSD 4.2. versiyasini ishlab chiqardi. Bu operatsion tizim xotirani, fayllarni, bosma ishlarini boshqarishda juda kuchli narsaga edi, yana bunda xozirda interniet tarmog‘i uchun qo‘llanadigan TCP/IP protokoli amalga oshirilgan edi. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchi firmalar BSD 4.2 versiyasini tanlashdi. Unix turli versiyalarining keng tarqalishi standart ishlab chiqarish zarurligini ko‘rsatdi. 80-yillar o‘rtalarida Unix System V va BSD Unix ajralib turdi. A Asosiy qism T & Tlabs kompaniyasi Unix System V versiyasini ishlab chiqarish xuquqini Unix System Labs ga berdi. Bu kompaniya 1991 yili System V 3, BSD 4.2, Xenix operatsion tizimlarining deyarli barcha xususiyatlarin o‘zida mujassamlashtirgan System V operatsion tizimini ishlab chiqdi. To‘rtta kompaniya, shular qatorida IBM va Hewlett-Packard ochiq dasturiy ta’minoti fondini (Open Software Foundation, OSF) yaratildi. Bu fondning maqsadi Unix ning shaxsiy versiyasini ishlab chiqish edi. 1993 yili AT & T kompaniyasi Novell kompaniyasiga Unix operatsion tizimiga bo‘lgan xuquqining bir qismini sotdi. Shundan keyin Novell kompaniyasi System V 4 versiyasi asosida Unix versiyasini ishlab chiqdi. Yangi operatsion tizim Unix Ware deb nomlandi. Operatsion tizimning rivojlanishi bilan grafik interfreys xam kuchayib bordi. 90- yillar boshlarida 2ta interfeys: Motiff va Openlook aloxida ajralib turar edi. Keyinchalik bu ikki interfeys bitta qilib birlashtirildi va Common Desktop Envionment (CDE) degan nom oldi. Unix operatsion tizimi paydo bo‘lgan paytidan boshlab apparat uskunalarga talabchan edi. Yaxshi ishlash uchun juda kuchli apparat uskunalari kerak edi. Masalan SunOS Sun korxonasi ishchilari uchun, AIX – IBM korxonasi ishchilari uchun, AUX bo‘lsa – Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqarilgan edi. Linux ning timsoli Endryu Tannebaum tomonidan ishlab chiqilgan Minix operatsion tizimi bo‘ldi. Minix operatsion tizimi real xayotda qo‘llanadigan emas, balki Unix imkoniyatlarini ko‘rsatib beradigan Unix ning kichik bir qismi edi.O‘zining Minix tuzish g‘oyasidan ilhomlangan Linus Torvalds ishni Linux operatsion tizimidan boshladi. Linux operatsion tizimi birinchi marta USENET comp.os.minix konferensiyasida muxokoma qilindi. 1991 yil 5g‘ oktyabrda Linus Torvalds Linux 0.02. versiyasini birinchi rasmiy chiqishini e’lon qildi. Bu operatsion tizimda o‘sha paytda faqat bash (Bourne Again Shell) interpretatori va gcc (GNU C compiler) ishlar edi. Asosiy e’tibor yadroni yasashga qaratilgan edi. Foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlash, tirajlar sonini ko‘paytirish va xujjatlashtirish muxokoma qilinmadi. Asta-sekin yadroni tuzishga va boshqa dasturlash ta’minotini tuzishga minglab dasturchilar butun dunyodan kelib qo‘shilishdi. Xozirgi kunda Linux katta masshtabli dasturchilar xamkorligining yagona timsoli bo‘la oladi. Linux bugungi kunda keng kulamli apparat uskunalari, TCP/IP protokolini, foydalanuvchining grafik interfeysini qo‘llab-quvvatlovchi va bu narsalar uni xuddi server yoki katta ishlash muhiti uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan Unix oilasining to‘laqonli operatsion tizimlari qatoriga kiritadi. Boshidan Linux operatsion tizimi Intel platformasidagi shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilar edi. Vaqt o‘tishi bilan ba’zi kompaniyalar o‘zlarining shaxsiy platformalari uchun Linux versiyalarini ishlab chiqishdi. Misol uchun Sun Microsystems. Ko‘p kompaniyalar o‘zlarining Linux versiyalarini ishlab chiqishdi. Asosiy qism Download 245.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling