Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Pul agregatlari va pul multiplikatoriga ta`sir etuvchi omillarning korrelyatsion-regression
Download 27.83 Kb.
|
Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqti
Kirish 1.Monetar ekspansiyasi 2 .Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 3.Pul agregatlari va pul multiplikatoriga ta`sir etuvchi omillarning korrelyatsion-regression tahlili 4.Pul agregatlari va multiplikatori xorijiy davlatlar tajribasi 5.Kelajakdagi istiqbollar va prognozlar Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul va pul muomalasi va moliya tizimining roli oshib bormoqda. Miliy pullimiz so`m va banklar barqarorligini ta`minlash iqtisodiyotni samarali tashkil qilishning asosi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasiga ahamiyat yanada kuchaydi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning maqsad va vazifalari, o’ziga xos xususiyatlari, inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish, monetar siyosatning samardorligini oshirish va hozirgi zamon monetar siyosatining dolzarb masalalarini yoritib berish, monetar siyosatning ta’sirchanligini oshirishning oqilona yo’llarini ishlab topish kabi masalalar o’rin olgan. Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashni makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi1 monetar siyosat fanini o’qitishga nisbatan talablarni yanada kuchaytirish, shu jumladan, ilg’or xorij tajribasini o’rganish va umumlashtirishga e’tiborni oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Download 27.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling