Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 455.49 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayram yakunida kuy qo’yiladi. 1.Sana
- Dars etaplari Ajratilgan vaqt
- Darsning borishi: I . Tashkiliy qism 1) salomlashish ; 4) yangiliklar ; 2) davomat
Qizlar raqs ijro etishadi
Humo qushi: - Vatanimizning eng katta boyligi sizsiz, aziz bolajonlar! Ming afsuski, Mustaqilligimizni, tinch diyorimizni ko’rolmaydigan ayrim g’animlar uchrab turgani nihoyatda achinarlidir. Bolajonlar siz doimo Vatanimizga sodiq bo’lgan holda ogoh bo’lib yashashingiz kerak. Shundan so’ng “Shu aziz Vatan barchamizniki” qo’shig’i magnitofon lentasidan taraladi. Humo qushi: Ming tasanno, aziz o’quvchilar! Men bu yerga kelib sizlarning ona-Vatanimizni qanchalik sevishlaringizni ko’rib nihoyatda xursand bo’ldim. Bayram yakunida kuy qo’yiladi. 1.Sana: ____________________ Mavzu: Kirish suhbati. Til - ijtimoiy hodisa Darsning maqsadi: a) ta`limiy: Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona tiligaga muhabbat, hurmat tuyg’usini o’stirish; d) rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usuli: Induktiv Dars metodi: Savol-javob, aqliy hujum, blits so‘rov usuli Dars jihozi :Darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.IV sinfda o`tilgan mavzular yuzasidan suhbat .Yozgi ta`til va mustaqillik haqida suhbat savol-javob tarzida 1.Yozgi ta`tilni qanday o`tkazdingiz? 2. Mustaqilligimiz sururi yurtimiz bo`ylab kezayotgan bir paytda o`zingizni qanday his qilyapsiz? 3. Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan e`tibor va imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz 4.Siz yashayotgan qishloqda mustaqillik yillarida ro`y bergan o`zgarishlarni (yangi binolar, ishlab chiqarish firmasi, xususiy do`kon) sanab bering 5. “O`zbek tili tog`risida”gi Qonun haqida nimalarni bilasiz? (1995 –yil, 21 dekabr, 24 –modda) 6. Mustaqilligimiz shiorini ingliz tilida ifodalaymiz III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq. Ertalab turib ota-onangizga, oila a'zolaringizga nima deysiz? Ular bilan gaplashayotganda qaysi tildan foydalanasiz? Ona tili deyilishi sababini izohlang. 2-topshiriq. Nima uchun Rossiyada yoki Amerikada o'zbek tilida gapla- shishmaydi? Nega rus, ingliz, nemis, arab tillarini maxsus o'rganamiz? Shu til sohiblari qayerlarda yashashini ayting. Yer yuzida tillar ko'p. Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra ularning miqdori 3000 dan ortiq. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar. Tillarning barchasi insonlar o'rtasidagi aloqa- aralashuvni ta'minlash vazifasini bajaradi. Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi. Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o'zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o'lik tildir. Siz kitoblar, kinofilmlar orqali yovvoyi hayvonlar orasida o'sgan bolalar haqida ma'lumot olgansiz. O'shanda bir narsaga e'tibor berganmisiz? Bunday bolalar hayvoniy qiliqlarga ega bo'lib, eng muhim insoniy fazilatdan - so'zlashdan mahrum edilar. Demak, til jamiyatga, ya'ni odamlarning o'zaro munosa- batga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi. Download 455.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling