Kirish Oʻzbekiston Ekologik partiyasi


Ekologiya partiyasining tashkil topishi


Download 21.22 Kb.
bet2/5
Sana10.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1257477
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya partiyasi va uning faoliyati

Ekologiya partiyasining tashkil topishi

2018 yil 14 noyabrda O‘zbekistonda Ekologik partiya tashkil etish tashabbuskorlari yig‘ilishida Tashkiliy qo‘mita tuzildi.
Eko-partiya tuzish bo‘yicha chora-tadbirlar "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi. Qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik, jamoatchilik ekologik nazorati va ekologik muammolarni hal qilish amaliyotida 2008 yildan buyon faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Ekologik harakatining tajribasini saqlab qolish va yangi siyosiy kuchga o‘tkazishga qaror qilindi.
2018 yil 1-17 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining ta’sis qurultoyiga delegatlar saylash bo‘yicha konferentsiyalar bo‘lib o‘tdi.
2019 yil 8 yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Ekologik partiyasining Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, partiyaning Dasturi, Ustavi va ramzlari tasdiqlandi va uning boshqaruv organlari saylandi.
2019 yil 22 yanvarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.
27 fevral - 4 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hududiy partiya tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha konferentsiyalar bo‘lib o‘tdi.
May-iyul oylarida viloyat va shahar konferentsiyalarida O‘zbekiston Ekologik partiyasining viloyat va shahar partiya tashkilotlari tuzildi.
2021 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, Partiya 14 ta hududiy va 206 ga yaqin tuman va shahar partiya tashkilotlaridan iborat. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari ko‘plab mahallalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlaydi.
Olti oy mobaynida 453 mingdan ziyod odam O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosiga aylandi, ulardan 46.8 foizi ayollar, 39.8 foizi yoshlardir.



O‘zbekiston Ekologik partiyasi (bundan buyon matnda - Partiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqlarini, qonuniy manfaatlarini va siyosiy irodalarini ifodalovchi umummilliy siyosiy tashkilot hisoblanadi.
Partiya atrof muhit va fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha faoliyatda ongli ravishda va mas’uliyat bilan ishtirok etadigan, umumiy qarashlarga, qiziqishlarga va mushtarak maqsadlariga ega bo‘lgan hamda mamlakatning barqaror rivojlanishi va ekologik xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha jamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi mamlakat fuqarolarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.
Partiya jamiyatning siyosiy hayotida: ijtimoiy va siyosiy tadbirlarda, saylovlarda, referendumlarda, shuningdek davlat boshqaruvida, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida ishtirok etish orqali mamlakatning hozirgi va kelgusi avlodining qulay atrof muhitga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
Partiya fuqarolarning hayoti va salomatligini yuqori sifat darajasiga erishishga, ekologik tizimlar va tabiiy resurslarni saqlashga qaratilgan O‘zbekistonning barqaror rivojlanish yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi.
Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling