Texnika xavfsizligi
Qurilishda texnika xavfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika havfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak.
Buldozer bilan ishlaganda
dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor otvali oldida odam bo‘lmasligi kerak.
to‘xtash vaqtida otval erga tushirilgan bo‘lishi kerak
30%0 dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak
qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o‘tkazmaslik kerak
otval gruntga to‘lgan yoki erga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas
otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas
yomg‘ir yog‘ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas
buldozerning osma uskunalarini o‘rnatish va echib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.
Ekskovator bilan ishlaganda
ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi
ekskovatorning o‘qi (strela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning
15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak
ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak
ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Avtogreyder bilan ishlaganda
avtogreyder daraxtlar, daraxt to‘nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas
gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari bilan yo‘l poyi cheti orasida eng kamida 1 m masofa bo‘lishi kerak
avtogreyderni baland ko‘tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joylari qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |