10. Piliklash mashinasi FT1.
FT1 - Piliklash mashinasini asosiy vazifasi olingan piltani ma’lum bir miqdorda cho‘zib va pishitib xosil bo‘lgan pilikni g‘altaklarga o‘rashdan iborat.
Konstruktiv xususiyatlari va afzalliklari.
- Mashina ekspluatatsiya xarajatlari kam va extiyot qismlar kam talab qilinadi
-cho‘zish asbobi valiklarini tozadash uchun kuchli xavo tortgichdan iborat.
-unversal osma ta’minlovchi ramka mavjudligi.
-mahsulotni butun potok bo‘yicha avtomatik nazorat qilishi.
shovqinsiz tishli tasmalar yordamida xarakat uzatish va chang o‘tkazmaydigan ishchi qismini mavjudligi.
uskunadagi ishchi qismlarni germetik saqlash va oson yechish maqsadida qo‘llanilgan katta eshik va to‘siqlardan iboratligi.
Texnik tavsifi.
Pilik chiziqiy zichligi T = 200 – 2222 teks
Urchuqlar soni 60; 72; 84; 96; 108; 120
Dastlabki cho‘zish miqdori ye = 1-1,5
Umumiy cho‘zish miqdori Ye = 4 – 20
Bobina o‘lchamlari 406 – 152 mm, 406 – 178 mm
Urchuq tezligi – 1500 min-1
Elektr energiya sarfi 5,5 kvt
Gabarit o‘lchamlari.
Uzunligi - 17760 mm
Eni - 1450 mm
11. Halqali yigirish mashinasi RST1.
RST1- Halqali yigrish mashinasining asosiy vazifasi, piliklash jarayonidan olingan pilikni cho‘zib ingichkalashtirib xosil bo‘lgan michkani pishitib, kerakli chiziqli zichlikdagi xom kalava ip ishlab chiqaradi.
Konstruktiv xususiyatlari va afzalliklari.
Marsoli firmasining pnevmatik yuklanuvchi cho‘zish asbobi, urchuqqa tangensial xarakat beruvchi energiya sarfini qisqartiruvchi tasmali uzatma va filtirlarni avtomatik tozolovchi moslamalari mavjud.
Texnik tavsifi.
Urchuqlar orasidagi masofa - 70-75 mm.
Xalqaning diametri - 40; 42; 45; 48 mm
Naychaning uzunligi - 200 – 250 mm
Ipning chiziqiy zichligi T ip = 60 – 4,2 teks
Buramlar soni K = 270-3300 bur/m
Urchuqlarning aylanish soni nurch = 20000 min-1
Elektr energiya sarfi - 11,0 kvt
Gabarit o‘lchamlari.
Uzunligi - 40588 mm
Eni - 1000/3320 mm
Do'stlaringiz bilan baham: |