Tanlangan uskunalar tasnifi.
1.Avtomatik toy titgich V12SB
V12SB avtomatik toy titgich mashinasi paxta va sun’iy tolalardan iborat 4 ta assortiment bilan ishlay oladi. Ikkita pichoqli barabandan iborat bo‘lgan mashina toy paxtadan kichik-kichik bo‘lakchalarni titib keyingi tozalash mashinasiga xavo yordamida uzatib turadi. Mashina judda sodda va xavfsizlikka ega. Mashinada xavfsiz elementiga rangli chegaragichlar bilan moslashtirilgan.
-assortimenti bo‘yicha 4 xil stavkadagi toylarni bir paytda yoki navbati bilan titib oladi va aralashtiradi.
-ishlab chiqarishga ta’sir qilmay va xom ashyoni isrof qilmay yangi assortimentga o‘tish mumkin.
Texnik xarakteristikasi.
Shtapel uzunligi 60 mm gacha b´lgan tabiiy va kimyoviy tolalarni ishlov berish mumkin.
Samaradorligi:
I - assortiment uchun - 1250 kg/s.
II – assortiment uchun - 700 kg/s.
Ajralgan bo‘lakchalarning o‘rtacha og‘irligi – 20-50 mg.
Stavka uzunligi 7,3 – 37,3 metr bir tomonga.
Elektro energiya kuvvati – 7,92 kV.
Mashina o‘lchamlari:
Uzunligi - 265000 mm.
Eni - 5140 mm.
Italiyaning «Marzoli» firmasida ishlab chiqarilgan
2. B 39 –ikki barabanli tozalagich.
B 39 – ikki barabanli tozalagich tuzilishi jixatidan judda ixcham bo‘lib tola qatlamini bir me’yorda ta’minlash qurilmasi borligi uchun paxta tolasi bo‘lakchalarini yaxshi tozalaydi.
Elektr quvvati va yer maydonini kam talab qiladi.
Mashinaga xizmat ko‘rsatish va ishlash osonligi bilan ajralib turadi.
Xar xil ifloslangan tolalar bilan ishlash mumkin.
Texnik xarakteristikasi.
Maxsuldorligi - 1250 kg/s.
Qoziqli baraban aylanish tezlgi - 600-900 min-1.
Tozalovchi baraban diametri - 700mm
Tola qatlamini maxsus ventliyator yordamida ta’minlaydi.
El energiya kuvvati – 12,0 kvt
Mashina o‘lchamlari:
Uzunligi - 2350 mm.
Eni - 1950 mm.
Balandligi – 2150mm.
Italiyaning «Marzoli» firmasida ishlab chiqarilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |