Kirish O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi


Download 19.87 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.87 Kb.
#1585618
Bog'liq
o\'zbekistonda axborot texnologiyalari





Reja

  • Kirish

  • O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi

  • AKTni rivojlantirishda O’zbekiston Prezidentining farmonlari

  • AKTni rivojlantirishda O’zbekiston Vazirlar mahkamasing qarorlari

  • Xulosa


Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalarining axborot-kamunikatsiya texnologiyalari taraqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig’iga qaramay axborot, pul va boshqa resurslarni tez yetkazib berish va almashish uchun imkoniyat yaratmoqda. Axborotlashgan iqtisodiyotga o’tish bilan bog’liq sodir bo’layotgan chuqur va tub o’zgarishlar bir qator muammo va zidiyatlarga olib kelmoqda. Bunday muammolarga jamiyat faoliyatidagi turli sohalarga oid glaballshuv va axborotlashtirish tufayli paydo bo’lgan hamda har tomonlama o’rganish va yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o’zgaruvchanligi va beqoarorligini kirgazish kerak bo’ladi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday tarif berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon bosqichida o’z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotni o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib bermoq hozirgi kunda o’ta muhim masalalardan biri. O’zbekiston 1991-yil 1-sentabrda mustqillikkka erishdi va jahonga yuz tutdi. XXI asr bu axborot texnologiyalari asridir. Mamlakatimiz mustqillika erishganidan so’ng yoshlarga katta etibor berdi. Yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan taminlashga qaratildi. Mustaqillikkdan so’ng respublikamizda axborot texnologiylariga katta etibor berildi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta etibor berildi va har-xil musobaqa, tanlovlar qilindi. Bunga misol; 2000-yil mart oyida mamlakatimizda birinchi mmarta internet festivali bo’lib otdi. O’zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirishdagi eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakillanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchi bo’lib electron hisoblash mashinasi ishga tushgan. 2001-yil “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi axborot texnologiyalari markazi barpo qilindi. Har bir davlat rivojlanishda ma’lum bir qiyinchiliklarga uchraydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantiris faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirishni talab qiladi. Bizning davlat ham ko’p davlatlar kabi axborot texnologiylarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada Yevropa, Yaponiya, va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalarida eng katta muammosi, bu kompyuter ishlab chiqarish salohiyatidir.
Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqdaO’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02 iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
Xulosa
Men o’ylaymanki, mamlakatimizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi va yuksalishi bundan keyin ham davom etadi. Keyingi o’sib kelayotgan yosh avlod mamlakatimiz berayotgan imkoniyatlardan to’liq foydalangan holda, bu ishlarni amalga oshiradi.. Biz hamma ta’lim muassalarda, instut, universitetlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini ko’rishimiz mumkin. Yoshlarga eng katta imkoniyat chet elga borib o’qish imkoniyati berildi. Mana Rossiya, AQSH, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Malaziya, Koreya xullas dunyoning ko’plab mamlakatlariga borib o’qib ta’lim olishlari mumkin. U yerlarda o’qib sehrli diyorimizga qaytib, yaxshi malakali mutaxssis bolib yetishib, davlatimizga kerakli inson bo’lib yetishlari shart. Mamlakatimiz axborot texnologiya mutaxassislari chet ellik IT-mutaxassislari bilan fikr almashib O’zbekistonga foyda keltirishlari kerak. Vatanimizda axborot texnologiyalarini o’zimiz ishlab chiqarib, mamlakatimizda birinchi o’rinda shu ishlarni yo’lga qo’yishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar


Internet saytlar

  • www.hozir.org

  • www.uz.infocom.uz

  • www.pdf_kitoblar.uz

  • www.stat.uz

Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling