Kirish O’zbekistonda xalqaro moliya institutlarininng iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya institutlarininng tutgan o’rni. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya institutlarining roli va
O’zbekistonda xalqaro moliya institutlarininng iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 162.7 Kb.
|
O’zbekistonda xalqaro moliya nstitutlari bilan moliyaviy munosabatlarini rivojlanish masalalari
1. O’zbekistonda xalqaro moliya institutlarininng iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 1. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: moliyaviy bitimlar, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar, loyiha bitimlari, subsidiar bitimlar, huquq va talablarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, xat-bitimlar va boshqa bitimlarni (keyingi o‘rinlarda loyihalar bo‘yicha bitimlar deb yuritiladi) imzolagan vazirliklar va idoralar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ushbu qarorda belgilangan tartibda loyiha bo‘yicha bitimlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar va tuzatishlarni imzolash vakolatiga ega; kuchga kirishi uchun yuridik xulosalar berilishi shart bo‘lgan loyihalar yuzasidan imzolangan bitimlar, shuningdek, davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bitimlar va kafolatlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda XMI/XHMT deb yuritiladi) uchun maqbul shaklda Adliya vazirligi tomonidan beriladi; XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalari olib qo‘yilganda, uylar, boshqa imoratlar, inshootlar buzilganda yoki daraxtlar kesilganda tovon to‘lash, agar bu loyihalar bo‘yicha bitimlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT talablariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi; XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga ozod etiladi; XMI tomonidan pulli konsultativ xizmatlar ko‘rsatilgan xollarda, ushbu moliya institutlari mazkur xizmatlarni yagona yetkazib beruvchilar hisoblanadi va ular bilan maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuziladi.2 3. Belgilansinki: XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda amalga oshiriladi; XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddatini uzaytirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat boji undirilmagan holda amalga oshiriladi. 4. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiya (B. Mavlonov) quyidagilarni nazarda tutsin: a) XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish davrida va kafolat muddatida: XMI/XHMT mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etishni; b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari, loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklarning o‘z mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalariga tatbiq etishni. Imtiyozlar berish natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasi ekanligi belgilansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin. Xalqaro moliya institutlari – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi. Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni kelitirish mumkin: bitta mamlakat xududidan chiqmaydi; xorijiy sub’ektlarni jalb qilmaydi; milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi; mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o’zida ifodalaydi. Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga: iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning fondlari bo’lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi. institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga oshiriladi. iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko’rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini o’z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: taqsimlash funktsiyasi; nazorat funktsiyasi; takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog’liq tartibga solish funktsiyasi; barqarorlashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiya jahon xo’jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo’ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat: Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari. Xalqaro mehnat taqsimoti. Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti; Xalqaro moliya munosabatlarining ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo’jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko’rsatadi. Download 162.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling