Kirish: Oʻzbekning soʻz mulkidagi quyoshi Navoiy


Download 14.1 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi14.1 Kb.
#1772552
Bog'liq
Navoiy sarchash-WPS Office


Navoiy sarchashmasi.
Reja
Kirish: Oʻzbekning soʻz mulkidagi quyoshi - Navoiy.
Asosiy qism:
1 Vatan koʻksidagi hikmat Navoiy.
2 Jahonga tanilgan sheʼriyat mulkining sultoni
3 Alisher Navoiy millatlararo madaniyat elchisi.
4 Oʻzbek tilin dunyolarga tanitgan ul zot.
Xulosa. Navoiy merosi - kelajak avlod uchun beqiyos maʼnaviy xazinadir.
Inson qalbining quvonchu qayg`usini,
ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek
teran ifoda etgann shoir jahon adabiyoti
tarixida kamdan-kam topiladi.
( I.A.Karimov)
Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon. Ushbu ummonga qancha chuqur shoʻngʻisangiz, shuncha koʻp inju terasiz. Inson qalbining quvonchu qaygʻusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi desam adashmayman. Insoniy ishq- muhabbatni , mehr, vafo,iffat, sharmu hayo va nazokatni yonib , hassoslik kuylagan Navoiyning goʻzal satrlarini oʻqiganda buyuk va olijanob qalb sadolarini sezib,his qilib turamiz.Bu yurak tugʻyonlari ,mana,oradan besh yarim asrdan ziyod vaqt oʻtsa hamki, millionlab odamlarni hayojonga solib kelmoqda.- Har millat manglayida bitta quyosh bo‘ladi. O‘zbekning so‘z mulkidagi quyoshi – Alisher Navoiy.Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “shams ul-millat”,-millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy tilning mavqeini ko‘tarish, turkiy adabiyotning imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mastahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosibdirlar.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.Alisher Navoiy Hayoti va Ijodi shoir yozuvchi davlat arbobi hokim vazir muhrdor adib ijodkor maslahatchi olim 09 Feb 1441, Hirot da tavallud topgan 03 Jan 1501, Hirot da vafot etgan 38552 marta ko'rildi Alisher Navoiy asarlari: Barcha asarlari Qit'alari Tuyuqlari Fardlari Xos ruboiylari Taronai ruboiylari Yakpora g'azallari Voqeaband g'azallari Musalsal g'azallari Parokanda g'azallari Dostonlari Hikoyatlari Devonlari i Qisqacha: Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. 1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga ta'alluqli 15 ta ma’lumotlarni taqdim qilamiz: Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar. 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan. Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan. Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan. Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan. Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan. Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan. Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi. Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi. Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi. 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozadi (“hilol” – yangi chiqqan oy). Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan. Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi.Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan. To'liq: Alisher Navoiy (taxallusi; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot — 1501.3.1) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan.Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy janrlardan g‘azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373 muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli 1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus «Mufradot» asarini yaratdi. Alisher Navoiyda o‘zbek tilida «Xamsa» — besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini 1483—85 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.
Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. 1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi.
Keyingi yillarda yangilanayotgan hayotimiz, Vatanimiz ravnaqi aholining farovon turmushi, yangi bunyodkorliklarda namoyon boʻlayotganligi maʼnaviyat, adabiyot, sanʼat olamida yorqin iz qoldirmoqda. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak” deb alohida taʼkidlab oʻtgani bejiz emas. Biz buni Hazrat Alisher Navoiyning 582-yilligi nishonlanayotgan kunlarda chuqur his qilmoqdamiz.
Vatan koʻksidagi hikmat Navoiy
Yangrar yurtim uzra tarix sadosi,
Sher mulkining oltin, mumtoz avosi,
Mehru muhabbatning tengsiz vafosi
Gʻazallar Sultoni hazrat Navoiy,
Vatan koʻksidagi hikmat Navoiy.
Bugun yurtim dunyo ostonasidir.
Koʻnglingiz sheʼriyat koshonasidir.
Har satr soʻz mulkin durdonasidir.
Gʻazallar Sultoni hazrat Navoiy,
Vatan koʻksidagi hikmat Navoiy.
Men Alisher Navoiy kabi buyuk madaniyat elchilari tushunchasi toʻgʻrisida oʻz fikrlarim bilan boʻlishmoqchiman. Nega men Navoiyni millatlararo madaniyat elchisi deyapman . Madaniyat elchilari jismonan mavjud boʻlmasligi mumkin, yaʼni ular oʻtgan asrlarda yashagan boʻlishi mumkin. Ammo ularning ruhi, fikrlari, xotiralari va asarlari xalqlarning ongida qoladi. Navoiy Oʻzbekiston, Eron, Afgʻoniston, Tojikiston va mintaqamizning boshqa xalqlari oʻrtasidagi madaniyat elchisi hisoblanadi va ular tomonidan ardoqlanadi. Buyuk shoir turkiy va forsiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalarni oʻzining ushbu tillardagi turli gʻazal, sheʼr va asarlari orqali mustahkamlashga va rivojlantirishga muvaffaq boʻlgan.Shuning uchun, Alisher Navoiyni abadiyatga yoʻgʻrilgan millatlararo madaniyat elchisi desam, hech mubolagʻa boʻlmaydi.Alisher Navoiyning boy ijodiy meʼrosini chuqur oʻrganish va uni qayta nashr etish hamda mutaffakirning ilmiy hayoti va ijodini oʻrganish boʻyicha markazlarni butun mintaqamiz boʻylab ochish mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi, deb oʻylaman.Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat oʻzbek xalqi, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, oʻzbek tilining beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning oʻlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz mustaqilligidan soʻng Navoiy shaxsiyati, uning asarlariga boʻlgan ehtirom yanada yuksaldi. Alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov istiqlolimizning ilk yilini “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qildilar, poytaxtimizda qad rostlagan Milliy bogʻ Navoiy nomi bilan ataldi. Shunisi eʼtiborliki, Birinchi Prezidentimiz umrining soʻnggi oylarida Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etib, unga Alisher Navoiy nomini berdi. Bu yana bir karra Buyuk Yoʻlboshchimiz qalbida Alisher Navoiyga boʻlgan farzandlik muhabbati kuchli boʻlganidan, ul zotning xalqimiz maʼnaviy hayotida tutgan bemisl ahamiyatini yuksak qadrlaganidan darak beradi. Navoiyning ulugʻ shoirligi, buyuk reformator ekani, insoniyat tarixidagi eng faol va ayni paytda, kurrai zaminning juda katta qismini vatan tutgan turkiy tilli xalqlarning madaniyati va maʼnaviyati rivojiga beqiyos taʼsir koʻrsatgan millatparvar valiulloh zotlardan biri ekanini bugun butun dunyo tan olmoqda. Buyuk so'z ustasi Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilini dunyoga tanitib qolmasdan, balki beqiyos so'z ustasi bo'lgani uchun ham jahon adabiyotining tengsiz namoyandasidir . Olamda turkiy yoki forsiy tilda so'zlovchi biron - bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa .
Yosh avlod tarbiyasida Navoiyning o'lmas merosi muhim o'rin tutadi. Hozir ba'zi yoshlar orasida jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik singari illatlarning kuzatilayotgani malum darajada Navoiydan uzoqlashganimizning achchiq mevasidir. Bunday muammolarga barham berish uchun Navoiy hikmatlarini yosh avlod ongiga bolalikdan singdirib borish kerak. Navoiyni tushunish, tushuntirish uchun uni sevish, sevdirish lozim. Menimcha, yosh avlod qalbida Vatanga, millatga muhabbatni shakllantirishda ham Navoiy asarlarining o'rni katta.

Alisher Navoiy asarlarining maʼno va mazmunini teran anglab yeting, u bilan faxr-iftixor eting.Boshingizni baland koʻtaring, zero , biz shunday buyuk zotning avlodlarimiz . Bugun Oʻzbek adabiyotining, goʻzallik va nafosatning tugʻulgan kuni 582 yilligi.Alisher Navoiyning tarix va bashariyat oldidagi ulug` xizmatlaridan biri shundaki, u adolat tuyg`usini har bir inson, har qaysi xalq va millat intilib yashaydigan oliy mezon darajasiga ko`tardi, odamzodni hayotda adolatni qaror toptirishga, uni asrab-avaylashga chorlab o`tdi.Navoiy hazratlarining tom ma'noda xalqparvar shaxs bo`lgani, uning o`lmas g`oyalari bugungi kunlarimiz uchun ham bag`oyat hamohang va ibratli ekani, ayniqsa, ahamiyatlidir. Alisher Navoiy xalqimizning ong va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning gʻururi, shaʼnu sharafini dunyoga tarannum qilgan oʻlmas soʻz sanʼatkoridir. Agar bu zotni avliyo desak, u — avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak — mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak — shoirlarning sultonidir.Ona tiliga muhabbat, uni ulugʻlash, beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygʻusi ham bizning ongu tafakkurimizga, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kelgan. Hazrat Navoiy shunday buyuk zot ekan, uning tafakkur durdonalari boʻlmish boqiy asarlari zamonlar osha yashab kelayotgan ekan, bu ulugʻ merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik koʻp bahramand etsak, maʼnaviyatni yuksaklikka koʻtarishda, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli maʼrifiy qurolga ega boʻlamiz".
Download 14.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling