Kirish Psilomelan
Download 1.53 Mb.
|
Psilomelan ,brusit ,silvanit.
Psilomelan (yun. psilos — yalangʻoch, silliq, melos — qora) — mineral, marganetsning murakkab gidrooksidi. Unga yashirin kristalli va kollomorf shakldagi murakkab tarkibli gidro-oksidlar xos. MpO va MpO2 nisbati oksidlanish darajasiga qarab keng institutervalda oʻzgaradi. Asl P. [(Va, N2O)2 Mp5O10], kriptomelan [K2Mp8O16], gollandit [Va2Mp8O|6], koronadit [Pb2MngOl(j] va boshqalardan tarkib topgan. Bu minerallar xossalari boʻyicha bir-biriga juda yaqin. Asl P. chigʻanoqsimon sinadi, rangi tim kora, baʼzan qoʻngʻir qora. Qattiqligi 5—6. Zichligi 4000– 4710 kg/m³. Moʻrt. P. nuraganda oksidla-nadi va degidratatsiyalanadi. Bunda kora qurum shaklidagi pirolyuzit hosil boʻladi. Oksidlanish zonalarida, nurash qobiklarida hamda choʻkindi foydali qazilmalar konlarida uchraydi. Sinonimi — romaneshit. Zakavkazye va Ukrainada yirik konlari bor
Brusit (amerikalik mineralog A. Brus nomidan) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi Mg(OH)2. Magniy qisman Gʻeg+ yoki Mp2+ (ferro va manganobrusitlar) bilan almashishi mumkin. Trigonal sistemada kristallanadi, rangi oq, yashil, koʻk va qoʻngʻir (kamdankam havorang). Gugurt qutisisimon, ignasimon kristallar va varaqsimon, tolasimon agregatlar. Qatgiqligi 2,5; s. ogʻ. 2,4. Tolasimon B. nemalit deb ataladi. Metamorfizmga uchragan ohaktoshlar va dolomitlar tarkibidagi periklazni oʻzgarishidan vujudga keladi. Serpentinit massivlari va marmarlashgan dolomit va ohaktoshlarda uchraydi. Magniy olish uchun xom ashyo, keramika va qogʻoz sanoatida, oʻtga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Kavkaz, Sibir), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Italiya va boshqa joylarda konlari topilgan. Oʻzbekistonda Olmaliq, Kumushkon, Surenota, Zirabuloq, Quljuqtov, Sulton Uvays togʻlarida uchraydi. Silvinit (yun. silvinite) — tuzli choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibi silvin (50—75%), galit (25—50%), qisman angidrit va gildan iborat. Rangi — oq, qizgʻishqoʻngʻir va qizil. S.kesmada silvin, galit va gilli angidritlarning almashinib yotgan yupqa qatlamidan iborat. Arid iqgtim sharoitida sayoz dengiz, laguna va koʻllarda shoʻr suvdan kimyoviy choʻkish orqali hosil boʻladi. S. kaliyli mineral oʻgʻit i.ch.da muhim xom ashyodir. Undan tibbiyot, atirupa i.ch.da, fotografiya va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Oʻzbekiston janubida Tyubegatan va Xoʻjaikon konlarida S. yura davri yotqiziklarida tarkalgan. Tyubegatan konida S. gorizontining oʻrtacha qalinligi 4,5 m, KS1 ning miqdori 36,9% va zaxirasi 400 mln. t. Xoʻjaikonda S. Koʻhitangtogʻning sharqiy etaklarida uz. 25 km, eni 900 m va nisbiy bal. 200 m li tuzli togʻ hosil qilgan. Sanoat ahamiyatiga ega gorizontlarda KS1 ning oʻrtacha miqdori 28—33%. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Germaniya, AQSH, XXR va boshqa mamlakatlarda S. konlari bor. Ohaktosh, Qum ,Brekchiya Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling