Kirish Qishloq xo’jaligini tutgan o’rni
Fermer va dehqon xo’jaligining tashkiliy iqtisodiy asoslari
Download 0.54 Mb.
|
O\'zbekistonda fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish vazifalari
2. Fermer va dehqon xo’jaligining tashkiliy iqtisodiy asoslari2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish maqsadida: 1. Quyidagilar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning hozirgi bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; ikkinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish; uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish; to‘rtinchidan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish; beshinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish; oltinchidan, “Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish; yettinchidan, yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarining mehnat munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga hududlarda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sharoitlari og‘ir bo‘lgan tumanlarda, ekin ekish ahvolini har oyda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan o‘rganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida amaliy choralar ko‘rish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligining xalq deputatlari tuman Kengashlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilinishi ahvolini doimiy ravishda senatorlar tomonidan o‘rganish xamda xar chorakda Oliy Majlis Senatining majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish yuklatildi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, , fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda 2018-yil 1-oktabrga qadar barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning yagona reyestrini shakllantirsin; _______________ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son) 4. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining 2018 — 2021-yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini hamda, xalq deputatlari viloyat kengashlarida tasdiqlanishini ta’minlasin, shuningdek hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligining boshqa muhim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari loyihalarini kiritsin; uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishda, ayniqsa paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashtirishda bozor infratuzilmalarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlari xamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek sohada mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin. 6. Dehqonchilik madaniyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan va ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishgan fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalariga taqdim etiladigan “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etish. Shu jumladan fermerlar bilan tayyorlovchi, ta`minot va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar o`rtasidagi shartnomaviy munosabatlarda jami 156 223 ta xato va kamchiliklar aniqlangan.Fermer erdan foydalanishining huquqiy asosi yer ijara shartnomasida belgilanadi. Monitoringda 565 ta holatda fermerlar bilan er ijara shartnomasi tuzilmaganligi, 794 ta holatda er ijara shartnomasining nusxasi fermerlarga berilmaganligi aniqlangan. Dehqonchilik mahsulotlari ulushi tuman(shahar)lar kesimida Yer ijara shartnomasi tuzilmasa, hokimliklarga qo`l keladi, ular istalgan vaqtda fermerdan yerni olib qo`yishi yoki yerdan foydalanish fermerga istalgan qo`shimcha talabni qo`yishi mumkin, natijada fermer mas`ullar xatti-harakati yuzasidan sudga shikoyat qilishda muammoga duch keladi. Fermer mahsulotni sotish bo`yicha kontraktasiya shartnomasi, faoliyati uchun zarur o`g`it, yoqilg`i, o`simliklar himoyasi vositalarini va boshqa mahsulotlarni harid qilish, kredit, mexanizasiya kabi xizmatlardan foydalanish bo`yicha 20 dan ortiq korxona, tashkilotlar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Ushbu shartnomalar o`z vaqtida va taraflar uchun teng shartlarda tuzilsa, munosabatlarda huquqiy aniqlik va o`zaro manfaatli hamkorlik ta`minlanadi. Lekin o`rganishlar ko`pchilik holatlarda tayyorlovchi, ta`minotchi va xizmat ko`rsatuvchi korxonalar o`zlarining monopol mavqeidan foydalanib, ayrim hollarda esa davlat organlarining aralashuvi bilan shartnomaviy munosabatlarda fermerlar manfaatlariga zid xatti-harakatlar qilayotganligini ko`rsatmoqda. Xususan, dastlabki o`tkazilgan o`rganishlarda tayyorlovchi, ta`minotchi va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan fermerlar o`rtasidagi shartnomalar 34 861 ta holatlarda kechikib tuzilganligi, 48 396 ta shartnoma hududiy qishloq xo`jaligi bo`limlaridan ro`yxatdan o`tmaganligi aniqlangan. Masalan, Shahrisabz tumanida 2021 yilda 137 tonna pilla sotish bo`yicha tuzilgan 456 ta shartnomalar tuman qishloq xo`jaligi bo`limidan ro`yxatdan o`tmagan. Ma`lumki, ro`yxatdan o`tmagan shartnomani istalgancha o`zgartirish va unga tuzatishlar kiritish mumkin yoki uni davlat organi tomonidan monitoring qilish imkoniyati bo`lmaydi. Albatta, bunday o`zgartirishlar fermer foydasiga bo`lmasligi aniq. Shuningdek, monopol mavqeidan foydalanib fermerlar etishtirgan mahsulotlar 7 531 ta holatda kontraktasiya shartnomasi tuzmasdan olib ketilgan. Masalan, Xatirchi tumanidagi “DYNAMIC ELEKTRONICS” MChJ klasteri tomonidan “Baxtiyor Ergash bog`i”, “Xurshid-94”, “Sayyod”, “Davron Farxod muxosibi” kabi 17 ta fermer xo`jaliklaridan g`alla xarid shartnomasi tuzilmasdan qabul qilingan. “Buxoro agroklaster” MChJ klasteri tomonidan Kogon tumanida 13 ta holatda bo`sh, to`ldirilmagan shartnoma imzolatib, ularning bir nusxasi fermerlarga taqdim qilinmasdan, etishirilgan g`alla olib ketilgan. Respublika bo`yicha 24 mingdan ortiq fermer xo`jaliklariga 180 mlrd. so`mdan ortiq mablag`lar o`z vaqtida to`lab berilmagan. Jumladan, fermerlardan paxta to`qimachilik klasterlari 39 mlrd. so`m, “Qishloqxo`jalikkimyo” AJ korxonalari 36 mlrd. so`m, g`allachilik klasterlari 34 mlrd. so`m, don korxonalari 27,6 mlrd. so`m, neft korxonalari 17 mlrd. so`m qarzdor. G`allachilik klasterlarining Toshkent viloyatidagi 859 ta fermer xo`jaliklariga 12 mlrd. so`m, Muborak tumanida 4,2 mlrd. so`m, Angor tumanida 3,9 mlrd. so`m, Kasbi tumanida 3,7 mlrd. so`mlik etkazib berilgan g`alla pullari to`lab berilmagan. Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda va zaxira erlarda tashkil etiladi.Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi bilan belgilanadi.Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat er uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi. Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi - qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir; Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan yuritiladi; Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin;Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Fermer xo‘jaligida mehnat munosabatlari, ya’ni, xodimlarni ishga olish, ularga ish haqi to‘lash, ijtimoiy himoya qilish masalalariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi rahbari mas’ul hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi ijara shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi. Xabarlarga ko‘ra, o‘zbek dehkonlari joylarda yerlarni ijaraga olishdan bosh tortishmoqda. Sabab hukumatning fermer xo‘jaliklarini yiriklashtirish kampaniyasi chog‘ida ko‘pchilikning yerga egalik huquqlari poymol etilgani va fermerlarga o‘tkazilayotgan tazyiqlar ekani aytiladi. Fermerning aytishicha, qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarini yashirish uchun mahalliy hokimiyatlar dehqonlarga zo‘ravonlik qilishadi. "Paxtaga, bug‘doyga mo‘ljallangan fermer xo‘jaliklari juda yirik - 150-200 gektarlab yerlari bor. Meva-sabzavotda esa 30-40 gektardan oshiq yerlarni eplash juda qiyin bolgan. Unga ko‘ra, 2008 yilda chiqarilgan fermer xo‘jaliklarini kattalashtirish borasidagi prezident farmoni O‘zbekistondagi dehqonchilik sharoitlarini hisobga olmagan.Xo‘jaliklarni haddan tashqari kengaytirib yuborishgan. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish orqali belgilangan tartibda o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasi bilan ma’lum muddatga ijaraga berishi mumkin. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzulmasini rivojlantirish boyicha amalga oshirilayotgan chora - tadbirlar. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2020-2024-yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.Loyihada Oʻzbekistonning Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablagʻ olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Loyiha Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki (OIIB) moliyaviy koʻmagida amalga oshirilib, Jahon Banki 100 mln AQSH dollari va Osiyo Infratuzilma Investitsiyalari Banki 82 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻi ajratganlar. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mazkur maqsadda 1,6 mln AQSH dollari ajratilgan boʻlib, loyihaning jami qiymati 183,6 million AQSH dollarini tashkil etadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling