Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi
OQOVA SUVLARNI TOZALASHNING FIZIK-KIMYOVIY
Download 34 Kb.
|
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Koagullash va flokullash
OQOVA SUVLARNI TOZALASHNING FIZIK-KIMYOVIY
USULLARI Oqova suvlarni fizik-kim yoviy tozalashga koagullash, flokullash, adsorblash, ion-almashinish, ekstraklash, rektifiklash, bug‘latish, distillash, qaytar osmos, ultrafiltrlash, kristallash, desorblash kabi usullar kiradi. Bu usullar oqova suvlar tarkibidagi mayda dispers zarrachalardan (qattiq va suyuq), erigan gazlardan, mineral va organik moddalardan tozalashda qo‘llaniladi. Fizikkimyoviy usullarni qo'llash biokimyoviy usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: 1. Oqova suv tarkibidagi zaharli biokimyoviy oksidlanmaydigan organik ifloslantiruvchilarni yo‘qotish mumkin. 2. Ancha chuqur va barqaror darajada tozalashga erishiladi. 3. Qurilmalar oicham i kichik. 4. Bosimlar o'zgarishigata’sirchanligi kam. 5. To‘liq avtomatlashtirish mumkin. 6. Ba’zijarayonlarning kinetikasi chuqur o‘rganilgan, modellashtirish, matematik izohlash va optimallashtirish imkoniyati bor. 7. Turli moddalarni rekupirlash imkoni bor. Oqova suvlarni tozalashda sanitariya va texnologiya talablariga amal qilgan holda usul tanlanadi. Bunda oqova suvning miqdori, ifloslovchi moddalarning konsentratsiyasi, moddiy va energetik resurslarning mavjudligi va jarayonning foydaliligi hisobga olinadi. 3.1. Koagullash va flokullash Koagullash. Bu jarayonda dispers zarrachalar o ‘zaro ta ’sirlashishi natijasida yiriklashadi va agregatlar hosil qilib birikadi. Bu usuldan mayda dispers iflosliklardan va emulgirlangan moddalardan tozalashda foydalaniladi. Usul suvdan 1—100 mkm oMchamli kolloid dispers zarrachalarni ajratib olishda yaxshi samara beradi. Koagullash jarayoni kimyoviy va fizikaviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi. Oqova suvlarni koagullash uchun unga maxsus moddalar — koagulantlar qo‘shiladi. Koagulantlar suvda og‘irlik kuchi ta’sirida tez cho‘kadigan metall gidroksidlari iviqlarini hosil qiladi. Iviqlar muallaq va kolloid zarrachalarni tutib, ularni agregatlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kolloid zarrachalar (—) manfiy, koagulant iviqlari (+) musbat zaryadga ega bolganligi uchun ular o‘rtasida o‘zaro tortishish kuchi vujudga keladi. Kolloid zarrachalar uchun zarracha yuzasida ikkilamchi elektr qavatning hosil boiishi xosdir. Ikkilamchi qavatning bir qismi fazalar ayirmasi yuzasida joylashadi, ikkinchi qismi esa ionlar bulutini hosil qiladi. Ikkilamchi qavatning bir qismi qo‘zg‘almas, boshqa qismi qo‘zg‘aluvchan (diffuziya qatlami) boiadi. Qatlamning qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas qismlari orasidagi potensiallar farqi E, — dzeta potensial termodinamik potensial £ g a hamda qo‘shaloq qatlam qalinligiga bogiiq. Uning miqdori zarrachalar itarilishining elektrostatik kuchi kattaligini ifodalaydi. Kolloid zarrachalarni koagullashga uchratish uchun ularni dzeta potensialining musbat zaryadiga ionlarni qo‘shish bilan kritik qiymatgacha kamaytirish zarur. Koagullash jarayonining samaradorligi koagulant ionining valentligiga bogiiq. Valentlik katta bolsa, koagulantning ta’siri yuqori boiadi. Koagullash jarayoni boshlanishi uchun zarrachalar bir-biriga kimyoviy boglanish va tortishish kuchi ta’sir qila oladigan darajada yaqinlashishi kerak. Zarralarning yaqinlashi broun yoki suv oqimining laminar va turbulent harakati natijasida amalga oshadi. Koagulantlarning gidrolizlanishi va iviqlar hosil b o iish i quyidagi bosqichlarda boradi: M e2+ + H O H <=> M e(O H )2+ + H + M e(O H )2+ + H O H <=> M e(O H )^ + H + M e(O H )j + H O H & M e(O H )3 + H + M e3+ + H O H <=* M e(O H )3 + 3H+ Gidroliz jarayoni bir oz murrakabroq boradi. Metall ioni gidrooksid ioni va polimerlash reaksiyalari natijasida barqaror oraliq birikmalar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan birikma musbat zaryadli bo‘lib, manfiy zarayadlangan kolloid zarrachalar bilan yengil adsorbsilanadi. Koagulant sifatida ko‘pincha aluminiy, temir tuzlari yoki ularning aralashmalari ishlatiladi. Koagulant tanlash uning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari va narxi, zarrachalarning suvdagi konsentratsiyasi, pH va suvdagi tuz tarkibiga bog‘liq. Koagulant sifatida aluminiy sulfat A12(S 0 4)3- 18H20 ; natriy aluminat NaA102; aluminiy gidroksoxlorid A12(0 H )5C1; aluminiykaliy va aluminiy-ammoniyning tetraksosulfatlari [alumokaliyli achchiqtosh — K A I(S04)2- 12H20 va ammiakli achchiqtosh N H 4A1(S04)2' 12H20 ] ishlatiladi. Bu koagulantlardan eng ko‘p qo‘llaniladigani aluminiy sulfat bo‘lib, u pH =5—7,5 oraliqda samarali hisoblanadi. U suvda yaxshi eriydi va narxi ham qimmat emas. Uni quruq holda yoki 50% li eritma holatida qo‘llasa boladi. Koagullash jarayonida u gidrokarbonatlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi: Al2(S 0 4)3+ 3 C a (H C 0 3)2 *=± 2A1(0H)3 4 + 3 C a S 0 4+ 6 C 0 2 . Natriy aluminat quruq holatda yoki 45% li eritma holatida qo^laniladi. U ishqoriy reagent hisoblanib, pH =9,3—9,8 da tez cho‘kuvchi iviqlar hosil qiladi. Ortiqcha ishqoriylikni neytrallash uchun kislota yoki tarkibida C 0 2 bo‘lgan tutun gazlari ishlatiladi: 2NaA102+ C 0 2+ 3 H 20 ?=> A l(0 H )3+ N a 2C 0 3 . Ko‘pgina hollarda (10:1) — (20:1) nisbatdagi NaA102+Al2(S 0 4)3 aralashmasi qo'llaniladi: 6NaA102 + A12(S 0 4)3 + 12HzO 8A 1(0H )3 + 3N a2S 0 4 Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling