Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi


Download 34 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1584790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon

3.4. Ion-almashinish
Ion-almashinish usuli oqova suvlarni metall ionlaridan (mx,
mis, xrom, qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy, vanadiy, marganes, nikel
va boshq.), shuningdek, mishyak, fosfor va sian birikmalari,
radioaktiv moddalardan tozalashda qoilaniladi. Bu usul suv
tarkibidan qimmatbaho moddalarni rekuperatsiya qilib, uni yuqori darajada tozalash imkonini beradi. Suvni tayyorlash jarayonida uni
tuzsizlantirishda ion-almashinish usuli keng tarqalgan.
Ion-almashinish deganda, qattiq fazaning eritma bilan
reaksiyaga kirishishi natijasida qattiq faza ionlarining eritmadagi
ionlar bilan almashinishi tushuniladi. Qattiq fazani tashkil etuvchi
moddalar ionitlar deyiladi. Ular amalda suvda erimaydi.
Elektrolit eritmalaridan qoniqarli ionlarni yutuvchilar —
kationitlar, qoniqarsiz ionlarni yutuvchilar anionitlar deyiladi.
Birinchisi kislotali, ikkinchisi esa asosli xususiyatga ega. Agar
ionitlar ham, kationlar ham anionlar bilan almashinsa, ular
amfolit deb ataladi.
Ionlarni yutish qobiliyati yutiluvchi massa birligining yoki
ionit sig‘imining ionlar ekvivalent soni bilan aniqlanadigan almashinish sig‘imi bilan ifodalanadi. Almashinishning to‘liq, statik va
dinamik turlari mavjud.
To‘liq almashinish sig‘imi — hajm birligining yoki ionit
massasining to‘liq to‘yinishida yutuvchi moddaning miqdoriga
aytiladi.
Statik almashinish sig‘imi — berilgan ish sharoitidagi muvozanatda ionitning almashinish sig'imiga aytiladi. Odatda statik
almashinish sig‘imi to‘liq almashinuv sig‘imiga nisbatan past
ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Dinamik almashinish sig‘imi deb — filtrlash sharoitida
aniqlanadigan ionlarning filtratda «sakrash» holatigacha bo‘lgan
ionit sig‘imiga aytiladi. Bu sig'im statik sig'imga nisbatan kamroq
Ion-almashinish jarayonining mohiyati. Ion-almashinish
reaksiyasi quyidagicha boradi:
kationit bilan ta’sirlashganda: RSO3H + NaCl ?=± R S03Na + HC1
anionit bilan ta’sirlashganda ROH + NaCl RC1 + NaOH.
Ion-almashinish ekvivalent munosabatda boradi va ko‘pincha
qaytar hisoblanadi. Ion-almashinish reaksiyalari almashinuvchi
ionlar kimyoviy potensiallarining farqi natijasida sodir bo‘ladi.
Umumiy ko‘rinishda bu reaksiyalarni quyidagicha yozish mumkin:
mA + R В f i mRA + B.
m v
Reaksiya muvozanat hosil bo‘lguncha davom etadi. Muvozanat
hosil bo'lishi dinamik rejimga, almashinuvchi ionlarning konsentratsiyasiga, ionit donalarining tuzilishiga bog‘liq.
Moddalarni o‘tkazish jarayoni bir nechta bosqichda borishi
mumkin: 1) suyuqlik oqimi yadrosidan A ionlarini ionit donalarini
o‘rab turuvchi suyuq pardaning tashqi chegaraviy yuzasiga olib
o‘tilishi; 2) chegara qatlam orqali ionlar diffuziyasi; 3) fazalarning
ajralish chegarasida ionni ionit donasiga o'tishi; 4) ionit donasi
ichidagi A ionlarning ion-almashinuvchi funksional gruppalarga
diffuziyasi; 5) Д va В ionlarni ikkiyoqlama almashinishining
kimyoviy reaksiyasi; 6) ionit donlarining ichidagi В ionlarining
fazalarning ajralish chegarasidagi diffuziyasi; 7) В ionlarining
fazalarning ajralish chegarasi orqali suyuqlik pardasining ichki
yuzasiga olib o‘tilishi; 8) В ionlarining parda orqali diffuziyasi;
9) В ionlarining suyuqlik oqimi yadrosiga diffuziyasi.
Ion-almashinish tezligi eng sekin boradigan bosqichlar — suyuqlik
pardasidagi diffuziya yoki ionit donasidagi diffuziya bilan aniqlanadi.
Ion-almashinishning kimyoviy reaksiyasi tez boradi va jarayonning
umumiy tezligini belgilamaydi.
XULOSA
Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini
kamaytirish va oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab
chiqilmoqda, turli tcxnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy va
boshqa chorn-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo'jaligining sanoat asosiga o ‘tkazilishi, shaharlarning o‘sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga
olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha
bo'lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ularai tozalash
uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish
hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq
zaniirli tizim ini hosil qilish hisobiga toza suv iste’m olini
kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun
shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma
va malakalar bo‘lishi talab etiladi.
«Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi» darsligi boMajak mutaxassislarda oqova suvlarni tozalashning zamonaviy usullari, jihozlari
va texnologiyalari, korxonalarda suvning yopiq zanjir tizimini
yaratish borasidagi bilim larini shakllantirish, rivojlantirish,kelajakda mamlakatimizda bunday ekologik muammolarni hal
qiluvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida yaratildi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. S.Turobjonov , T.Tursunov , X.Polatov

OQAVA SUVLARINI TOZALASH TEXNALOGIYASI


<> NASHRIYOTI
TOSHKENT 2010
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling