Kirish Sath o`lchash usullari Qalqovuchli sath o`lchagich
Download 31.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqqudratov uzim
Sath o’lchash usullari va qalqovuchli sath o’lchash asboblari Reja: Kirish Sath o`lchash usullari Qalqovuchli sath o`lchagich Kirish Sathni o‘lchash asboblari Sath deb, texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlari deb ataladi. Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi. Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ko‘rsatish oynasi; pukakli (qalqovichli); gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. Shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Moddalar sathini o‘lchashning vizual vositalari. Vizual o‘lchash vositalariga o‘lchov chizg‘ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o‘lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘proq qo‘llaniladi) kiradi. Sathni sath o‘lchovchi shishalar yordamida o‘lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan. Keng tarqalgan sath o‘lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz.. Ko‘rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriladi. Trubka 1 dagi suyuqlik sathining holatini kuzatib, idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqliklar farqiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o‘lchashdan avval sath o‘lchagich shishalar yuviladi Download 31.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling