Kirish ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi
ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi
Download 133.26 Kb.
|
Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash va BIOS ni sozlash
1. ShK yig‘ish uchun asosiy vazifalar tartibi:
Korpusni yopish. Shunday qilib, kompyuterni o‘z qo‘lingiz bilan yig‘ish payti keldi. Lekin, avvalambor kompyuterning asosiy komponentlarini o‘rganib chiqamiz. Buni ichiga korpus, tizim platasi, sovitish ventilatorlari, kengaytiruvchi platalar, DIP yoqib-o‘chiruvchilar, xotira va elektr ta’minot bloklari kiradi. asboblar va ish maydonini tayyorlash; yig‘ish va konfiguratsiyada bajariladigan harakatlar ketma-ketligini aniqlash; korpusni tayyorlash ishlari; ona plata (OP)ni tarkibiy tuzilmasi; CPU va xotira bilan ona platani ta’mirlash; sinov yig‘ilishni o‘tkazish; CMOSning asosiy yuklanishlarini bajarish; test qurilmalarni olib tashlab OP ni o‘rnatish; grafik kartani o‘rnatish; o‘rnatilgan OP ni tekshirish; korpus kabelini o‘rnatish; disk yurituvchini o‘rnatish va sinash; qattiq diskni ulash va ro‘yxatga kiritish; qattiq diskni o‘rnatish; CD-ROM disk yurituvchini o‘rnatish va ulash; tovush kartasini tayinlash va ulash; hamma uskunalarning oraliq nazorati; monitorni o‘rnatish; operatsion tizimni instalyatsiyalash; grafik kartalarni drayverlarini sozlash; ovoz kartalarini drayverlarini konfiguratsiyalash va si- nash. 2.Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha. Kerakli asboblar. Korpusning qopqog‘ini yechishdan oldin asboblar to‘plamini tayyorlash lozim. Adapter platasining kontaktlarini yuvish uchun bir shisha spirt va bir nechta mo‘yqalamlar bo‘lishi kerak. Ayrim kontaktlarni yangi lastik bilan artish mumkin, ammo ulanish joylarga uning bo‘laklari kirib qolmasligi kerak. Plastik yoki yog‘ochdan yasalgan bir necha bo‘limlardan iborat quti ham kerak bo‘ladi. Unga yon daftar va ruchkani solib qo‘ying, bo‘limlarini son yoki harflar bilan belgilang. Vint va detallarni chiqarib, qayerdan olinganlik va nima uchun kerakliligini yozib, bo‘limlarga soling. Shu bilan birga, kompyuterning tarkibiy qismlarini ham nakleyka va sonlar bilan belgilang. ShK ning korpusidagi mikrosxemalarga tegishdan oldin, statik elektrni qo‘llashni esdan chiqarmaslik uchun, yerga ulash yo‘lini o‘ylab topish kerak. O‘zingiz ham antistatik moslamani yasashingiz mumkin. Yerga ulangan rozetkaning markaziy boltiga sim o‘rang, ikkinchi uchini kompyuterning korpusiga ulang. Kasbga oid asboblar. Mutaxassisga, tok kuchini o‘lchash uchun multimetrdek asbob kerak. Eski uskunalarda strelkali indikator, yangilarda esa elektron indikator ishlatiladi. Bu moslama kontaktdagi kuchlanish darajasini va elektr ta’minotiga chiquvchi kuchlanishni o‘lchaydi. Ayrim qurilmalar kabelni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Multimetrni ishlatishdan oldin, uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing. Undan foydalanayotganingizda tizim platasining kontaktlari va yo‘lakchalarini yoping va juda ehtiyot bo‘ling. Yana ketma-ket, uzluksiz, parallel, tarmoqli, USB va FireWire kabellari tekshiradigan universal moslamani sotib olish mumkin, unda ulanish joylar va sxemalar bo‘ladi. Agar siz o‘zingizning kabellaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda, payalnik, simni tozalash uchun asboblar to‘plami, siquvchi asbob va uncha katta bo‘lmagan ombir kerak bo‘ladi. Shuningdek kabellar va kabel uchun ulanish joylar to‘plami kerak bo‘ladi. 3. Korpus va qopqoqni tekshirish. Agar korpus yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lsa, u yaxshi ishlashi kerak. Yomon konstruk- siyalangan korpus qisqa tutashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday korpuslar borki, ularning past qismi, (yoki yon qismi) qalaylab ulangan komponentlarga yaqin joylashgan bo‘ladi. Ayrim hollarda plata korpusga tegib turgan bo‘ladi. Bunday holda ertami-kechmi disklarning va ventilatorlarning vibratsiyasi tufayli tizim platasi metall panelga tegadi, natijada, qisqa tutashuv bo‘ladi yoki biror-bir qurilma ishdan chiqadi. Yana bir misol. Radioto‘lqinlardan himoyalanish uchun uncha katta bo‘lmagan metalldan qilingan plastinkalar qimmat kompyuterda bor edi. Qopqoqning ochib yopilishi tufayli ular sinib, tizim plataning ustida qisqa tutashuv bo‘lgunicha yotadi. Agar sizning kompyuteringizda ham bunday plastinkalar bo‘lsa ehtiyot bo‘ling. Odatda radioto‘lqinlarning nurlanishi foydalanuvchi uchun muammo emas edi, ammo ular ofis yoki uydagi elektron quril- malarga shovqin berishi mumkin. Buni ShK ni TV yoki radioning oldiga olib kelib bilish mumkin. Agar TV ekranida yo‘l-yo‘l chiziqlar paydo bo‘lsa yoki radiodagi ovozlar bilan shovqin ham bo‘lsa, sizda nurlanish bilan bog‘liq muammo bor. Shunga e’tibor beringki, radioto‘lqinlardan himoyalash qattiq disk, disk yurituvchi, CD-ROM privodlari uchun ajratilgan bo‘limlardagi qopqoqlar yordamida bajarilgan. Metalli plastinalarni olib tashlash mumkin. Korpuslar bilan old plastik panel ham birgalikda sotiladi. Ular korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi. O‘rtacha hajmdagi yangi vertikal korpus, CD-ROM uchun disk yurituvchi va qattiq disklar uchun radio to‘lqinlardan himoya qiluvchi qopqoqlar qo‘yilgan. Korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida plastik panellar qo‘yiladi. Eng asosiy plata. Tizim platasining ichida kompyuterning asosiy ichki qismlari, tashqi qurilmalar, elektr ta’minot bloki uchun ulanish joylari joylashgan. Ayrim mutaxassislar tizim platasini asosiy plata deb nomlaydilar. Gorizontal korpusda (desktop) tizim plata ShK ning ichki va tashqi qurilmalar tagida joylashgan. Vertikal korpusda (tower) tizim platasining korpusi tomonlarining biriga qotiriladi, qo‘shimcha platalar esa gorizontal joylashgan bo‘ladi. Boshqa turdagi korpuslarning tizim platasining ulanish joylariga vertikal platalar bitta yoki ikkita tomoniga qo‘yiladi. Bunday hollar past profilli korpuslarda ishlatiladi. Ushbu plata uncha katta bo‘lmagan korpuslar uchun zarur. ShK korpusining konstruksiyasini yaxshilab o‘rganing, tashqi qurilmalarni qo‘yish, tizim plata, xotira, uyalar, protsessor uchun ulanish joylar borligini aniqlash. Download 133.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling