Kirish (So’z boshi)


Download 196.1 Kb.
bet1/9
Sana20.11.2023
Hajmi196.1 Kb.
#1787846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdurashid aka 06.09.2023


Kirish (So’z boshi)
Boshlang’ich, o’rta , o’rta maxsus professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya, nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jarayonlarining natijalari asosan pedagog kadrlarning mashg’ulotlarga tayyorgarlik darajasiga bog’liq.
Ya’ni ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va takomilashtirish uning sifatini va samaradorligini oshirishning asosiy omilidir. Shuning uchun ta’lim jarayonini tashkil qilishga oid adabiyotlarga talab katta.
Ushbu o’quv qo’llanma shunday talabni qondirish maqsadida tayyorlangan bo’lib, boshlang’ich kasb-hunar maktabi o’qtuvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun mo’ljallangan . Hozirgi zamon fan va texnikaning rivojlanishi , zamonaviy texnologiya va mashina-avtomatlarning ishlab chiqarish korxonalariga joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnikaning tartib-qoidalarini chuqur tushunadigan va unga amal qiladigan boʻlishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda xavfsizlikni taʼminlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanomalar, qoida va meʼyorlar ishlab chiqarilganligiga qaramasdan, korxonalarda baxtsiz hodisalarni butunlay bartaraf boʻlishini taʼminlovchi sharoit mavjud emas.
Bu borada taʼlim muassasalarida ahvol qanday?
Oʻquvchilar oʻquv amaliyot mashgʻuloti oʻtashda oʻz yoʻnalishlariga mos texnika va jihozlardan foydalaniladi. Mashgʻulotlar boshida oʻquvchilar mavzu boʻyicha mehnat xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar bilan (instruktaj) tanishtiriladi. Shu yoʻriqnomalar bilan bir paytda xavfsizlik belgilari haqida maʼlumotlar berib borilsa oʻquvchilarning hayot va sogʻliq uchun xavfli vaziyatdan qochishga imkon beradi. Hozirgi paytda chet ellik hamkorlar bilan faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari sexlari , jihozlari xavfsizlik belgilari bilan taʼminlangan. Oʻquvchilar korxonalarga ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotiga , yana kelajakda shunday korxonalarda ishlaganda xavfsizlik belgilari haqida toʻla maʼlumotga ega boʻlishlari kerak. Buning uchun oʻquv ustaxonalari , texnika va jihozlar xavfsizlik belgilari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Bu belgilar insonlarning hayotiga , sogʻligiga zarar yetishidan saqlaydi. Xavfsizlik belgilari haqidagi maʼlumotlarni "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" fani oʻqituvchisi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan oʻquvchilarga yetkazib borishlari kerak.
O’quv qo’llanmani shartli uch qismga bo’lish mumkin.

  • Birinchi qism – O’quv qo’llanmaning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati

  • Ikkinchi qism – Xavfsizlik belgilari haqida ma’lumot

  • Uchunchi qism – Xulosa(Tavsiya)

Ushbu o’quv qo’llanmadagi ma’lumotlar ishlab chiqarish ta’limi usatsining o’quv amaliyot mashg’ulotlarini tashkil etishda har doim kerak bo’lishi, ayniqsa o’z faoliyatini endi boshlagan yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun o’quv mashg’ulotlarini tayyorlashda zarur qo’llanma bo’lib qoladi deb ishonamiz
O’quv qo’llanmaning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati
O’quv qo’llanmaning dolzarbligi
O’quvchilar o’quv amaliyoti mashg’uloti o’tashda o’z yo’nalishlariga mos texnika va jixozlardan foydalaniladi.O’quv ustaxonalarida, texnika va jixozlarda xavfsizlik belgilari bo’lishi shart. Bu belgilar insonlarning xayotiga, sog’lig’iga zarar yetishidan saqlaydi.O‘rnatilgan xavfsizlik belgisi qaysi guruxga mansubligini tanib olish muhim ahamiyatga ega, chunki bu belgilar o’z vaqtida to’g’ri javob berishga, hayot va sog’liq uchun xavfli vaziyatdan qochishga imkon beradi. O’quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyotlarida mehnat xavfsizligini tashkil etish uchun xavfsizlik belgilari kam qo‘llaniladi. Ular bilan tanishish mehnat xavfsizligi bo’yicha dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
O’quv qo’llanmaning maqsadi
Professional ta’lim muassasalaridagi o’quvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi va boshqa xodimlarni sog’lig’i va xayotini saqlash uchun qo’llaniladigan ogoxlantiruvchi xavfsizlik belgilarining mazmunini yoritish va ularni qo’llash bo’yicha tavsiyalar tayyorlash.

O’quv qo’llanmaning ahamiyati.


Ushbu o’quv qo’llanma professional ta’lim muassasalarida o’quv amaliy mashg’ulotlar o’tash joylarida o’quvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqa xodimlar tomonidan ishlarni xavfsiz bajarish uchun foydalanishi mumkin.

XAVFSIZLIK BELGILARI HAQIDA MA’LUMOT


Xavfsizlik belgilari asosiy, qo'shimcha, kombinatsiyalangan va guruhli bo'lishi mumkin. Asosiy xavfsizlik belgilari xavfsizlik talablarining aniq belgilash ifodasini o'z ichiga oladi. Asosiy belgilar mustaqil ravishda yoki birlashtirilgan va xavfsizlik belgilarining bir qismi sifatida ishlatiladi. Qo'shimcha xavfsizlik belgilarida tushuntirish yozuvi mavjud bo'lib, ular asosiy belgilar bilan birgalikda qo'llaniladi.
Kombinatsiyalangan va guruhli xavfsizlik belgilari asosiy va qo'shimcha belgilardan iborat bo'lib, murakkab xavfsizlik talablarining tashuvchilari hisoblanadi.

Download 196.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling