Kirish so’ZI
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
elektr aloqa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1.
Raqamli signallarni uzatishda BPSK modulyatorini tadqiq etish. 2.
Modulyatorning xar xil funksional tugunlarida BPSK signallarni shakllantirish jarayonini o‘rganish. 3. Tadqiq etilayotgan signallarni kuzatish. 49
Uslubiy ko‘rsatmalar
1. Dasturni EXM ga o‘rnating. 2.
« Оциллограф» blokida №1 va№2 kanallarda signalni kuchaytirish muravatini 1В/дел. ga va signal yoyilmasini 0,125 мс/дел.ga o‘rnating. 3. O‘qituvchining topshirig‘i bilan «Источник сигналов» blokida 5 bitdan tashkil topgan raqamli signallarni shakllantirish lozim. Buning uchun ossillografdagi 1 kanalni modulyator sxemasidagi 1 nazorat nuqtasini tanlang. Modulyatorning kirishiga berilayotgan raqamli signallarni ossillogrammalarini kuzating va chizib oling. Raqamli impuls kengligini aniqlang. 4. Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 2 nazorat nuqtasiga ulang. Chiziqli koder
chiqishidagi raqamli
modulyatsiyalangan signalni ossillogrammalarini kuzating va chizib oling. 5.
Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 3 nazorat nuqtasiga ulab turib,
raqamli modulyatsiyalangan signallarni bitlar
yordamida invertirlanganligiga ishonch xosil
qiling. Invertir chiqishidagi modulyatsiyalangan signallarni ossillogrammalarini kuzating va chizib oling. 6. Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 4 nazorat nuqtasini tanlang. Generator chiqishidagi yuqori
chastotali tebranish ossillogrammalarini kuzating va chizib oling. YUqori chastotali tebranishni chastotasini aniqlang. 7. Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 5 nazorat nuqtasiga ulab turib, modulyatsiyalangan yuqori chastotali tebranishni fazalar surilganligiga ishonch xosil qiling.Fazosurgich chiqishidagi modulyatsiyalangan yuqori chastotali tebranishni ossillogrammalarini chizib oling. 8.
Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 6 nazorat nuqtasini tanlang.Amplituda modulyatorining birinchi chiqishidagi amplitudasi modulyatsiyalangan signalni ossillogrammasini kuzating va chizib oling. 9.
Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 7 nazorat nuqtasini tanlang. Amplituda modulyatorining ikkinchi chiqishidagi amplitudasi modulyatsiyalangan signalni ossillogrammasini kuzating va chizib oling. 10.
Ossillografdagi 2 kanalni modulyator sxemasidagi 8 nazorat nuqtasini tanlang. Summator chiqishidagi BPSK signalini ossillogrammasini kuzating va chizib oling.
Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling